III. Sportning o’yin turlari bo’yicha federatsiyalar va boshqa sport tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash va ularni sport jihozlari bilan ta’minlash
10.
|
Sportning o’yin turlari bo’yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o’smirlar sport maktablarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va talabnomaga muvofiq ularni sport inventarlari va uskunalari bilan jihozlash.
|
Doimiy
|
Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari
|
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
11.
|
Maktabgacha ta’lim muassasalarini o’yinlar, o’yinchoqlar, mebellar, jihozlar va boshqa texnik vositalar bilan ta’minlash me’yorlari asosida maktabgacha ta’lim muassasalarini sport inventarlari bilan jihozlash.
|
2019-2020
yillarda
|
Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari
|
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
IV. Mamlakat terma jamoalarini tibbiy-biologik, farmakologik va sport-psixologik jihatdan ta’minlashni tashkillashtirish va chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvdan o’tkazishni imtiyozli tashkil etish
|
12.
|
Sportning o’yin turlari bo’yicha terma jamoa tarkibidagi sportchilarni Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Sport o’yinlari bo’yicha federatsiyalar buyurtmanomasiga muvofiq bir yilda ikki marotaba Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o’tkazish, zarur hollarda farmakologik jihatdan ta’minlash va reabilitatsiya qilgan holda davolash ishlarini tashkil etish.
|
2018 — 2020
yillarda
|
Ijrochilar mablag’lari hisobidan, homiylik xayriyalari
|
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy
Markazi
|
13.
|
Sportning o’yin turlari bo’yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o’smirlar sport maktablarida shug’ullanayotgan milliy terma jamoa a’zolarini tibbiy kuzatuv ostiga olish hamda ularni tibbiy-biologik, farmakologik vositalar bilan yiliga ikki marotaba ta’minlash.
|
2018 — 2020
yillarda
|
Ijrochilar mablag’lari hisobidan, homiylik xayriyalari
|
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi
|
|