Ижтимоий-маданий масалалар / Жисмоний тарбия ва спорт]


Sportning o’yin turlarini rivojlantirish bo’yicha


Download 201.78 Kb.
bet23/26
Sana28.02.2023
Hajmi201.78 Kb.
#1236363
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
«Алпомиш» ва «Барчиной» (1)

Sportning o’yin turlarini rivojlantirish bo’yicha
CHORA-TADBIRLAR DASTURI

T/r

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Ijro uchun mas’ullar

I. Sportning o’yin turlari bo’yicha sportchilarni saralash, tayyorlash, sport mahoratini oshirish tizimini takomillashtirish

1.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida sportning o’yin turlari elementlarini qamrab olgan holda, harakatli o’yinlar dasturini ishlab chiqish.

2019 yil
avgust

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi, Maktabgacha ta’lim vazirligi

2.

Har bir tuman (shahar) bo’yicha umumta’lim maktablari o’quvchilari o’rtasida sportning o’yin turlarini keng targ’ib qilish, qizlarni sport bilan muntazam shug’ullanishga jalb etish, ular o’rtasida sportning o’yin turlari bo’yicha musobaqalarini to’rt bosqichda (maktab, tuman, viloyat, respublika) yuqori saviyada, tizimli ravishda uzluksiz o’tkazish orqali iqtidorli sportchilarni tanlab olish (selektsiya) ishlarini tashkil etish.

2019-2020
yillarda

Jismoniy tarbiya
va sportni rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari,
homiylik xayriyalari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi

3.

Yosh sportchilar o’rtasida yil davomida mahorat darslarini
va o’quv-mashg’ulot yig’inlarini tashkillashtirish.

Kalendarь reja asosida

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo’mitasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

4.

Respublikamizning barcha hududlarida ayniqsa, chekka qishloqlarda yosh iqtidorli sportchilarni saralab olish, jumladan, Sportning o’yin turlari bo’yicha qizlar sportini rivojlantirish va ularni belgilangan tartibda sportga jalb etish:
Sportning o’yin turlari bo’yicha «Ayollar sporti» festivalini o’tkazish;
I bosqich — tuman (shahar);
II bosqich — viloyat;
III bosqich — respublika (final);
Sportning o’yin turlari bo’yicha yosh oilalar o’rtasida «Sog’lom oila» sport musobaqalarini o’tkazish:
I-bosqich: tuman (shahar);
II-bosqich: viloyat;
III-bosqich: respublika (final).

Kalendarь reja asosida

Kalendarь rejada nazarda tutilgan mablag’lar, homiylik xayriyalari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo’mitasi, «Mahalla» xayriya jamoat fondi, Xotin-qizlar qo’mitasi, Yoshlar ittifoqi,
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, sport federatsiyalari (uyushmalari),
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

5.

Joylardagi sport inshootlaridan samarali foydalanish yuzasidan dam olish kunlarida uyushmagan aholini sportning o’yin turlari bilan shug’ullanishlari uchun sport majmualari
va stadionlarida sharoitlar yaratish.

2019-2020
yillar?a

Ijrochilar mablag’lari, homiylik xayriyalari

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

6.

Ta’lim muassasalarining sport zallari va maydonlarida o’quv darslaridan tashqari vaqtlarda sportning o’yin turlari bo’yicha mamlakat terma jamoasi sportchilari, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj (nogiron) va kam ta’minlangan hamda bolalar uyida tarbiyalanayotganlar uchun o’quv mashg’ulotlari va musobaqalarni o’tkazish bo’yicha sport zallari va maydonlarining ijara to’lovisiz bepul ajratilishini ta’minlash.

2019-2020
yillarda

-

Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq ta’limi vazirligi,
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 201.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling