Ijtimoiy- gumanitar fanlar


Vijdon erkinligi - diniy e’tiqod erkinligi


Download 216.55 Kb.
bet59/67
Sana27.10.2023
Hajmi216.55 Kb.
#1727205
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   67
Bog'liq
D I N S H U N O S L I K MAJMUA

Vijdon erkinligi - diniy e’tiqod erkinligi.

Vijdon erkinligi fuqarolarning u yoki bu dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik huquqidir. Vijdon erkinligi inson huquqlari masalasining eng muhim qirralaridan biridir. Shuning uchun ham Birlashgan Milatlar Tashkilotining 1948 - yilda qabul qilingan “Inson huquqlari Deklaratsiyasi”da bu masalaga alohida e’tibor berilgan. Xususan, Deklaratsiyaning 18 - moddasida bunday deb yozib qo’yilgan: “Har bir inson. . . vijdon va din erkinligi huquqiga egadir”.


Mustaqil O’zbekiston Respublikasi ham inson huquqlari bo’yicha Xalqaro meyorlarni tan olgan va mazkur masala xususida hamjamiyat qabul qilgan xujjatlarga qo’shilgan. Shuning uchun ham davlatimiz Asosiy Qonuni - Konstitutsiyamizning 31 - moddasida quyidagi satrlar bitilgan: “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan diniga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’yilmaydi”.
Demak, bir kishi boshqasiga, sen u dinga, sen bu dinga e’tiqod qilasan yoki sening biror dinga e’tiqod qilishga haqqing yo’q, sen bedinsan, deb ayta olmaydi. Dindor kishini ikkinchi shaxs, “Diniy e’tiqodingizdan qayting”, deb majbur qila olmaydi. Dinga ishonish yoki ishonmaslik, dindor yoki dahriy (dinsiz) bo’lish har kimning shaxsiy ishidir.
Vijdon erkinligi deyilganda, ayni paytda fuqarolarning dinga munosabatidan qat’i nazar, ularning teng huquqliligi, barcha dinlarning qonun oldida tengligi, dinga e’tiqod qilish yoki qilmaslikka nisbatan hech qanday majburiyatning yo’qligi, diniy tashkilotlar (masjid, cherkov, sinagog va h. k. ) uchun majburiy yig’imlar to’plashning taqiqlanganligi, diniy e’tiqodlar tufayli o’zaro adovat va nafrat qo’zg’atishning taqiqlanishi kabi masalalar ham tushuniladi. 
Ayni paytda, shu narsani alohida ta’kidlash zarurki, dinga e’tiqod qilish erkinligi faqat milliy havfsizlik va jamoat tartibini, boshqa fuqarolarning hayoti, salomatligi, axloqi, huquqi va erkinligini ta’minlash uchun zarurat tug’ilgandagina cheklanishi mumkin.
Binobarin, vijdon erkinligining kafolatrlari nimalardan iborat? Bu kafolatlar ko’p qirralidir. Ular O’zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonunida ta’riflab berilgan. Bular:


  • avvalo, dinlarning va diniy tashkilotlarning davlatdan ajratilganligi;


  • barcha fuqarolar uchun maorif va madaniyat eshiklarining ochiqligi;


  • maktabning dindan va diniy tashkilotlardan ajratilganligi;


  • ta’lim tizimining o’quv dasturlariga diniy fanlar kiritilishiga yo’l qo’ymasligi;


  • dindorlarning diniy ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo’lgan muayyan sharoitlarning yaratib berilganligi.


Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar masalasi ijtimoiy hayotda muhim va murakkab masala bo’lib kelgan. Chunki uning zamirida shaxsning huquqi, demokratiya, adolatparvarlik va insonparvarlik kabi katta ijtimoiy, siyosiy, huquqiy va axloqiy tushunchalar yotadi. Vijdon erkinligi kishilarning ruhiy olamiga, uning sog’lom va barkamolligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham bu masalaning ijtimoiy hayotdagi o’rni va bajaradigan vazifalari g’oyat muhimdir.


Bundan tashqari bu masala yana bir murakkab hodisani - turli dunyoqarash, e’tiqodda bo’lgan kishilar o’rtasidagi, davlat bilan din, diniy tashkilotlar bilan davlat o’rtasidagi munosabatlarning amalda huquqiy ta’minlashini ham nazarda tutadi. 
Odamlar doim turli dunyoqarash va e’tiqod bilan yashaganlar va yashaydilar. Har kimning o’z ichki dunyosi, o’z e’tiqodi bo’ladi.
Vijdon erkinligi qandaydir bir mavhum tushuncha emas, u albatta ma’lum ijtimoiy vaziyatda namoyon bo’ladi. Shuning uchun uni konkret tarixiy, ijtimoiy sharoitsiz, ob’ektiv va sub’ektiv omillarsiz tasavvur qilish qiyin. Bundan tashqari “vijdon erkinligi” tushunchasini ilmiy talqin qilishda milliy, mafkuraviy va madaniy omillarni ham albatta nazarda tutish kerak. 



Download 216.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling