Ijtimoiy- gumanitar fanlar
Download 289.2 Kb.
|
Ijtimoiy- gumanitar fanlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Veda va veda dinlari.
Sadduqiy oqimining nomi miloddan avvalgi o’n birinchi asrlarda yashab o’tgan Dovud payg’ambar davrida yashagan ruhoniy Sadduq ismidan olingan. O’sha paytlarda mansabdor ruhoniylarning ko’pi sadduqiy bo’lganlar. Ular faqat Tavrot kitobining tarkibiga kiruvchi Muso payg’ambarning besh kitobini tan olganlar. Bu kitobda oxirat va qiyomat haqida hech narsa deyilmagani uchun sadduqiylar oxirat, qiyomat va o’lganlarning qayta tirilishiga ishonmaganlar.
Farziy degan nom qadimiy ibroniy tilidagi “tushuntirish”, “ajratib ko’rsatish” so’zidan olingan. Farziylar muqaddas manba sifatida Muso qonuni va boshqa payg’ambarlarning muqaddas bitiklarini, hatto o’zlarining urf-odatlarini ham qabul qilganlar va ularning hammasiga sinchkovlik bilan amal qilganlar. Ular qiyomatning albatta yuz beriishiga va o’lganlarning qayta tirilishiga, u dunyoda hisob-kitobning bo’lishiga ishonganlar. Yesseylar. Miloddan avvalgi ikkinchi va milodning birinchi asrlarida Quddusdagi ko’pgina ruhoniylar Xudo talab qilgan tarzda yashamas edilar. Undan tashqari rimliklar diniy mansablarga nomunosib shaxslarni tayinlar edilar. Bundan norozi bo’lgan bir guruh ruhoniylar Quddusni tashlab sahrolarga bosh olib ketishgan va o’sha yerlarda o’z jamoalarini tashkil etganlar. Ularni Yesseylar deb atashgan. Ular dualizm g’oyalari-ezgulik va yovuzlik o’rtasidagi kurashning muqarrarligiga, pirovardida ezgulikning g’olib chiqishiga va taqdirga ishonganlar. Mulkning umumiy bo’lishiga va asketizmni targ’ib qilganlar. Veda va veda dinlari. Vedalar dini miloddan avvalgi I ming yillikda Hindiston aholisi ko’pchiligi e’tiqod qilgan din bo’lib, unda dastlab tabiat hodisalari ilohiylashtirilgan. Vedalar dinida ularning xudolari ilk bor tabiat kuchlari va hodisalari inson qiyofasiga o’xshatib tasavvur etilgan: Agni-olov xudosi, Indra-atmosfera, yomg’ir va momoqaldiroq xudosi, Sur’ya-quyosh, Varuna(D’yaus) - osmon, Soma - oy hamda kayf qildiradigan ichimliklar xudosi, Britra-qurg’oqchilik xudosi. Bulardan tashqari ularning Mitra, Adita, Vishnu, Krishna va h.k. kabi xudolari bor. Ijtimoiy tengsizliklar kuchayganidan keyin, xudolarning vazifasi va ahamiyatlari ham o’zgardi, chunonchi: Indra urush xudosiga, Varuna oliy hakam va adolat posboniga aylandi. Keyinchalik Indra xudolar podshohiga va Yerdagi xudolar homiysiga aylangan. Bu dinda xudolarga qurbonlik qilish, sig’inish asosiy ibodat hisoblanib, xudolarga ovqat, hayvonlar, maxsus ichimliklar (soma) ehson qilish va boshqa rasm-rusmlarni bajarishdan iborat bo’lgan. Dastlab alohida ruhoniylar va ibodatxonalar bo’lmagan. Keyinchalik kohinlar, ularning yuqori tabaqalari-brahmanlar kelib chiqdi. Ruh, narigi dunyo ruhlari, xudolari orasidan joy oldi va ular bilan birga Yerdagi insonlardan qurbonliklar qabul qiladigan bo’ldi. Gunohkorning ruhi esa duzahga(naraka)ga tushadi, ularga Yama xudosi jazo belgilaydi. Bu dinda ijtimoiy adolatsizlik Xudo tomonidan abadiy o’rnatilgan tartibdir deb e’tirof etiladi. Vedalar dinidan keyinchalik brahmanlik dini kelib chiqdi. Vedalar (Sanskritcha) “muqaddas bilim” degan ma’noni bildiradi. Eramizdan taxmiman bir yarim, ikki ming yillar avval Hindistonga bizga noma’lum sabablarga ko’ra Shimoldan yerlik aholidan tillari va ranglari bilan farq qiluvchi xalqlar kirib kela boshladilar. Ular Yevropa tillariga o’xshash bo’lgan sanskrit tilida so’zlashar, o’zlarini oriylar, ya’ni aslzodalar deb atar edilar. Ular o’zlari bilan birga muqaddas bitiklari-yozuvlarini ham olib keldilar. U bitiklar sanskrit tilida “muqaddas bilim”, “muqaddas bashorat” degan ma’noni bildiruvchi “Vedalar” deb atalar edi. Bu so’z ayni mahalda “muqaddas kitob”, “oliy donishmandlik” degan ma’nolarga ham ega bo’lgan. Vedalar tarkibiga turli davrlarda yozilgan bir qancha kitoblar kirgan bo’lib, ular ibodat, marosimlar, falsafiy ta’limotlar, tarixiy axborotlarni o’z ichiga olgan. Vedalarning boshqa muqaddas kitoblardan farqli tomoni shunda bo’lganki, ular nihoyasiga yetkazilmagan va oxiri ochiq-tamomlanmagan holda qolgan. Unga keyinchalik ruhoniylar tomonidan ham qo’shimchalar qo’shish imkoni bo’lgan. Shuning uchun keyinchalik bu yozuv-bitiklar juda ham kengayib ketdi. Ammo bu muqaddas bitiklarning asosiylari to’rtta-“Rig” veda, “Yajur” veda, “Sama” veda va “Atxarba” veda bo’lgan. Upanishad (sanskritcha) ustozning yonida haqiqatni bilish uchun o’tirmoq degan ma’noga ega bo’lib, Vedalarga yozilgan diniy-falsafiy izohlardir. Upanishadlar miloddan avvalgi VII-III asrlardan boshlab, milodiy XIV-XV asrlargacha tuzib borilgan, 250 ga yaqin asarlar kiritilgan. Upanishadlar nasriy va she’riy uslubda yozilgan dastlabki va so’nggi izohlarga bo’linadi. Upanishadlarning asosiy vazifasi brahmanlik va buddaviylikka asos bo’lgan bir qancha g’oyalar, xususan, insonlarga yomonlikni ravo ko’rmaslik, chunki hayotning o’zi azoblardan iborat ekanligi haqidagi ta’limotni asoslab berishdir. Bunda inson umrining o’zi qurbonlikdir degan tasavvur olg’a suriladi. Yakka jon va ilohiy jonning qo’shilishi to’g’risidagi ta’limot, yakka tug’ilishlar zanjiridan xalos bo’lish aqidasini vujudga keltiradi. Upanishadlarda Brahma oliy ibtido, jism va hodisalar asosi va sababi, barcha borliqning boshi va oxiri deb talqin qilinadi (Brahma-qiyofasiz xudo, mutlaq kuch). Barcha narsalar o’shandan paydo bo’lgan, o’sha bilan yashaydi va o’lgach, yana o’shanga qaytadi. Barcha narsalar Brahmadir, Brahma esa Atmandir deyiladi (Atman-nafas, ruh, jon, umumiy-ilohiyjon). Shunday ekan, aytishimiz mumkinki, barcha narsalar xudodir, xudo esa nafas, ruh, jon, umumiy jondir. Bu ta’limotga ko’ra, moddiy dunyo, jumladan, inson ham, atman-brahmadan paydo bo’lgan va yana o’shanga aylanadi, insonning joni avvalgi mohiyatiga butunlay qaytib, u bilan yana qo’shilib ketadi. Har bir inson ilohiy kuch tomonidan belgilangan hayot kechirish tarzi-qonuniga muvofiq yashashi kerak, kimki bu qonunni buzsa, uning joni kelgusida biron hayvon yoki hashorat tanasida qayta dunyoga keladi, bu qonunni buzmagan odamning joni esa kelgusida yuqori tabaqa vakillariga mansub inson tanasida qayta paydo bo’ladi, deb ta’lim beriladi. Insonning yashashdan maqsadi ham ana shunda deb tushuntiriladi. Upanishadlar keyingi davrlarda shakllangan barcha hind falsafiy tizimlar, maktablar va ularning vakillari dunyoqarashlariga o’z ta’sirini ko’rsatgan. Download 289.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling