Fetishizm. Fetish so‘zi fransuzcha fetishe – but, sanam, tumor ma’nosidagi so‘zni anglatadi. U tabiatdagi jonsiz narsalarga sig‘inishdir. Fetish ham salbiy, ham ijobiy ta’sir etish kuchiga ega.
Fetishizm yog‘och, loy va boshqa materiallardan yasalgan buyumlarning paydo bo‘lishi bilan bir paytda shakllangan. Butlarda, tumorlarda jamoalar g‘ayri tabiiy dunyodan keladigan ilohiy qudratning timsolini ko‘rdilar.
Ibtidoiy odamlarning dastlabki diniy taassurotlari umumiy majmuasining shakllanish jarayonida fetishizm yakunlovchi bosqich bo‘lib qoldi. Dunyo haqidagi tasavvurlar vaqt o‘tishi bilan takomillashib bordi va insoniyat hayotida uzoq vaqt mobaynida o‘z ta’sirini o‘tkazib keldi. Barcha dinlardagi haykallar, suratlar, tumor, ko‘zmunchoq va turli ramzlar hozirgi davrda ham saqlanib qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |