Ijtimoiy -gumanitar va mutaxassislik


Download 52.09 Kb.
bet14/18
Sana22.02.2023
Hajmi52.09 Kb.
#1220405
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
IJTIMOIY -IQTISODIY EHTYOJLAR

2.2 Iqtisodiy kamchiliklar
Iqtisodiy fan manbalarini avvalo jahon sivilizatsiyasining beshigi bo`lgan qadimgi Sharqdan izlamoq mantiqan to`g`ridir. Iqtisodiy g`oyalarning shakllanishi insoniyatning paydo bo`lishi bilan boshlangan. Ammo, hozirgi paytda qo`lyozmalarda aks ettirilgan g`oyalargina tahlil qilingan. Shu sababli iqtisodiy ta'limotlar tarixi quldorlik jamiyati, aniqrog`i, xususiy mulk paydo bo`lishi bilan boshlanadi, deyish o`rinlidir. Dastlab quldorlik jamiyati Sharqda sinfiy ajralish boshlangan joylarda, Mesopotamiya (Tigr va Yefrat daryolari oralig`ida) va Misrda eramizdan avvalgi IV ming yillikda yuzaga keladi. Bunga asosiy sabab shuki, bu yerda texnologik inqilob ro`y berdi, metall qurollar ishlatila boshlandi, qishloq xo`jaligida intensiv, ko`p hollarda sug`orma dehqonchilikka o`tildi, shu asosda nisbatan turg`un qo`shimcha mahsulot olish imkoni tug`ilgan. Oqibatda, jamiyatda mehnat taqsimotini rivojlantirishga, ko`pgina hunarmandchilik sohalarining ajralib chiqishiga, sinfiy tabaqalanishga turtki bo`ldi. Bu davrda qo`shimcha mahsulot olishning asosiy usuli jamoaga birlashgan dehqonlarni ekspluatatsiya qilish yo`li bilan renta - soliq olish (Osiyoda) bo`lsa, qullarni (davlat yoki xususiy) beayov ishlatish bilan ham (Yevropada) katta boylik orttirilgan. Sharqda davlatning iqtisodiyotga aralashuv darajasiga qarab, ayrim "erkin" aholining ahvoli qullarnikidan deyarli farq qilmagan (umuman, Sharq mamlakatlarida qulchilik masalasi hali uzil-kesil hal etilgan emas. Akademik V.V. Struve uni tan oladi. Lekin ko`pgina olimlarning fikricha, Sharqda quldorlik klassik shaklda rivoj topmagan, patriarxal, ya'ni uy xo`jaligida ustun bo`lgan (qarang: История Древнего Востока М., МГУ, 1991). Sharq, jumladan Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi xo`jalik faoliyatida nisbatan erkin odamlar ishtirok etgan. Masalan, dehqonchilik, hunarmandchilik, qurilish sohasida qullar mehnatidan foydalanilmagan. Antik dunyo (G’arbiy Yevropa)dagi ayrim regionlarda xalqaro savdoni olib borish bilan bog`liq ravishda tovar-pul munosabatlari ham anchagina rivojlangan (masalan, Gretsiyaning ayrim shaharlari). Shu asosda qulchilikka asoslangan xususiy mulkchilik rivoj topdi. O`z mahsulotini sotishga mo`ljallab ishlab chiqargan qulchilik xo`jaliklari ekspluatatsiyani kuchaytirishni talab etgan. Oqibatda, klassik yoki antik qulchilik yuzaga keldi (Gretsiya va Italiya). Bizgacha yetib kelgan eng qadimgi qo`lyozmada (qadimgi Misr, eramizdan avvalgi XXII asr) noib va aholi o`rtasidagi munosabatlar to`g`risida fikr yuritiladi. Bu davrda sinfiy ajralish to`la shakllanmagan bo`lib, boshqaruv ishiga ishbilarmonlarni taklif etish (yuqori tabaqali, yoki oddiy aholidan bo`lishidan qat'iy nazar) kerak deyilgan. Qadimgi Misrdan farqli ravishda Mesopotamiyada xususiy mulkchilik va tovar-pul munosabatlarining nisbatan tez rivojlanishi xarakterlidir. Inson shaxsi ozodligining kafolati yo`q bo`lgan o`sha sharoitda qarzdor qulchilik xo`jalik rivojiga olib kelar edi. Bunday jarayonlar soliq to`lovchilar va harbiylardan ajralib qolishi mumkin bo`lgan davlatning kuchsizlanishiga olib kelgan. Saqlanib qolgan yodgorliklarda, yozma qonunlarda iqtisodiy g`oyalar ham mavjud, unda mustaqil ishlab chiqaruvchilarning huquqlarini himoya qilish, tartibga solish bo`yicha muhim fikrlar berilgan. Eramizdan avvalgi XVIII asrda Bobil (Vavilon) da (m.a.1792-1750 yy.) podsholik qilgan Xammurapi (ba'zi manbalarda Xammurabi) qonun to`plamlari (jami 282 ta) diqqatga sazovor (m.a.1760 y.). Bu to`plam 1901-1902 yy. Suza shahri qoldiqlarini arxeologik qazish paytida topilgan (Fransiya poytaxti Parijdagi mashhur muzey - Luvrda saqlanyapti). Nusxasini BMT binosidagi muzeyda ham ko`rish mumkin. Toshga o’yib yozilgan muhim va qadimiy, tarixiy hujjatni tahlil qilish shuni ko`rsatadiki, mavjud davlat sinfiy va sotsial jihatdan ancha mukammal ajralgan. Biz uchun ayniqsa mulkchilik va unga egalik shakllari muhimdir.qonunda "kuchlilar zaifroqlarni cheklamasligi kerak", degan qoida bor. Masalan, qarzdorligi uchun podsho jangchilari va boshqa aholining yerlarini sotish yoki tortib olish man etilgan. Sudxo`rlik faoliyati cheklangan, uning miqdori pulda 20, mahsulotda 33 foizdan ortiq bo`lmasligi kerak. Asosiy maqsad ishlab chiqarishni, birinchi navbatda qishloq xo`jaligini rivojlantirishni qo`llab-quvvatlash bo`lgan, ya'ni mehnatsiz daromad topishga qarshi kurashilgan. qarzni qarz hisobiga uch yildan ortiq ushlab turish mumkin bo`lmagan. Umuman, xususiy mulkchilik, shu jumladan yerga ham tan olingan. Birovning xususiy mulkiga ko`z olaytirgan, unga zarar yetkazganlar iqtisodiy jihatdan jazolangan. Bu qonunlar to`plami davlatning mamlakatni iqtisodiy boshqarish sohasidagi dastlabki tajribasini ko`rsatadi. Oqibatda shu davrda mamlakat ham siyosiy jipslashdi, ham iqtisodiy ravnaq topdi. Qadimgi Hindistonning "Manu qonunlari"da (m.a. IV-III asrlar) ijtimoiy mehnat taqsimotining, hukmronlik va bo`ysunish institutlarining mavjudligi aytiladi. Hindistondagi iqtisodiy g`oyalarni aks ettiruvchi qadimgi yodgorlik "Artxashastra" (m.a. IV-III asrlar oralig`ida)dir (tom ma'nosi bo`yicha ifoda, amaliy hayot to`g`risidagi fan, bu asar m.a. III-II asrlarda to`ldirilgan). Bu qadimiy va muhim tarixiy yodgorlikdir (u Chandragupta I podsholigi davrida podsho maslahatchisi Kautilye Bishnugupta tomonidan yozilgan degan fikr bor). Unda qulchilikni mustahkamlash asosiy vazifa qilib qo`yilgan. qulchilik eng past tabaqalarga xos narsa deb sanaladi. Bu asarda "buyumning qiymati" muammosi ko`tarilgan, qiymat miqdori "ish kunlari" bilan belgilangan, rag`batlantirish esa mehnat natijalariga mos ravishda belgilanishi kerak, deyilgan. Bu asarda davlatni boshqarish bo`yicha takliflar berilgan bo`lib, bir qancha iqtisodiy g`oyalar ham ilgari surilgan. Masalan, unda mahsulotning bozor bahosi bilan uning tabiiy qiymati o`rtasidagi farq aytilgan. Tovarga bo`lgan ehtiyoj ortganda, uning bahosi qiymatdan oshib ketishi mumkin, deyilgan. Savdo bilan shug`ullanuvchilarga alohida urg`u berilgan bo`lib, foyda masalasi ko`tarilgan, foydaning miqdori tovar bahosiga (boshqa harajatlar qatorida) qo`shilib, mahalliy mahsulot uchun 5, chetdan kelgan tovarlar uchun 10 foiz (import o`sha davrda ham afzal) qilib belgilangan. Davlatning iqtisodiy ishlarga aralashuvi qo`llab quvvatlangan. qishloq xo`jaligiga alohida e'tibor berilgan, bo`sh yerlar xalqqa bo`lib berilishi va soliq to`lash zarurligi, sug`orish inshootlari qurishga e'tibor haqida so`z yuritiladi. Umuman, davlat mamlakatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirishi kerak, degan g`oya markaziy o`rinni egallaydi. (Hozirgi davrdagi J.M.Keyns va institutsionalizm tarafdorlari fikri bilan solishtiring,). Moliya sohasida daromad solig`iga katta e'tibor berilgan. Davlat ba'zi ishlarni rivojlantirishi uchun moddiy va ma'naviy yordam berishi kerak, deyilgan. Mahsulotga baho belgilash, davlatning boyishini ta'minlash (foydani oshirib, sarf-xarajatni kamaytirish), hisob-kitobni tartibga solish, har xil o`g`irliklarga qarshi kurashish kerakligi belgilangan. Shu tamoyillarni amalga oshirish tufayli jamiyatdagi norozilik, tengsizlik yo`qoladi, deyilgan. Qadimgi Hindistonda yaratilgan "Veda"larda ham bir qancha muhim iqtisodiy g`oyalar keltirilgan. Respublikamiz olimlarining tadqiqotlariga ko`ra, zardushtiylik (zoroastrizm) dinining (islomgacha) muqaddas kitobi bo`lgan "Avesto" ya'ni "hayot yo`riqnomasi" (asli "Ovasta") da ham muhim iqtisodiy fikrlar bayon etilgan. Jumladan, sun'iy sug`orish asosida dehqonchilik yuritish, ona tabiatni e'zozlash, hayvonlarni asrash, noo`rin so`ymaslik, unga zug`um qilmaslik, tuproq sharoitini yaxshilash masalalari yoritilgan. Bu kitob eramizdan avvalgi II ming yillik oxiri - I ming yillik boshlaridagi voqealarni aks ettiradi va juda qadimiy yodgorlikdir (2700 yilligi bayram qilindi).
Bu dinning ta'sir doirasi juda keng bo`lib, hozirgi Eron, Markaziy Osiyo, Kavkazorti yurtlari (ayniqsa Ozarbayjon) va boshqa joylarda tarqalgan. M.a. II ming yillik oxiri - I ming yillik boshida paydo bo`lgan "Avesto"ning to`liq asl nusxasi saqlanmagan, uning ayrim qismlari topilgan, u qadimiy parfyan, oromiy yozuvida bitilgan, hozirgi davrda rus va o`zbek tillariga tarjima etilgan, ayrim bo`laklari "San'at", "O`zbek tili", "Fan va turmush" jurnallarida e'lon qilindi. Zoroastrizmning asosiy g`oyasi dualizmga, ya'ni bir tomondan Yaxshilik va Yorug`lik (xudosi Axura Mazda), ikkinchi tomondan Yovuzlik va qorong`ilik (xudosi Anxra Manu) kuchlari o`rtasidagi kurashdir. Inson xo`jalik faoliyatida tabiiy muhit bilan chambarchas bog`liq deb uqtiriladi, ammo, insonga alohida e'tibor beriladi. Insonga tanlash huquqi berilgan bo`lib, u Yaxshilik yoki Yomonlik tomonlarni olishi va shunga mos harakat qilishi kerakligi aytiladi. Yaxshilik odamining faoliyati yaxshi g`oya, yaxshi so`z va yaxshi ishlar bilan bog`langan bo`lishi kerak. Moddiy boyliklarni ko`paytirish yerug dunyodagi yaxshi ishlarning asosiysi hisoblangan. Shu sababli "Avesto" matnlarida natural-xo`jalik faoliyati keng targ`ib etilishi va amaliy maslahatlar berilishi tasodif emas. Avestoda "O`z hayoti davomida go`zallik va yaxshilik, nur va quvonch yo`lida xizmat qilgan odam porso va haqgo`y, pok va adolatli bo`lib, mehmonlarni beg`araz kutgan. Xotinini sevib, yerni, mollarni parva-rish qilgan, odamlarning molu mulkiga ko`z olaytirmagan, tabiatni asrab-avaylab undan zavq olgani uchun uning joni ham bitmas-tuganmas rohat va farog`atga burkanadi" deb yoziladi. Ko`chmanchi xalqlarning asosiy boyligi bo`lgan mollar sonini saqlash qo`llanilib, ularni bekordan-bekorga qurbon qilaverish qoralanadi. Bu g`oya ayniqsa ilk zoroastrizmda kuchli. Hayvonot dunyosini asrash, uning sonini oshirish, sifatini yaxshilash (ayniqsa semirtirish) ga alohida urg`u berilgan. Buning uchun esa yaxshi yaylov, kerakli qarov, yemxashak bilan ta'minlash eng yaxshi faoliyat deb baholanadi. Yaxshi ishlarni amalga oshirish kuchli hokimiyat bilan bo`lishi qayd etiladi. Kitobda yozilishicha, hayvonlarni o`g`irlash yoki tortib olish, turar joylarni xonavayron qilishdan asrashga intilish Yaxshilik g`alabasiga olib keladi. Ana shu qoidalarga amal qilganlarga yaylovlar bo`ylab erkin harakat qilishga va'da beriladi, chunki tabiiy yaylovlar cheklangan sharoitda bu "erkin harakat" ta'minoti muhimdir, aks holda o`zaro to`qnashuv va urushlar ro`y bergan. Ma'lum qonun-qoidalarga bo`ysunish kuchli hokimiyat va mo`'tadillik bilan bog`liq edi. O`zaro shartnomalarga bekamu ko`st amal qilish zarurligi, ayniqsa o`zaro moddiy yordam berish kerakligi targ`ib etiladi. Avesto ma'lumotlariga qarab shu davrdagi jamiyatning ijtimoiy ahvolini bilib olish mumkin. Bu davrda urug` jamoasi yemirilib, dastlabki sinf (kasta)lar paydo bo`lganligi ayondir, ular kohinlar, harbiylar, chorvadorlar va hunarmandlar, demak, ilk sinfiy jamiyat yuzaga kelayotgan davr bo`lgan. Aholi ko`proq yarim ko`chmanchilik asosida kun kechirgan. Ekstensiv chorvachilik yetakchi edi. Ideal hayot tarzi quyidagicha talqin etilgan bo`lib, uningcha yerdan shunday joyni topish yoki yaratish kerakki, u yerda ko`p ovqat pishirilishi, doim katta bo`lak go`sht tegishi, otlar pishqirib turishi, ot-arava g`ildiraklari jarangi chiqishi, qamchilar doim ko`tarilib, ovozi chiqib turishi, odamlar jag`i tinmaydigan (ovqat yeyishda), ziravorlar yetarlicha yashirib qo`yilgan, xushbuy hidlar arimaydigan, yaxshi hayot uchun kerakli barcha narsalarni istakka qarab, ko`p miqdorda saqlanadigan omborlar bor joy tushunilgan. "Avesto" bo`yicha turli tabiiy ofatlarga qarshi zahira oziq-ovqatlar barpo qilish qo`llab-quvvatlanadi (Konfutsiylik va boshqa ta'limotlarda ham bu g`oya katta o`rinni tutadi).


Download 52.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling