Ijtimoiy- iqtisodiy fanlar


yilda mamlakatimizda yangi ish o`rinlarini tashkil etish nimalar hisobiga yaratiladi?


Download 1.93 Mb.
bet14/76
Sana02.01.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1074887
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   76
Bog'liq
KBvXT uslubiy ko\'rsatma FA

11. 2020 yilda mamlakatimizda yangi ish o`rinlarini tashkil etish nimalar hisobiga yaratiladi?

  1. Kichik korxonalar, mikrofirmalar tashkil etish, yakka tartibdagi tadbirkorlikni, xizmat ko`rsatish va servis sohasini yanada rivojlantirish, pudrat asosida qurilish, shu jumladan: uy-joylarni ta`mirlash va rekonstruktsiya qilish ishlari ko`lamini kengaytirish hisobiga;

  2. Pudrat asosida qurilish ishlari ko`lamini kengaytirish, kichik korxonalar, mikrofirmalar tashkil etish

  3. YAkka tartibdagi tadbirkorlikni, xizmat ko`rsatish ko`rsatish va servis sohasini yanada rivojlantirish;

  4. Kasanachilikni rivojlantirish hisobiga.



12. O`zbekistonda ishsizlikni kamaytirishning qanday asosiy yo`llari mavjud?

  1. Yangi ish joylari tashkil etish, moddiy yordam berish, ish haqini oshirish, ijtimoiy himoya etish;

  2. Talabni ortirish, taklifni kamaytirish, nafaqa berish, yangi ish joylarini tashkil etish;

  3. Ish haqini oshirish, moddiy yordam berish, malakasini oshirish, yangi ish joylarini tashkil etish;

  4. YAngi ish joylarini tashkil etish, ishchi kuchini qayta taqsimlash, ish haqini oshirish, ishchi kuchi malakasini raqobatdoshligini va eksport qilinishini oshirish;

  5. Ishchi kuchi malakasi va ish haqini oshirish hamda eksport qilish.


3-MAVZU. Biznes faoliyati sohasidagi ruxsat berish,litsenziyalash va muvofiqlikni baholash
Reja

    1. Biznes sub’yektlarini tashkil etishning huquqiy asoslari

    2. Biznes faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib taomillari.

    3. Biznes sub’yektlarini litsenziyalash tushunchasi va tartibi

    4. Biznes faoliyatida muvofiqlikni baholash.

Kichik biznesning mezonlarini belgilash zaruriyati kichik korxonalarning davlatning jiddiy yordamiga muhtojligidan kelib chiqadi, bu yordam adresli bo'lishi va korxonalar faoliyatining belgilangan tomonlarini yaxshilashga yo'naltirilishi kerak. Kichik korxonalarni alohida kategoriyalarga ajratish ular faoliyatini o'rganish va samaradorlik darajasini tahlil qilish, ularning iqtisodiyot umumiy tizimidagi o'rni va rolini aniqlash uchun zarur.
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan barcha mamlakatlarda kichik korxonalarni belgilashda quyidagi mezonlardan foydalanadilar:
- miqdoriy ko'rsatkichlar: xodimlarning soni, sotish hajmi, asosiy kapitalning balans qiymati;
- sifat ko'rsatkichlari: ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning nisbatan kichik soni; cheklangan resurslar va quvvatlar, boshqa-ruvning kamroq rivojlangan tizimlari va boshqalar;
- yuqoridagi ko'rsatkichlarning birinchi va ikkinchi guruhlarini birlashtiruvchi kombinauiyasi.
Har xil mamlakatlarda korxonalarni kattaliklariga ko'ra u yoki bu guruhga kirituvchi mezonlari qo'llaniladi. O'zbekistonda kichik korxonalarni, unda ishlovchi xodimlar soni bo'yicha guruhlarga ajratish qabul qilingan. Buni 3.1.-jadvaldan ko'rish mumkin.
Aylanma mablag'lar aylanmasi (Inglizcha aylanma mablag'lar aylanmasi) - moddiy boyliklarni to'lash paytidan boshlab, bank hisobvarag'iga sotilgan mahsulotlar uchun mablag'larni qaytarib berishga qadar aylanma mablag'larning aylanish tezligini tavsiflaydi. Aylanma mablag'larning miqdori korxonaning bank hisobvarag'idagi mablag 'qoldig'ini olib tashlagan holda ularning umumiy hajmiga qarab hisoblanadi.



Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling