Ijtimoiy- iqtisodiy fanlar


Download 1.93 Mb.
bet23/76
Sana02.01.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1074887
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   76
Bog'liq
KBvXT uslubiy ko\'rsatma FA

Marketing vaziyati
Shveytsariyalik oziq-ovqat sanoati giganti Nestle sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarish bo`yicha o`z biznesini faollik bilan kengaytirmoqda. Butun dunyoda Nestle strategiyasi uzoq muddatli investitsiyalarni amalga oshirishdan iborat. Ushbu strategiya doirasida kompaniya, 1996 yildan boshlab O`zbekistonda ham ishlab chiqarishni rivojlantirish, o`zbekona an`analar va didga javob beradigan sut mahsulotlari ishlab chiqish bilan shug’ullanib, mahalliy xomashyo va tarkibiy qismlardan ham foydalanmoqda. SHunday qilib, Nestle oziq-ovqat sanoatida xalqaro tajriba va etakchilikni iste`molchilarning hohish-istaklari va ehtiyojlari bilan birlashtirmoqda.
2000 yil Nestle kompaniyasi Namangan sut zavodi asosida «Nestle» mas`uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo`shma korxonaga asos soldi, hozigi paytda kompaniya unga doimiy investitsiyalar kiritmoqda (kiritilgan investitsiyalar hajmi hozirda 30 mln. dollarga etgan). Qisqa muddat ichida Nestle mahsulotlari iste`molchilar orasida ishonch qozondi. Ayniqsa, Nestle kompaniyasining Nestle sutim, Nestle Supermilk kabi savdo markalariga katta talab bildiriladi. Respublika bozorida Nestle ulushi taxminan 25% atrofida. Sut mahsulotlari bozorida esa kompaniyaning ulushi 33%ni tashkil qiladi.
Shu bilan birga, raqobat sharoilarida Nestle iste`molchilari undan yuqori sifatli sut mahsulotlarini arzon narxlarda talab qilmoqda. Boshqa ko`plab kompaniyalar kabi, Nestle ham o`z mahsulotlari sifatini oshirish imkoniyatlarini topish borasida doimiy izlanishlar olib boradi. Bu maqsadda kompaniya rahbariyati organoleptik usul yordamida sut mahsulotlari sifatini tahlil qilishga qaror qilgan bo`lib, bu usulning mohiyati sutning sifat xususiyatlarini 100 ball shkalasida kompaniya iste`molchilari nuqtai nazaridan baholashdan iborat.


Topshiriq:
Organoleptik usulni qo`llash asosida Nestle sutim va Nestle Supermilk sut mahsulotlari sifatini aniqlash va ularning sifatini oshirish bo`yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish zarur.


II. TALABA UCHUN USLUBIY KO`RSATMALAR

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling