Ijtimoiy- iqtisodiy fanlar


Muammo Organoleptik usul yordamida Nestle sutim, Nestle Supermilk sut mahsulotlari sifatini baholash


Download 1.93 Mb.
bet24/76
Sana02.01.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1074887
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   76
Bog'liq
KBvXT uslubiy ko\'rsatma FA

Muammo
Organoleptik usul yordamida Nestle sutim, Nestle Supermilk sut mahsulotlari sifatini baholash.


Topshiriqlar
1. Iste`molchi nuqtai nazaridan Nestle sutim va Nestle Supermilk sut mahsulotlarining xususiyatlarini ajratib ko`rsating.
2. Ball setkasi yordamida Nestle sutim, Nestle Supermilk sut mahsulotlarining har bir xususiyatini baholang.
3. Nestle sutim, Nestle Supermilk sut mahsulotlari sifat umumiy ko`rsatkichini aniqlang va uni etalon sut mahsuloti ko`rsatkichi bilan taqqoslang.
4. Sut mahsulotlari sifatini oshirish bo`yicha chora-tadbirlar ishlab chiqing.
Yechish algoritmi



1. Iste`molchi nuqtai nazaridan Nestle sutim va Nestle Supermilk sut mahsulotlarining xususiyatlarini ajratib ko`rsatish.

Buning uchun mahsulotning quyidagi xususiyatlarini ko`rib chiqish zarur:


a) ta`mi va hidi. Asosan to`rt xil ta`m ajratib ko`rsatiladi: shirin, sho`r, nordon va achchiq. Boshqa ta`mlar asosiy ta`m turlarining birlashuvi natijasida hosil bo`ladi, masalan, nordon-shirin, achchiq-sho`r va h.k. Mahsulotning ta`m xislatlari tabiiy sharoitlar, kimyoviy tarkib va iqlimga bog’liq bo`ladi. Masalan, mahsulotga shirin ta`mni mahsulotda ko`p atomli spirt (glitserin), qand moddasi va hokazolar borligi beradi. Ko`p hollarda ahsulot tarkibida alkoloidlar (kofein, teobramin, xinin) va glyukoza (amigdamin, solanin) mavjudligi unga achchiq ta`m beradi. Nordon ta`m mahsulotlarda organiq va mineral kislotalar (sul’fat, xlorid) mavjudligida kuzatiladi. Mahsulot hidini tahlil qilishda tovarning tozaligi va buzilganligi aniqlanadi;

b) rangi. Rang gammasini va uning standartlarga qanchalik mosligi aniqlanadi;

v) konsistentsiya. Kaloriyasi, yog’liligi, to`yinganligi aniqlanadi;

g) tashqi ko`rinishi. O`rovning mavjudligi, uning hajmi, iste`molchi uchun jalb etuvchanligi.




2. Ball setkasi yordamida Nestle sutim, Nestle Supermilk sut mahsulotlarining har bir xususiyatini baholash.
100 ball setkadan foydalanish tavsiya etiladi.
a) Nestle sutim sut mahsulotining xususiyatlari ballda baholanadi;
b) Nestle Supermilk sut mahsulotining xususiyatlari ballda baholanadi.


3. Nestle sutim, Nestle Supermilk sut mahsulotlari sifat umumiy ko`rsatkichini aniqlash.
Buning uchun har bir sut mahsuloti bo`yicha to`plangan ballarni qo`shish zarur:
a) Nestle sutim sut mahsulotining sifat umumiy ko`rsatkichi;
b) Nestle Supermilk sut mahsulotining sifat umumiy ko`rsatkichi;
v) Nestle sutim va Nestle Supermilk sut mahsulotlari umumiy ko`rsatkichlarini etalon namuna ko`rsatkichi bilan taqqoslash.


4. Sut mahsulotlari sifatini oshirish bo`yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.
Aniqlangan kamchiliklar asosida sut mahsulotlari sifatini oshirish bo`yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va asoslab berish.



Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling