Ijtimoiy- iqtisodiy fanlar
Biznes subʼektlar faoliyatini qayta tashkil etish va tugatishning huquqiy asoslari
Download 1.93 Mb.
|
KBvXT uslubiy ko\'rsatma FA
Biznes subʼektlar faoliyatini qayta tashkil etish va tugatishning huquqiy asoslari
Biznes subʼektlar faoliyatini qayta tashkil etish shaklllari hamda usullari Biznes subʼektlar faoliyatini tugatish asoslari va usullari. Infratuzilma iqtisodiy tizimning bir qismini tashkil etib, u ishlab chiqarishning bir maromda faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi. "Infratuzilma" so'zi lotin tilidan tarjima qilinganda "tuzilmadan tashqarida" ma’nosini anglatadi. Iqtisodiy nuqtai nazardan infratuzilma mohiyatiga quyidagi izoh ko'proq mos keladi: "inson hayoti va ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida faoliyatlar almashinuvi ta’minlovchi tovar va xizmatlar yaratishda o'ziga xos mehnat jarayonlari majmuasi". Mulk shakllaridan qat’iy nazar, barcha korxonalar O'zbekiston Respublikasining «Korxonalar, birlashma va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to'g risida»gi qonuniga muvofiq davlat va mahalliy budjetlarga soliqlar to'laydilar. Soliqlar budjetga tushadigan pul va qonun bilan belgilangan majburiy munosabatlardir. Bu munosabatlar soliq to'lovchilar (yuridik va jismoniy shaxslar) bilan davlat o'rtasidagi munosabatlarni ifoda etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-maydagi "Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab‑quvvatlash bo‘yicha navbatdagi chora‑tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-5996-sonli Farmonida soliqlardan ozod qilish, jarimalar va penyalarni hisobdan chiqarish, soliq to‘lovini kechiktirish va tadbirkorlarni qo‘llashning boshqa choralari orqali soliq yukini kamaytirish o‘z aksini topdi. Xususan, 2020-yil 1-iyundan 1-sentabrgacha kichik korxonalar ikki turdagi – yer va mol-mulk soliqlarni to‘lashdan ozod qilindi. Imtiyozga ega bo‘lganlar: - bozorlar va savdo majmualari; - kinoteatrlar; - umumiy ovqatlanish korxonalari; - jamoat transportlari korxonalari; - sport-sog‘lomlashtirish muassasalari; shuningdek, yo‘lovchi tashish, maishiy xizmat ko‘rsatish, binolarni, shu jumladan banketlar tashkil etish uchun ijaraga berish faoliyati bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslar. Bugungi kunda mamlakat bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lgan 142,5 mingta kichik biznes vakillari mavjud bo‘lib ular 332,8 mlrd. so‘mlik soliqlardan ozod bo‘ldi. Bu summa ikki turdagi mol-mulk va yer solig‘i hissasiga to‘g‘ri keladi. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling