Ijtimoiy antropologiya
Insoniyat hayotida tsivilizatsiya va madaniyat o’zaro bog’liq holda
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Ijtimoiy antropologiya
Insoniyat hayotida tsivilizatsiya va madaniyat o’zaro bog’liq holda
rivojlanib kelmoqda. Gap shundaki, odam paydo bo’lgandan beri, ongli o’zini o’rab turgan olam oldida, tabiatning dahshatli hodisalari, qahraton sovuq, jazirama issiq oldida ojiz, himoyasiz, yalong’och bir mavjudod edi. Biroq odam barcha tirik mavjudodlardan o’z ongliligi bilan ajralib turardi, hammasidan ustun edi. Inson ongliligi tufayli uchun yashash uchun kurashdi, o’zini o’rab turgan tabiatga ishlov berib, asta-sekin o’zi zarur qulayliklar yaratib bordi. Bu qulayliklar yaratilishi usuli, mazmun-mohiyatiga ko’ra tsivilizatsiya yoki madaniyat atamalari bilan tushuntiriladi. Insoniyat tomonidan yaratilgan ov va mehnat qurollari, olovdan foydalanishni o’zlashtirish, chorvachilik, dehqonchilik, hunarmandchilik, kiyim- bosh, uy-joy, yirik suv inshootlari, binolar, mashinalar, texnika taraqqiyoti, transport, aloqa, maishiy xizmat vositalari kabilar tsivilizxatsiya tushunchasiga kiradi.Demak, tsivilizatsiya deganda insonlar o’zlari uchun yaratgan jismoniy qulayliklar, moddiy ehtiyojlarini qondiruvchi moddiy-texnik vositalar tushuniladi. Madaniyat esa yashash uchun kurashning ruhiy, ma’naviy usulidir. Masalan, odam yirtqich hayvonlardan himoyalanish usulini, ya’ni tsivilizatsiya yo’lini topishi mumkin. Lekin inson o’limdan o’zini saqlay olmaydi, o’lim haq. Demak, odam o’zini o’zartirishi, o’lim vasvasi bilan doimo dahshat ostida bo’lmasligi, unga ko’nikishi zarur bo’ladi. Bu sohada madaniyat harakatga keladi. Madaniyat insonlarga ruhiy, ma’naviy qulayliklar yaratadi, shaxsni, uning tabiat haqidagi tafakkurini o’zgartiradi, insonda ichki barqarorlikni shakllantiradi. Ma’naviyat orqali inson o’lim dahshatini engadi, kezi kelganda Vatani, xalqi uchun o’limga ham tik boradi. Ibtidoiy jamiyatdagi sehrgarlik, jodugarlik, afsungarlik, hozirgi zamon dinlari, xalq qo’shiqlari, adabiyot, san’at axloq-odob va boshqalar-bularning hammasi madaniyat sohasiga kiradi. Agar tsivilizatsiya insonning moddiy ehtiyojlarini qondirsa, madaniyat uning ma’naviy ehtiyojlarini qondiradi. Tsivilizatsiya so’zi lotincha grajdanlik, davlatchilik so’zidan kelib chiqqan. Tsivilizatsiya so’zi lotincha grajdanlik, davlatchilik so’zidan kelib chiqqan. Tsivilizatsiya so’zi ma’rifatparvarlarning XVI-asrdan boshlab urushlarsiz hamda mutaasib ruhoniylar ta’siridan ozod jamiyat uchun kurashishlari jarayonida fanga kirib keldi. Tsivilizatsiya so’zi jamiyat taraqqiyotining darajasini belgilovchi tushunchadir. Tsivilizatsiya so’zi jamiyat taraqqiyotidagi uchta katta davrning (yovvoyilik, vahshiylik va tsivilizatsiya) oxirgisi bo’lib, u yozuvning, davlatning, huquqiy tartib-qoidalarning kelib chiqishidan, ya’ni bundan 6 ming yillar muqaddam (Misrda) boshlangan. Tsivilizatsiya boshlanishi bilan turli xil dinlar, gumanistik va ahloqiy qadriyatlar keng tarqala boshlaydi. Tsivilizatsiya barcha mintaqalarda birdaniga boshlanmagan, turli mintaqalarda birin-ketin vujudga kelgan, albatta. Tsivilizatsiya madaniyat tushunchasi kabi insoniyat taraqqiyotining mahsuli. Qadimgi davrlarda Qadimgi Misr tsivilizatsiyasi, O’rta dengiz tsivilizatsiyasi, Hind tsivilizatsiyasi, Markaziy Osiyo tsivilizatsiyasi ayrim hududlarda, bir-biri bilan u qadar bog’lanmagan holda shakllangan bo’lsa, XVI- XX asrlarda umumjahon tsivilizatsiyasi shaklida mujassamlashdi. Dunyoda ilg’or fan, texnika, texnologiya, axborot vositalari asosida ish yuritayotgan, ma’rifatparvar, demokratik jamiyat, huquqiy davlat qurgan mamlakatlar mavjud, ular haqiqiy tsivilizatsiya yo’liga kirib bormoqdalar. Jumladan, mustaqil O’zbekiston ham yuksak tsivilizatsiya demokratik jamiyat qurish yo’lidan bormoqda. Madaniyat va tsivilizatsiya o’rtasida mantiqiy birlik, umumiylik mavjud, negaki ularning har ikkalasi ham inson faoliyatining mahsulidir. Ham moddiy, ham ma’naviy taraqqiyotning boshida insonlarning ma’naviy tafakkuri, niyatlari, g’oyalari, qylari, loyoihalari, mo’ljallari turadi, so’ngra ular moddiy shaklda namoyon bo’ladi. Bunga nafaqat texnik inshootlarining, shuningdek badiiy asarlarining yaratilishi ham misol bo’la oladi. Masalan, Amir Temur haykalida, avvalo, yaratuvchining ma’naviy tafakkuri, loyihasi, mo’ljali, so’ngra ularning moddiy shaklga kirgan ajoyib moddiy monumentni ko’ramiz. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling