Ijtimoiy antropologiya


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/100
Sana02.02.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1146972
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   100
Bog'liq
Ijtimoiy antropologiya

Siyosiy madaniyat- kishilarning siyosiy ongi, manfatlari, maqsadlarini 
ifodalovchi siyosiy-huquqiy g’oyalar majmuidir. Siyosiy madaniyat jamiyat 
jamiyatning turli ijtimoiy tabaqalari manfatlari bilan bog’liq holda vujudga 
keladi va siyosiy faoliyatda namoyon bo’ladi. Har bir ijtimoiy tabaqa o’zining 
siyosiy manfatlaridan kelib chiqib g’oyalar, dasturlar ishlab chiqadi, siyosiy 
tashkilotlar tuzadi va siyosiy hokimiyat uchun turli usullar, vositalar bilan 
amaliy harakat qiladi.
Siyosiy madaniyat huquqiy madaniyat bilan bog’liq. Huquqiy madaniyat 
qonunlarini bilish, ularga amal qilish, huquqiy ong, huquqiy saviya, huquqiy 
munosabatlar, huquqiy faollik madaniyat demakdir. 
Iqtisodiy madaniyat deganda iqtisodiy bilim, iqtisodiy ong, iqtisodiy 
faoliyat, iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Shaxs iqtisodiy madaniyat 
jamiyat 
iqtisodiy 
madaniyatning 
tarkibiy 
qismidir. 
Shaxs 
iqtisodiy 
madaniyatning kamol topishi uchun iqtisodiy qadiryatlarni, iqtisodiy bilimlarni 
puxta egallashi lozim, shundagina u erkin iqtisodiy faoliyat yurita oladi.
Axloqiy madaniyat tarkibiga axloqiy ong, xloqiy munosabat va axloqiy 
faoliyat kiradi. Jamiyat axloqiy madaniyat axloqiy qadiryatlar tizimini ifodalasa, 
shaxs axloqiy madaniyatida axloqiy qadiryatlarning individuallikda qanday 
darajada aks etishi ifodalanadi. 
Barkamol insonni tarbiyalashda ekologik madaniyat, estetik madaniyat, 
din, fan va boshqalar ham muhim ahamiyatga ega. 
Ko’pgina hollarda madaniyat va tsivilizatsiya so’zlari yonma-yon 
ishlatiladi. Masalan, “Qadimgi Misr tsvilizatsiyasi”, “Qadimgi mirs 
madaniyati”. Bu atamalar go’yo bir xil ma’noni anglatganday ko’rinadi. Aslda 
esa tsivilizatsiya va madaniyat bir-birlaridan farq qiluvchi tushunchalardir. 
Faylasuflardan O.Shpengler va A.Berdyaev asarlarida tsivilizatsiya - bu 
insoniyat borlig’ining moddiy-texnik tomoni, madaniyat esa uning ma’naviy 
tomonidir, deb tushuntiriladi. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling