Ijtimoiy antropologiya
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Ijtimoiy antropologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axloqiy madaniyat
- Barkamol insonni
Siyosiy madaniyat- kishilarning siyosiy ongi, manfatlari, maqsadlarini
ifodalovchi siyosiy-huquqiy g’oyalar majmuidir. Siyosiy madaniyat jamiyat jamiyatning turli ijtimoiy tabaqalari manfatlari bilan bog’liq holda vujudga keladi va siyosiy faoliyatda namoyon bo’ladi. Har bir ijtimoiy tabaqa o’zining siyosiy manfatlaridan kelib chiqib g’oyalar, dasturlar ishlab chiqadi, siyosiy tashkilotlar tuzadi va siyosiy hokimiyat uchun turli usullar, vositalar bilan amaliy harakat qiladi. Siyosiy madaniyat huquqiy madaniyat bilan bog’liq. Huquqiy madaniyat qonunlarini bilish, ularga amal qilish, huquqiy ong, huquqiy saviya, huquqiy munosabatlar, huquqiy faollik madaniyat demakdir. Iqtisodiy madaniyat deganda iqtisodiy bilim, iqtisodiy ong, iqtisodiy faoliyat, iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Shaxs iqtisodiy madaniyat jamiyat iqtisodiy madaniyatning tarkibiy qismidir. Shaxs iqtisodiy madaniyatning kamol topishi uchun iqtisodiy qadiryatlarni, iqtisodiy bilimlarni puxta egallashi lozim, shundagina u erkin iqtisodiy faoliyat yurita oladi. Axloqiy madaniyat tarkibiga axloqiy ong, xloqiy munosabat va axloqiy faoliyat kiradi. Jamiyat axloqiy madaniyat axloqiy qadiryatlar tizimini ifodalasa, shaxs axloqiy madaniyatida axloqiy qadiryatlarning individuallikda qanday darajada aks etishi ifodalanadi. Barkamol insonni tarbiyalashda ekologik madaniyat, estetik madaniyat, din, fan va boshqalar ham muhim ahamiyatga ega. Ko’pgina hollarda madaniyat va tsivilizatsiya so’zlari yonma-yon ishlatiladi. Masalan, “Qadimgi Misr tsvilizatsiyasi”, “Qadimgi mirs madaniyati”. Bu atamalar go’yo bir xil ma’noni anglatganday ko’rinadi. Aslda esa tsivilizatsiya va madaniyat bir-birlaridan farq qiluvchi tushunchalardir. Faylasuflardan O.Shpengler va A.Berdyaev asarlarida tsivilizatsiya - bu insoniyat borlig’ining moddiy-texnik tomoni, madaniyat esa uning ma’naviy tomonidir, deb tushuntiriladi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling