Ijtimoiy antropologiya
Millatlararo munosabatlarning o‘z-o‘zini tartibga solish
Download 0.54 Mb.
|
Ijtimoiy antropologiya-fayllar.org
4.
Millatlararo munosabatlarning o‘z-o‘zini tartibga solish modellari: assimilyatsiya, «eritish qozoni», madaniy plyuralizm va «o‘zak periferiya»: amalga oshirish misollari. Madaniyat va sivilizatsiya. Moddiy va ma’naviy madaniyat. Ma’naviy madaniyatning tarkibiy tuzilishi. “Madaniy hayot” va “Ijtimoiy hayot” tushunchalari. Sotsiomadaniyat, submadaniyat, sub’ektiv madaniyat, ekologik madaniyat va texnomadaniyat. Jahon xalqlarining madaniyatidagi o’ziga xoslik va umumiylik. Hozirgi sharoitda universal texnologiyalar, axborot tarqatishning globalllashuvi. XX asr boshlarida madaniyat rivojidagi yangi yo’nalishlar. Submadaniyat atamasi boʻlib, jamiyat madaniyatining keskin farqlanuvchi bir qismini anglatadi. Submadaniyat ichida oʻziga xos kiyinish, jargon, hatti-harakat va boshqa madaniy normalar boʻlishi mumkin. Submadaniyatlar milliy, demografik, professional, geografik va boshqa asoslarda shakllanishi mumkin. Bundan tashqari yoshlar orasidagi submadaniyatlar alohida ajratiladi. Fanda, odamlar o’rtasidagi muloqatda madaniyat so’zi bilan bir qatorda kultura so’zi ham ishlatiladi. Kultura so’zi lotincha “culture” so’zidan olingan bo’lib, “ishlov berish”, “ekib o’stirish” ma’nosini bildiradi. Rus faylasuflari N. Berdyaev va V. Rozinovlar “kultura” so’zining “kult” ya’ni diniy ibodat, sig’inish so’zidan kelib chiqqanligini qayd etganlar. Hozirgi paytda insoniyat faoliyatining ko’pgina sohalarida madaniyat yoki kultura so’zi qo’llaniladi. Qadimgi Rimda madaniyat deganda shaxsning tarbiyalanganligi, ma’rifatlilik darajasi tushinilgan. Keyinroq madaniyat deganda shaxsning qadr-qimmati, takomilligi tushinilgan. Nemis faylasufi F. Shiller kishilardagi insoniylik fazilatlarini, uning ichki dunyosi, ma’naviylik darajasini madaniyat deb tushuntirgan. Amerikalik madaniyatshunos olim Eduard Teylor (1832-1917) madaniyat atamasini ilm-fanga kiritdi. Teylor o’zining “Pervobo’tnaya kultura” asarida: “madaniyat keng ma’noda kishining jamiyat a’zosi sifatida o’zlashtirgan bilimi, e’tiqodi, san’ati, axloq-odobi, qonun- qoidalari va boshqa bir qator qobiliyatlari va odatlari yig’indisidan tashkil topadi”, deb ta’kidlaydi. Faylasuf va madaniyatshunos V.M. Rozin iborasi bilan aytganda “qancha yirik madaniyatshunos bo’lsa shuncha nazariyalar, tushunchalar mavjud”. , Teylo zamonida madaniyatning 7 ta ta’rifi bo’lgan bo’lsa, 1950 yillarda uning soni 150 taga, hozirgi kunda esa madaniyatga berilgan tushunchalar soni 400 taga etadi. Bu ta’riflar umumlashtirilsa madaniyat so’zining ma’no-mazmunini o’uyidagicha tushunish mumkin.: 1. Madaniyat – uzoq tarixiy taraqqiyot jarayonida insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklar, asori-atiqalar yig’indisi. 2. Madaniyat – u yoki bu jamiyatga xos falsafiy qarashlar, ilm, fan, maorif, san’at, axloq, din, huquq, siyosat maishiy xizmat ko’rsatish darajasini aks ettiruvchi omillar, ijtimoiy taraqqiyot daoajasi. 3. Madaniyat- insonlar hayotida, jamiyat rivojida shakllangan milliy, umuminsoniy qadriyatlar majmui. 4. Madaniyat – har bir kishining tarbiyalanganligi insoniylik fazilatlari va ijodiy faoliyatining ifodasidir. Madanyatning qo’llanilishiga qarab shaxsiy, oilaviy, kasbiy, tabaqaviy, milliy madaniyat, jamiyat madaniyati, umuminsoniy madaniyat kabi shakllarga bo’lib o’rganish ham mumkin. Kundalik hayotda “muomala madaniyati”, “mehnat madaniyati”, “nutq madaniyat”, “ishlab chiqarish madaniyati” , “xizmat ko’rsatish madaniyati”, “dam olish madaniyati”, “huquqiy madaniyat” kabi tushunchalar ham qo’llaniladi. Madaniyat inson hayotida muhim vazifalarni bajaradi. Ular orasida quyidagilarni alohida ta’kidlab ko’rsatish mumkin. Madaniyat, avvalo, ijtimoiy vazifalarni, ya’ni shaxsni, odamni inson qilib shakllantirish va tarbiyalash vazifasini bajaradi. Madaniyat har bir shaxsning insoniyat yaratgan bilimlarni, ma’naviy qadriyatlarni, tartib-qoidalarni o’zlashtirib olish, tarbiyalash, jamiyatning to’la huquqli a’zosi sifatida faoliyat yuritish qobiliyatini shakllantirish vazifasini bajaradi. Insonning tabiat hukmronligidan ajralib chiqishi madaniyatga xos ayrim elementtlarning shakllanishi bilan birga sodir bo’ladi. Aynan madaniyat orqali har bir shaxs jamiyatda to’plangan tajribalarni, an’analar va urf-odatlarni turmush tarzini o’zlashtiradi, ular keyingi avlodlarga etkaziladi. Madaniyat axborotlarni o’zlashtirish, bilish, tushunish vazifasini bajaradi. Madaniyat inson uchun dunyoni bilish, dunyo to’g’risida turli ma’lumotlar, axborotlar olish, ularni avlodan avlodga o’tib borishini ta’minlaydi. Madaniyat tartibga soluvchi vazifani ham bajaradi, ya’ni kishilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni belgilangan tartib-qoidalar, axloqiy-huquqiy normalar asosida tartibga solishga xizmat qiladi. Madaniyat kishilar o’rtasida qzaro fikr almashuv bilan bog’liq bo’lgan, aloqa uchun xizmat qiladigan vazifani bajaradi. Bu borada til asosiy vosita rolini o’ynaydi. Gap shundaki, madaniyatning bir qator sohalari – fan, san’at, texnika va boshqalarning o’ziga xos tili bo’lib, ularni bilmasdan turib madaniyatni to’laligicha bilib bo’lmaydi. Madaniyat aksiologik vazifani ham bajaradi, ya’ni kishilar tomonidan moddiy, ma’naviy, estetik, axloqiy qadriyatlarni egallashga, yomondan yaxshini, bema’ni, xunuk narsalardan go’zallikni ajrata bilishga ko’maklashadi. Madaniyat ijodkorlikni rivojlantirish vazifasini ham bajaradi. Insonni mavjud madaniyatga tanqidiy-ijodiy qarash, isloh qilish, takomillashtirish, yangi bilimlar, qoidalar, qadriyatlar, tartib-qoidalar yaratishga undaydi. Madaniyat kishilardagi jismoniy va ruhiy toliqishni haydash, hordiq chiqarish, tiklanish, kayfiyatini ko’tarish yo’lidagi tadbirlar, o’yinlar tashkil etuvchi vazifalarni ham bajaradi. Madaniyat doimo taraqqiy etuvchi ko’p qirrali jarayon, uning tarkibiga kiruvchi elementlari o’zgarib turadi. Shu jihatdan tadqiqotchilar madaniyatni o’ziga xos belgilari, sifatida qarab bir necha turlarga bo’ladilar.Madaniyatga tsivilizatsion nuqtai nazardan yondoshuvchi nuqtai nazardan yondoshuvchi mutaxassislar insoniyat bir necha tsivilizatsiyalarni bosib o’tganligini ta’kidlaydi. Madaniyatni tili, dini, an’analari, qadriyatlari, iqtisodiyoti yaqinligini inobatga olib milliy, mintaqaviy, davriy jihatdan bir necha turlarga bo’lish keng tarqalgan. Milliy madaniyatda diniy, axloqiy, badiiy, moddiy, geografik yaqinlik, umumiylik nazarda tutiladi. Madaniyatni irqiy omilni nazarda tutgan holda bo’lish holatlari ham uchraydi. Frantsuz faylasufi J. Gobino jamiyat, madaniyat, din, til to’laligicha irqiy jihatlar bilan bog’liq, madaniyat mavjud tabiiy sharoit bilan bog’liq deb tushuntiradi va Evropa madaniyatini negroid madaniyatda eng yuqori, ustun darajada deb hisoblaydi. XX asrning ikkinchi yarmida ayrim mutaxassislar jamiyat va madaniyat sohasida yuz bergan o’zgarishlarni tushuntirish uchun kontkultura, subkultura tushunchalarini qo’llay boshladilar. Kontkultura deganda hukmron madaniyatga qarshi nazariyalar, qadriyatlar, falsafiy, badiiy qarashlar, ideallar tushuniladi. Subkultura deganda jamiyatdagi turli sinflar, tabaqalar, guruhlarga xos madaniy jihatlar hisobga olinadi. Shuningdek qashshoqlar, kambag’allar, o’rta tabaqalar, yuqori tabaqalar, jamiyatdagi elita qatlamlari madaniyati degan tushunchalar ham ishlatiladi. Masalan, ayrim tadqiqotchilar kambag’al tabaqalar madaniyati shaxsiy gigienadan tortib bilim darajasigacha bo’lgan sohalarda past saviyada namoyon bo’ladi, deb tushuntiradilar. Jamiyatni umumiy madaniyat asosida birlashtirishga intiluvchi ommaviy madaniyat mavjudligi haqida fikr bildiruvchilar ham bor. Yoshlar orasida modaga berilgan xotin-qizlar, ayrim muzikaga berilgan yoki alohida jargon bilan gaplashishni xush ko’radigan subkulturalar haqida ham fikr mavjud. Shahar madaniyati, qishloq madaniyati, kasb madaniyati, ular o’rtasidagi farqlar haqida ham gapiriladi. Bularning hammasi madaniyatning murakkab tarkibiy tizimdan iborat ekanligini ko’rsatadi. Madaniyatshunoslik fanida shaxs kamolati muhim masaladir. Shaxsning barkamol inson bo’lib etishishida tarixiy, ijtimoiy-madaniy muhitning ta’siri katta. Inson ma’lum ijtimoiy-madaniy muhitda dunyoga keladi, go’daklik chog’idayoq shaxs ijtimoiy- madaniy muhitni tayyor holda topadi. Mavjud ijtimoiy-madaniy muhit ta’sirida shaxs ijtimoiy shaxsga aylanadi. Shaxsning ijtimoiylashuvi madaniy-ijtimoiy muhit yaratgan va rioya qilinadigan qadriyatlarni, urf-odatlarni, ahloq-odobni, moddiy va ma’naviy boyliklarni, g’oyaviy andozalarni o’zlashtirish, qabul qilish orqali sodir bo’ladi, shaxs inson sifatida shakllanadi. Shu bilan birga shaxsda o’tkinchi ehtiyojlarni- yurist, iqtisodchi, injener, vrach, pedagog, san’atkor bo’lish, boy bo’lish, amaldor bo’lish, shon-shuhrat qozonish, turli unvonlar olish va boshqa ehtiyojlarni qondirish kabi istaklar ham paydo bo’ladi. Buning uchun ta’lim muassasalarida qunt bilan o’qib, dunyo va jamiyat, ularning taraqqiyot qonunlari to’g’risidagi umumiy bilimlarni egallash, maxsus kasbiy fanlarni o’rganish, izlanish, hayotiy tajriba orttirish, intellektual salohiyatga ega zarur bo’ladi. Madaniyat kishinig nafaqat ijtimoiylashuvini, shuninigdek jamiyat bilan integratsiyalashuvni ta’minlaydi. Madaniyat insonga barkamollikka erishishga, ijodiy kuchlarini namoyon etishga ko’maklashadi. Shaxsning madaniy darajasini baholashda uning aqli, tafakkuri, ongi, axloqi, xulq-atvori ham muhim o’rin tutadi. Madaniyat insoning yashirin, betakror individuval xususiyatlari, qobilyatlarini ro’yobga chiqarish, o’stirish va rivojlantirishga yordam beradi. Shaxsni barkamol qilib etishtirishda jamiyat madaniyatning bir qator tizimlari alohida ahamiyatga ega. Masalan: Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling