Ijtimoiy antropologiya


  Kuzatuv ishtirokchisining validligi va ishonchliligi. So‘rov


Download 0.54 Mb.
bet42/100
Sana30.10.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1733996
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   100
Bog'liq
Ijtimoiy antropologiya-fayllar.org

4. 
Kuzatuv ishtirokchisining validligi va ishonchliligi. So‘rov. 
So‘rov turlari. Interv’yu usuli. So‘rov dasturlarini tuzish va o‘tkazish 
texnikasi.
5. 
Natijalarni ishlash va taqdim etish.
6. 
Hayotiy voqealar (biografik usul). 
Etnografik dala tadqiqotlari. Tadqiqot usullari. Kundalik hayotda ishtirok.
Dala tadqiqotlarining boshlanishi. Kuzatish va ro’yxatga olish. Ishtirokli
kuzatish, madaniy ekologiya va dala ishlari etikasi. Xujjatlashtirilgan kuzatish.
Hodisalarni ro’yxatga olish. Etnografik tasvir. Kuzatuv ishtirokchisining
validligi va ishonchliligi. So’rov. So’rov turlari. Intervyu usuli. So’rov
dasturlarini tuzish va o’tkazish texnikasi.Natijalarni ishlash va taqdim etish.
Hayotiy voqealar (biografik usul). Sotsial antropologiyada matnlar. Sifatiy va
miqdoriy kontent-tahlil. Jamiyatda antropologiya. Antropologiyaning axloqiy
muammolari.
Sotsiologik tadqiqot dasturi va uning tarkibiy tuzilishi 
Empirik sotsiologik tadqiqot ob’ekti bo’yicha o’tkazilgan dastlabki tahlillar
asosida mavjud maummoni tahlil qilish dasturi ishlab chiqiladi. Ilmiy dastur har
qanday amaliy, nazariy sotsiologik tadqiqotning dastlabki zarur hujjati
hisoblanadi. Dastur sotsiologik tadqiqot ob’ekti bo’yicha ishchi farazni
tekshirishga qaratilgan, shuningdek tadqiqot bo’yicha ilmiy faraz, bajariladigan
asosiy vazifalari va sotsiologik tadqiqotning metodologik asosi bayonlaridan
iborat. Dastur mazmuni haqida qisqacha ma’lumot berilishi annotatsiya deb
ataladi.
Har qanday empirik sotsiologik tadqiqot dasturining umumiy talablari
mavjud. Bularga, tadqiqotning asosiy maqsad va vazifalarini aniqlash; ishchi
farazni ishlab chiqish; dasturni ishlab chiqish jarayonida kompyuter
texnikasidan foydalanish kabilar kiradi.
Sotsiologik tadqiqot dasturi ichki tuzilishi jihatidan quyidagi qismlardan
iborat bo’ladi:
1. Nazariy - metodologik qism. 
1.1. Sotsiologik muammoni ishlab chiqish, tadqiqot maqsadi va vazifasini
belgilash.


1.2. Tadqiqot ob’ekti va predmetini belgilash.


1.3. Asosiy tushunchalarni ishlab chiqish.
1.4. Tadqiqot predmetining dastlabki taxminiy tahlili.
1.5. Ishchi farazni ishlab chiqish.
2. Amaliy sotsiologik tadqiqotni ish jarayoni qismi: 
2.1. Tadqiqotning umumiy rejasi.
2.2. Asosiy amaliy ish jarayonlari.
2.3. Tanlov ishlari.
2.4. Dastlabki olingan sotsiologik ma’lumotlarni tahlil qilish usullarining tasnifi.
2.5. Tadqiqot natijalarini umumlashtirish nazarda tutilgan yo’nalishlar.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling