Ijtimoiy antropologiya


Download 0.54 Mb.
bet43/100
Sana30.10.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1733996
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   100
Bog'liq
Ijtimoiy antropologiya-fayllar.org

3. Xulosa qismi. 
3.1. Tadqiqot natijalarining mazmunan tasnifi.
3.2. Buyurtmachiga tadqiqot natijalarini taqdim qilish shakllari (asosiy
xulosalardan iborat hisobot, amaliy takliflar, tavsiyalar va tadbirlardan iborat).
Tadqiqotning maqsad va vazifasi. Dasturning ushbu qismida sotsiologik
tadqiqot buyurtmachi va bajaruvchilar o’rtasidagi munosabat o’zaro kelishib
olinadi. Tadqiqot uchun sarf qilinadigan xarajatlar: moliyaviy mehnat resurslari
hisoblab chiqiladi.
Sotsiologik tadqiqot maqsadi turlicha bo’lishi mumkin. Masalan,
muayyan ishlab chiqarish korxonasida mehnat unumdorligini ko’tarish
muammosini sotsiologik tadqiqot qilish zarur bo’lsa, bunda asosiy maqsad
mehnat unumdorligi pastligining asosiy sabablarini aniqlash, mavjud yashirin
iqtisodiy imkoniyatlarni qidirib topish va mavjud shart-sharoitni o’zgartirishdan
iborat.
Tadqiqot ob’ekti va predmeti. 
Tadqiqot predmeti mavjud sotsiologik muammoning asosiy masalalaridan
biri hisoblanadi. Bir xil muammoli holatda yagona empirik tadqiqot ob’ekti
bo’yicha tadqiqot predmeti bo’ladigan bir necha yo’nalishlar bo’lishi mumkin.
Boshqacha qilib aytganda, tadqiqot predmeti shakllanganda, mavjud muammoni
echish yo’llari bo’yicha ilmiy faraz tuziladi, shu bilan birga, sotsiologik tadqiqot
o’tkazish usullari va shakllariga ta’rif beriladi.
Sotsiologik tadqiqot ob’ekti deganda, sotsiologik yo’naltirilgan ijtimoiy
hodisa, jarayon va tuzilmalar tushuniladi. Har qanday sotsiologik tadqiqot
ob’ekti tizimli xususiyatiga, asosan vaqt, makoniy imkoniyat va miqdoriy
o’lchov chegarasiga ega bo’ladi. Empirik sotsiologik tadqiqot dasturining
nazariy-uslubiy darajasida tadqiqot ob’ektini tanlash muhim ahamiyatga ega.
Hal qilinishi zarur bo’lgan muammo harakteri, uning dolzarbligi, tadqiqot
maqsadi va vazifasi tadqiqot ob’ektining qanday bo’lishligini belgilaydi. Agar
tadqiqot ob’ekting unchalik katta bo’lmasa, sotsiologik jihatdan uni to’laligicha
qamrab olish imkoniyati bo’lsa, bir butun holda tadqiqot ob’ekti qilib olinishi
mumkin. Ba’zan esa murakkab sotsiologik tadqiqot olib borish yoki tadqiqot
ob’ektini to’laligicha qamrab olish imkoniyati bo’lmaydi. Shuning uchun


bunday vaziyatda tadqiqot ob’ektining nisbatan aniq chegarasi belgilab olinishi


shart.
Ilmiy muammo ob’ektini sistemali tahlil etish tadqiqotchi uchun 3 faoliyat
yo’nalishini ochib beradi. Ular:
1) Tadqiqot predmetini aniqlab olish.
2) Asosiy tushunchalarni ajratib olish va ularga izoh berish.
3) Tadqiqot uchun ish gepotezasini yaratishdir.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling