Ijtimoiy antropologiya
O‘quv fani o’qitilishi bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar
Download 0.54 Mb.
|
Ijtimoiy antropologiya-fayllar.org
1. O‘quv fani o’qitilishi bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar
Ushbu fan milliy-madaniy makon hamda sotsial soha muassasalarini sotsial- loyihaviy ob’ekt sifatida turli milliy, jinsiy, yosh bilan bog‘liq va ijtimoiy-sinfiy guruhlarning o‘ziga xos yashash xususiyatlarini ochib beradi. Jamiyat taraqqiyoti va barqarorlikni ta’minlashda aloxida o‘rin egallaydi. Ijtimoiy antropologiya jamiyatning sotsial negizi, tarkibiy qismlari, sotsioantropologik qonunlar va kategoriyalar, sotsiomadaniy xodisa va jarayonlarning moxiyati, soxaga oid tizim va ularning amal qilish qonuniyatlari kabi masalalarni qamrab oladi. Jamiyatda mavjud ijtimoiy qonunlarni bilish va ularning amal qilishiga ongli munosabatda bo‘lish, mamlakatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish jarayonlarining moxiyatini tushunishda talabalarni zarur bo‘lgan bilimlar bilai ta’minlaydi. “Ijtimony antropologiya” fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs xisoblanib, birinchi kursda o‘qitilishi maqsadga muvofiq. “Ijtimoiy antropologiya” fani sotsiologiya va psixologiya fanlar turkumiga kiradi va gumanitar yo‘nalishlardagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida ham o‘qigiladi. Mazkur fan boshqa ijtimoiy fanlarning nazariy va uslubiy asosini tashkil qilib, o‘z rivojida aniq yo‘nalishdagi sotsiologiyaga oid bilim soxasidagi fanlar uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarga ijgimoiy antropologik bilimlarning nazariy asoslari, fanning asosiy tushunchalari va kategoriyalarini, sotsiomadaniy qonun va tamoyillarini o‘rgatish hamda ularni amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini xosil qilishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalalar, iqtisodiy xodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling