Ijtimoiy fanlar” kafedrasi “falsafa” fanidan mustaqil ish


Download 136.35 Kb.
Sana08.04.2023
Hajmi136.35 Kb.
#1341874
Bog'liq
Falsafa




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

IJTIMOIY FANLAR” KAFEDRASI


FALSAFA” FANIDAN
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Umumiy va jamlovchi tushunchalar qaysi jihatlarga ko'ra farqlanadi
Bajardi: Abdullayev Jasurbek Xamidullo o'g'lii
Kechki ta’lim va magistratura fakulteti KI-71 guruh


TOSHKENT-2023
Reja:
1.Tushuncha tafakkur shakllaridan biri sifatida
2.Tushunchaning turlari va ular o‘rtasidagi munosabatlar
3.Umumiy va jamlovchilar tushunlar farqi

1.Tushuncha tafakkur shakllaridan biri sifatida


Inson tushunchalar vositasida fikrlaydi va o‘zaro munosabatda aynan shu tushunchalar orqali bir-biri bilan muloqotda bo‘ladi. Insonning dunyo va dunyo qonunlarining mohiyatini bilishi kundalik ong darajasidagi tushunchalar va ilmiy tushunchalar – kategoriyalar shaklida namoyon bo‘ladi.

Tushuncha moddiy dunyodagi narsa, hodisalarning umumiy va muhim belgilari hamda xususiyatlarining inson miyasida aks ettirilishi asosida paydo bo‘ladi.


Tushuncha tafakkur shakllaridan biri sifatida insonning oddiy hissiy bilish shakllari – sezgi, idrok va tasavvurdan farq qiladi. Sezgi – predmetlardagi ayrim jihatlar (rang, ta’m, hid va boshqalar)ning inson ongidagi aksidir, idrok esa predmetlarning inson miyasida to‘la, yaxlit holda in’ikos etishidir. Tasavvurda inson oldindan idrok qilgan holatlarning obrazlarini ko‘z oldida tiklaydi. Demak, ko‘rib turganimizdek sezgi, idrok, tasavvur kabi hissiy bilishning shakllari bevosita hamda ko‘rgazmalikka asoslanar ekan.
Tushunchada esa muayyan bir guruh predmetlarga xos bo‘lgan muhim va zaruriy belgilar umumlashtiriladi, natijada insonning tafakkurida alohida bir xususiyatga, ya’ni shakl, rang va boshqa belgilarga ega bo‘lgan aniq bir predmet – stol yoki stul emas, balki ularning umumiy obrazi shakllanadi.

Tushuncha bir-biriga o‘xshash narsa va hodisalarning umumiy hamda muhim tomonlarini ongimizda aks ettiradi. Chunki shu belgilar predmetning mohiyatini ko‘rsatadi.


Tushunchaning belgilari deganda nima tushuniladi?

Agar narsa-hodisalar biron jihati bilan bir-biriga o‘xshash yoki farqli bo‘lsa, shu o‘xshashlik yoki tafovut narsa va hodisalarning belgisi deb aytiladi. Biz ongimizda aks etgan narsa va hodisalarning belgisini


«tushunchaning belgisi» deb ataymiz.


Narsa va hodisalarning belgilari juda ko‘p. Ular predmetga bo‘lgan ahamiyati nuqtai nazaridan muhim va nomuhim belgilarga bo‘linadi.


Narsa va hodisalarning ma’lum nisbatda olinganida tub xususiyatlarini ifodalovchi belgi «muhim belgi» deb ataladi.


Predmetlarning mavjudlik mohiyatiga ta’sir qilmaydigan xususiyatlarini ifodalovchi belgi «nomuhim belgi» deb ataladi.

Belgilarni muhim va nomuhim belgilarga ajratish nisbiydir. Chunki bu holat insonning faoliyati va tajribasiga bog‘liq hamda o‘zgaruvchandir. Inson bilim doirasiga binoan o‘zgarib boradi. Muhim belgi nomuhimga, nomuhimdan muhimga o‘tib boradi. Demak, tushunchada narsa va hodisalarning birinchidan, eng umumiy va ikkinchidan, muhim belgilari ifodalanar ekan.


Narsa va hodisalarning umumiy, muhim, o‘ziga xos belgilarini insonning ongida yaxlit aks ettiruvchi tafakkur shakli «tushuncha deyiladi.


Tushuncha haqida dastlabki tasavvurga ega bo‘lganimizdan so‘ng uning shakllanishi asoslarini, boshqacha aytganda, tushuncha shakllanishining mantiqiy usullarini bilishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tushunchaning shakllanishida taqqoslash, analiz, sintez, mavhumlashtirish va umumlashtirish kabi mantiqiy usullar muhim rol o‘ynaydi.
Muayyan narsa haqida tushuncha hosil qilish uchun dastlab ushbu predmetning boshqalar bilan o‘xshashligi yoki farqini aniqlash lozim. Aynan shu vazifani bajaruvchi mantiqiy usul «taqqoslash» hisoblanadi.

Tushunchani hosil qilishda foydalaniladigan yana bir muhim mantiqiy usul bu analiz va sintez. Tafakkurda analiz va sintez mavhum tushunchalar yordamida amalga oshiriladi va bunday tushunchalarni vujudga keltirishda asosiy usullardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Bilishda u – taqqoslash, mavhumlashtirish va umumiylashtirish usullari bilan bog‘lab qo‘llaniladi.


Mantiqiy analiz – tadqiq etuvchi obyektni tarkibiy qismlarga ajratib o‘rganish. Ma’lumki, obyektiv voqelik nihoyatda murakkab bo‘lib, u aniq narsa va hodisalardan tashkil topadi. Ular esa o‘z navbatida xilma-xil xususiyat va sifatlarga ega. Bunday hodisa va narsalarni bilish va ular to‘g‘risidagi bilimlarimizni chuqurlashtirish uchun bu murakkab narsalarni tarkibiy qism, element hamda bo‘laklarga fikran ajratish, ya’ni analiz qilish zarur.

Masalan, tergovchi jinoyatning mohiyatiga yetish uchun uni turli xil versiya (taxmin)lar asosida tahlil qilib ko‘radi. Jinoyat joyini ko‘zdan kechiradi, guvohlar bilan ishlaydi, har bir harakatni o‘z fikrlarida qaytadan tiklaydi. Bunda fikriy tahlil amaliy tahlil bilan bog‘liq bo‘ladi. Lekin analiz fikrlash jarayonida alohida uchramaydi, u har doim sintez bilan birgalikda, u bilan bog‘liq holda keladi.


Sintez – analiz yordamida butunning bo‘laklarga ajratilgan qismlari, elementlarini yana fikran to‘plab, yaxlit holda o‘rganish. Bir obyektni o‘rganish jarayonida uni avvalo bo‘laklarga ajratib, so‘ng bu bo‘laklarni yana bir butunga to‘playmiz. Bunda sintez bevosita amaliy sintez bilan bog‘liq holda amalga oshiriladi.

Masalan, tergovchi jinoyat sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirayotganda, dastlab turli xil dalillarni guruhlarga ajratadi (tahlil qiladi), so‘ng bu ma’lumotlarni yig‘ib, sintez qiladi. Sintezlashtirish jarayonida fikr yakkadan umumiyga, qismdan butunga, konkretdan abstraktga boradi. Sintez analiz (tahlil)ga asoslanadi va bilishda tushunchalarning vujudga kelishini yakunlaydi.


Tushunchaning vujudga kelishi, umuman obyektiv reallikdagi narsa va hodisalar hamda ularning xususiyatlarini tafakkurda aks ettirishning eng muhim xususiyatlaridan biri bu abstraksiyalash, ya’ni mavhumlashtirishdir.


Mavhumlashtirish – obyektiv reallikdagi narsa-hodisalarni ikkinchi darajali, muhim bo‘lmagan alohida xususiyatlaridan uzoqlashib, mavhumlashtirish yordamida ularning eng muhim, asosiy va umumiy tomonlarini aniqlash. Olamni ilmiy o‘rganishda hodisalarning ichki mohiyatini ochish va ular haqida to‘g‘ri ilmiy xulosalar chiqarish uchun mavhumlashtirishning ahamiyati juda katta. Mavhumlashtirish bu fikrlash qobiliyatidir. O‘quvchini mavhumlashtirishga o‘rgatish uning ilm-fanni egallash, konkret hodisalarning umumiy tomonlarini bila olishi uchun juda muhim ahamiyatga ega. Ilmiy mavhumlashtirish predmetlarning konkret belgilaridan uzoqlashgan holda ularni chuqurroq bilishga xizmat qiladi. Ilm-fan ilmiy abstraksiyalarga asoslanadi.
Mavhumlashtirish usuli fikrni umumlashtirish bilan uzviy bog‘liqdir. Umumlashtirish – narsa va hodisalarning o‘xshash hamda muhim belgi yoki xususiyatlarining bog‘lanishlarini fikrda muayyan tushunchaga birlashtirish jarayoni va uning natijasidir. Umumlashtirish – ilmiy bilishning muhim vositalaridan biri.

Fikr umumlashtirishda xususiylikdan umumiylikka, turdan jinsga qarab harakat qiladi hamda umumiylik narsa-hodisalarning muqarrar o‘xshash va muhim belgilari sifatida olib qaraladi. Demak, tushunchalarni hosil qilishda taqqoslash, analiz-sintez, mavhumlashtirish va umumlashtirish mantiqiy usullari katta ahamiyatga ega ekan.


Predmetlarning turkumlarini ajratish va bu predmetlarni T. da umumlashtirish tabiat krnunlarini bilishning zarur shartidir. Har bir fan muayyan T.lar bilan ish koʻradi, ularda bilimlar jamlanadi. T. hissiy bilish shakllaridan farq qilib, inson miyasida toʻgʻridantoʻgʻri aks etmaydi. U taqqoslash, analiz, sintez, abstraksiyalash, umumlashtirish kabi mantiqiy usullardan foydalangan holda hosil qilinadi. T. ning shakllanishi soʻz bilan bogʻliq. Ular oʻrtasidagi uzviy aloqadorlik tafakkur va til oʻrtasidagi bogʻlanishning aniq tarzda namoyon boʻlishidir. T.lar soʻz va soʻz birikmalari yordamida ifoda qilinadi. Har qanday T. — abstraksiyadan iboratdir, bu hol T.da voqelikdan uzoklashgandek tuyulsada, haqiqatda esa T. yordamida voqelikning muhim tomonlarini ajratib, tadqiq qilish yoʻli bilan chuqurroq bilib olinadi. T. larning oʻzaro aloqadorligi va bir-biriga oʻtib turishi dialektik mantiqning tushuncha haqidagi qoidasining muhim tomonlaridan biridir.
Ilmiy va amaliy faoliyat davomida har doim muhokamada ishtirok etuvchi tushunchalarni mazmuni va mohiyatini ochish ehtiyoji paydo bo’ladi. Tushunchaning mazmunini ochishga qaratilgan mantiqiy amal tushunchani ta'riflash (definitsiya) deyiladi. Tushunchalarni ta'riflash aniqlanuvchi, ya'ni mazmuni ochib berilishi lozim bo’lgan tushuncha hamda aniqlovchi – aniqlanuvchi tushunchaning mazmunini ochib beruvchi tushunchalardan iborat bo’lgan qismlardan tashkil topadi. Masalan: “O’zbekiston Markaziy Osiyoda joylashgan suveren respublika”. Bunda “O’zbekiston ” aniqlanuvchi qism, “Markaziy Osiyoda joylashgan suveren respublika” esa aniqlovchi qism hisoblanadi.
2.Tushunchaning turlari va ular o‘rtasidagi munosabatlar
Tushunchaning turlari haqida gapirishdan oldin ularni turlarga bo‘lishning eng asosiy mezoni bo‘lmish tushunchalarning hajmi va mazmuni haqida tasavvur hosil qilishimiz lozim. Tushunchaning hajmi va mazmuni uning mantiqiy tarkibini tashkil qiladi.

Tushunchaning hajmi deb, uning mohiyatini tashkil etuvchi predmetlarning yig‘indisiga aytiladi.


Tushuncha o‘zida bir turkumga mansub narsa va hodisalarni birlashtiradi. Masalan, «inson», «yulduz», «jinoyat» tushunchalari. Bularning har biridan o‘z hajmiga bog‘liq bo‘lgan boshqa tushunchalar doirasida ham foydalanish mumkin. Jumladan, «inson» tushunchasida o‘tgan, hozir va kelajakda mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha odamlar haqidagi bilimlar mujassamlashtiriladi.


Yuqorida ta’kidlaganimizdek, tushunchaning mantiqiy tuzilishi bir tomondan uning hajmi bilan ifodalansa, ikkinchi tomondan mazmuni bilan ifodalanadi.

Narsa va hodisalarning tushunchada aks etgan muhim belgilarining yig‘indisiga tushunchaning mazmuni deyiladi. Ta’riflardan ko‘rinib turibdiki, tushunchaning mazmuni, unda ifodalanishi mumkin bo‘lgan barcha muhim belgilarni aks ettirar ekan. Masalan, «ziyoli o‘qituvchi».


«Ziyoli» tushunchasi o‘zida madaniyat, ilm, ma’naviyat sohibini gavdalantiradi.


Tushuncha hajm va mazmun birligidan iborat. Shuning uchun hajmsiz mazmunli, mazmunsiz hajmli tushunchalar bo‘lmaydi.


Tushunchalarning hajmi va mazmuni o‘rtasidagi munosabat shakl va mazmun o‘rtasidagi o‘zaro teskari nisbat qonunidagidek namoyon bo‘ladi. Ya’ni, tushunchalar hajmining kengayishi ular mazmunining mavhumlashuviga, hajmning qisqarishi mazmunning boyishiga olib keladi.

Masalan, «jinoyat» iborasining hajmi keng, mazmunini ifodalovchi muhim belgilari ham nisbatan mavhum.


«O‘g‘rilik» so‘zi hajm jihatidan jinoyatdan torroq, lekin mazmunan


boy.
Mazkur teskari nisbat qonuni hamma tushunchalarda emas, balki


ba’zi turdagi tushunchalarda namoyon bo‘ladi. Buyumlarni umumiy belgilarga qarab ajratish tushunchalarni turga ajratishdir. Tushunchada ifodalangan hodisalar guruhi hajm jihatidan munosabatlariga qarab jins va tur guruhlariga bo‘linadi. Jins turga nisbatan keng bo‘ladi.Demak, narsa va hodisalar bir xildagi jins va tur guruhlariga oid bo‘lgandagina ularning o‘rtasidagi hajm va mazmun munosabatlarining teskari aloqadorligini ko‘rishimiz mumkin. Aks holda, bu munosabat amalga oshmaydi. Masalan, «uy» tushunchasining hajmi qanchalik kengaymasin, «poeziya» tushunchasi torayib qolmaydi yoki aksincha.


Mazkur teskari nisbat qonuni hamma tushunchalarda emas, balki

ba’zi turdagi tushunchalarda namoyon bo‘ladi. Buyumlarni umumiy belgilarga qarab ajratish tushunchalarni turga ajratishdir. Tushunchada ifodalangan hodisalar guruhi hajm jihatidan munosabatlariga qarab jins va tur guruhlariga bo‘linadi. Jins turga nisbatan keng bo‘ladi.Demak, narsa va hodisalar bir xildagi jins va tur guruhlariga oid bo‘lgandagina ularning o‘rtasidagi hajm va mazmun munosabatlarining teskari aloqadorligini ko‘rishimiz mumkin. Aks holda, bu munosabat amalga oshmaydi. Masalan, «uy» tushunchasining hajmi qanchalik kengaymasin, «poeziya» tushunchasi torayib qolmaydi yoki aksincha.


Hajm va mazmun tushunchani turlarga bo‘lishning eng asosiy mezoni hisoblanadi. Mazkur mezonga binoan tushuncha muayyan turlarga bo‘linadi.

Tushunchalar hajmiga ko‘ra, nol (bo‘sh), yakka, umumiy chegaralangan yoki umumiy chegaralanmagan tushunchalarga bo‘linadi.


Nol tushunchalar – insoniyat tajribasida uchramagan, fanda qayd etilmagan narsa va hodisalarni ifodalovchi hajmsiz tushunchalar. Masalan, shayton, ajina, farishta va boshqalar.


Yakka tushunchalar ayrim, alohida predmet, hodisa va jarayonlarning umumiy va muhim tomonlarini aks ettiradi. Masalan, Sirdaryo, General Rahimov, Samarqand shahri va boshqalar.


Umumiy tushunchalar – bir yoki bir necha guruh narsa va hodisalarning muhim, umumiy tomonlarini aks ettiruvchi tushunchalardir. Masalan, yulduz, fabrika, jinoyat, jamiyat.

Umumiy tushuncha bilan yakka tushunchalar orasida jamlovchi yoki boshqacha aytganda, to‘planma tushunchalar alohida o‘rin egallaydi.


To‘planma tushunchalar – bir to‘plam, bir guruh predmetlarning butun, yaxlit holatda aks etishi. Masalan, xalq – kishilarning to‘plami, militsiya – ichki ishlar organlari xodimlarining to‘plami, armiya – askarlarning hamda harbiylarning to‘plami. Lekin askar va odam tushunchalari to‘planma emas. Chunki bu tushunchalar to‘plamni emas, balki bir guruh predmetlarni aks ettiradi.


Tushunchani bo’lish deb unda aks etgan predmetlarni hajmini fikran ayrim guruhlarga ajratish orqali ularni aniqlashga aytiladi. Bo’lish tarkibi bo’linuvchi tushuncha (hajmi aniqlanuvchi tushuncha), bo’lish asosi (predmetning tushunchada fikr qilinadigan birorta umumiy belgisi) va bo’lish a'zolaridan (bo’lish natijasida hosil qilinadigan tur tushunchalardan) tashkil topgan. Bo’linuvchi tushuncha – jins tushuncha, bo’lish a'zolari – tur tushuncha bo’ladi. Masalan, “Ta'lim tizimi (bo’linuvchi tushuncha) bosqichiga (bo’lish asosi) maktabgacha ta'lim, o’rta ta'lim, o’rta maxsus ta'lim, oliy ta'lim, oliy ta'limdan keyingi ta'lim (bo’lish a'zolari)ga kiradi”.

Bo’lishning ikkita turi mavjud: 1) asos bo’lgan belgining o’zgarishiga qarab bo’lish va 2) dixotomik bo’lish.


Asos bo’lgan belgining o’zgarishiga qarab bo’lishda bo’linuvchi tushunchaning ma'lum bir belgisi asos qilib olinadi va uning o’zgarishlariga qarab tushuncha uni tashkil etgan predmetlar guruhiga ajratilib chiqiladi. Masalan, “Tushunchalar hajmiga ko’ra yakka, umumiy, ayiruvchi, to’plovchi, chegaralangan va chegaralanmaganga bo’linadi”.

Dixotomik bo’lishda bo’linuvchi tushuncha o’zaro zid bo’lgan ikkita tur tushunchaga ajratiladi. Masalan: “o’quvchilar” “a'lochi” va “a'lochi emas”larga ajratiladi. Dixotomik bo’lishda bo’linuvchi tushunchaning barcha turlari ko’rsatib o’tilmasdan, kerakligi ajratiladi va qolganlari zid bo’lgan tushunchaga birlashtiriladi. Lekin bunda inkor tushunchaning hajmi noaniq bo’ladi.


Umumiy tushunchalar orasida universal sinfga teng hajmli tushunchalar alohida ajralib turadi, ya'ni. ma'lum bir bilim sohasida yoki berilgan fikrlash doirasida ko'rib chiqiladigan barcha mavzularni o'z ichiga olgan sinf (bu tushunchalar universal deb ataladi). Misol uchun, butun sonlar- arifmetikada, o'simliklarda - botanikada va boshqalar.

Umumiy va yagona tushunchalardan tashqari, bo'sh tushunchalar (nol hajmli) hajmi bo'yicha farqlanadi, ya'ni hajmi bo'sh sinfni ifodalovchi (masalan, "abadiy harakat mashinasi", "300 yil yashagan odam", " Qorqiz", "Qorbobo", ertaklar, ertaklar va boshqalar qahramonlari).


Maxsusob'ektlarning bir elementli yoki ko'p elementli sinflarini (ham moddiy, ham ideal) aks ettiruvchi tushunchalar deyiladi. Bular jumlasiga «maktab», «opera», «Iskandar Zulqarnayn», «zilzila» kabi tushunchalar kiradi.

Konkret - bular ob'ekt yoki ob'ektlar to'plami mustaqil mavjud bo'lgan narsa sifatida tasavvur qilinadigan tushunchalar: "akademiya", "talaba", "ro.


3.Umumiy va jamlovchi tushunchalar farqi

Agar biz ularni uzluksiz birlashtirib, umumlashtirib, til vositasida tuzatmasak, har soat, har daqiqa, har soniya boshimizdan o‘tayotgan taassurotlarning ko‘pligiga bardosh bera olmasdik. Generalni ochib berish uchun uni xira qiladigan, parda qiladigan, ba’zan esa buzib ko‘rsatadigan narsalardan mavhumlash kerak. Ilmiy umumlashtirish - bu o'xshash xususiyatlarni tanlash va sintez qilish emas, balki narsaning mohiyatiga kirib borish: birlikni xilma-xillikda, umumiyni birlikda, muntazamni tasodifiy idrok etish.


Umumiyroqdan kamroq umumiylikka aqliy o'tish chegaralanish jarayonidir. Umumlashtirishsiz nazariya yo'q. Nazariya uni amaliyotda yechimga tatbiq etish maqsadida yaratilgan aniq vazifalar. Masalan, ob'ektlarni o'lchash, texnik tuzilmalarni yaratish uchun umumiyroqdan kamroq umumiy va individualga o'tish doimo zarur, ya'ni cheklash jarayoni doimo zarurdir.


"Beton" atamasi ikki ma'noda qo'llaniladi. Birinchidan, to'g'ridan-to'g'ri berilgan, hissiy jihatdan idrok etilgan va ifodalangan butunlik sifatida. Ikkinchidan, nazariy tafakkurda konkret narsa, hodisalarning muhim aloqalari va munosabatlarini, ko‘p jihatdan birligini ochib beruvchi ilmiy ta’riflar tizimi vazifasini o‘taydi.


Agar dastlab konkret narsa sub'ektga butun ob'ektning "tasvirda aylanib yuruvchi" hissiy vizual tasviri shaklida berilsa, aqliy jihatdan hali bo'linmagan va uning muntazam aloqalari va vositachiligida tushunarsiz bo'lsa, u holda nazariy fikrlash darajasida. konkret ichki tabaqalashtirilgan butunlik vazifasini bajaradi, uning ziddiyatlarida tushuniladi. Agar sezgi-konkret hodisalarning zaif aks etishi bo'lsa, tafakkurdagi konkret yanada boyroq, zaruriy bilimdir. Konkret bilish jarayonining momentlaridan biri sifatida mavhumga qarama-qarshi qo`yiladi va unga nisbatan idrok qilinadi. Abstraktsiya ko'pincha hissiy vizualdan farqli ravishda "aqliy", "kontseptual" narsa sifatida tushuniladi. Abstrakt ham bir yoqlama, kambag'al, to'liq bo'lmagan, butunning bog'lanishidan mavhumlashgan narsa - xususiyat, munosabat, shakl va hokazo deb hisoblanadi. Va bu ma'noda nafaqat tushuncha mavhum, balki eng vizual tasvir, masalan, har qanday sxema, chizma, stilizatsiya, belgi bo'lishi mumkin. Bilim ham mavhumdirki, u go‘yo voqelikning poklangan, sayqallangan parchasini va demak, kechki ovqatni aks ettiradi. Mavhumlik hodisasi qarama-qarshidir: u bir yoqlama, hayotdan titrayotgan hodisadan ajralgan, ammo bu konkret, haAbstraktsiya - integral ob'ektlarning o'ziga xos "parchalanishi". Bizning tafakkurimiz esa bunday “bo‘laklar” bilan ishlaydi. Shaxsiy mavhumlikdan fikr doimiy ravishda aniqlikni tiklashga qaytadi, lekin allaqachon yangi, ko'proq. yuqori darajada asoslangan. Bu xilma-xillikda birlikni aks ettiruvchi tushunchalar, kategoriyalar, nazariyalarning konkretligi.

Bu mavhumlikdan konkretlikka ko'tarilish usulining mohiyatidir. Bu nuqtai nazardan mavhumlik jarayoni o'ziga xos printsipni amalga oshirish vazifasini bajaradi: aniqroq urish uchun uzoqlashing. Voqelikni bilish dialektikasi shundan iboratki, mavhumlik “qanotlarida” bu hissiy voqelikdan “uchib ketib”, aniq nazariy tafakkur balandligidan o'rganilayotgan ob'ektning mohiyatini "tadqiq qilish" yaxshiroqdir. . Bu tarix va mantiq ilmiy bilim. Mavhumlik bilan uzviy bog'liqlikda olingan konkretlik printsipi tabiiy va ijtimoiy hayot faktlariga ular bilan emas, balki yondashishni talab qiladi. umumiy formulalar va diagrammalar, lekin bilish ob'ekti joylashgan barcha real sharoitlarni to'g'ri hisobga olgan holda, uning asosiy, muhim xususiyatlarini, aloqalarini, boshqa tomonlarini belgilovchi tendentsiyalarni ajratib ko'rsatish.yot bilan toʻldirilgan faktni bilimavhum(lot. abstractio — chalgʻitish) — butunning tomoni, qismi, bir tomonlama, sodda, rivojlanmagan; beton(lot. siqilgan, birlashtirilgan) - ko'p tomonlama, murakkab, rivojlangan, yaxlit.


Bilimning aniq yoki mavhum deb ta'rifi nisbiydir va faqat bir xil voqelik bilan bog'liq bo'lgan ikkita bilimni solishtirganda ma'noga ega. Borgan sari aniqroq bilim olish tadqiqotning maqsadidir. Tadqiqot usuli sifatida mavhumdan konkretlikka ko'tarilish faqat organik bog'lanishlar tizimi sifatida ifodalangan butunni o'rganish uchun qo'llaniladi. Bu holda birinchi qadam asosiy yoki boshlang'ich bog'lanishni tanlash va uni boshqa muhim bog'lanishlardan mavhumlash - ajratish - o'rganishdir. Bog'lanishlarni keyingi o'rganish - o'rganilayotgan mavzuni konkretlashtirish endi alohida holda emas, balki oldingi tahlil natijalarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Tahlil qilishda ishtirok etuvchi bog'lanishlarni hisobga olish usuli va ketma-ketligi har doim o'rganilayotgan mavzuning o'ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi.


Maxsus tushunchalar - bular integral ob'ektlarni yoki ularning mustaqillikka ega bo'lgan sinflarini bildiruvchi tushunchalardir. Ob'ektlarni, jarayonlarni, hodisalarni aks ettiring: narsalar "stol", tirik mavjudotlar "inson", fantaziya mahsulotlari "kentavr", ishlanmalar "urush", tabiat hodisalari "zilzila". Rus tilida ma'lum tushunchalarni ifodalovchi so'zlar, qoida tariqasida, ko'plikda ishlatilishi mumkin: olmos, eman, advokatlar, portlashlar, urushlar. Belgilarni (hajm) aniqlash qiyin emas. Semantik ma'noni tashkil etuvchi xususiyatlar majmui ma'lum bo'lsa, u holda bu xususiyatlarga ega bo'lgan ob'ektlarni ko'rsatish mumkin.


mavhum tushunchalar - Bular ob'ektlardan mavhum bo'lgan, mustaqil ob'ektlar sifatida tasavvur qilinadigan xususiyatlar yoki munosabatlarni bildiruvchi tushunchalardir. Ya'ni, biz ob'ektning o'zi haqida emas, balki alohida olingan biron bir belgi haqida o'ylaymiz. Ob'ektlarning xususiyatlari yoki ob'ektlar orasidagi munosabatlar mustaqil ravishda, bu ob'ektlarsiz mavjud emas. Xususiyatlari: "qattiqlik"(olmos), "chidamlilik"(eman), "kompetentlik"(yurist) "ko'k"(dengizlar); munosabatlar: " tenglik"(ayollar va erkaklar), ijtimoiy sheriklik"(xodimlar va ish beruvchilar o'rtasida) fuqarolik"(shaxsning davlat bilan o'zaro huquq va majburiyatlari yig'indisida ifodalangan barqaror huquqiy munosabatlari)" do'stlik"(odamlar o'rtasida). Rus tilida mavhum tushunchalarni ifodalovchi so'zlar ko'plikka ega emas: ular aytmaydilar: "Olmosning qattiqligi juda ko'p" yoki “Eman juda chidamlilikka ega", lekin – Advokatda ko‘plab mAniq tushunchalarni yakka tushunchalar bilan, mavhum tushunchalarni umumiy tushunchalar bilan aralashtirib yubormaslik kerak. Umumiy tushunchalar ham aniq, ham mavhum bo'lishi mumkin: "vositachi"- umumiy, maxsus; lekin "vositachilik» - umumiy, mavhum. Bitta tushuncha mavhum bo'lishi mumkin: "Birlashgan Millatlar Tashkiloti"- bitta, beton; "Kapitan Gastelloning jasorati" yagona, mavhum.


Aniq tushunchalarning belgilarini aniqlash qiyin emas, agar semantik ma'noni tashkil etuvchi belgilar majmui ma'lum bo'lsa, u holda siz ushbu tushunchani bildiradigan ob'ektlarni ko'rsatishingiz mumkin. Ammo mavhum tushunchalar bilan hamma narsa boshqacha, ular bilan ifodalangan narsa mavjud emas moddiy shakl, ular semantik ma'noga ega bo'lib, ob'ektiv ma'noga ega emas. Mavhum tushunchaning mazmuni u bildiradigan xususiyat yoki munosabat, hajm esa bu xususiyatga ega bo'lgan ob'ektlar yig'indisi yoki o'rtasida ma'lum munosabat mavjud bo'lgan ob'ektlar yig'indisi deb hisoblanadi. Shuning uchun qorning oqligi va dasturxonning oqligi kontseptsiyaning belgisi sifatida qabul qilinishi kerak "oq", va X va Y qiymatlarining tengligi va mamlakat fuqarolarining qonun oldida tengligi - kontseptsiyaning belgisi sifatida "tenglik".alakalar mavjud.sh yoʻlidagi zarur qadamdir.


Aniq tushunchalarni yakka tushunchalar bilan, mavhum tushunchalarni umumiy tushunchalar bilan aralashtirib yubormaslik kerak. Umumiy tushunchalar ham aniq, ham mavhum bo'lishi mumkin: "vositachi"- umumiy, maxsus; lekin "vositachilik» - umumiy, mavhum. Bitta tushuncha mavhum bo'lishi mumkin: "Birlashgan Millatlar Tashkiloti"- bitta, beton; "Kapitan Gastelloning jasorati" yagona, mavhum.

Induktiv fikrlashdagi mantiqiy xatolar


Bu quyidagi keng tarqalgan xatolarga yo'l qo'ymaslik orqali xulosa chiqarish ehtimolini oshiradi: "shoshilinch umumlashtirish" va "bundan keyin, shuning uchun shuning uchun." "Shoshilinch umumlashmalar"

Analogiya turlari


Atributiv analogiya Analogiya bo'yicha xulosalar - ma'lumotni bir ob'ektdan (modeldan) boshqasiga (prototip, namunaga) o'tkazish. Idrok jarayonida model o‘rinbosar vazifasini bajaradi

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:


1.Shermuhamedova N.A.Fan falsafasi. -T.Universitet,2017
2.Falsafa qomusiy lug'at T.2010
3.G'arb falsafasi.Nazarov Q. tahriri ostida. T.2005
4.To'ychiyev B.Sotsionolnaya filosofiya-T.2009
5.Abdulla Sher.Etika.- T.2010
Download 136.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling