Ijtimoiy fanlar” kafedrasi «kasbiy psixologiya» fanidan


Download 6 Mb.
bet15/91
Sana18.11.2023
Hajmi6 Mb.
#1783650
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   91
Bog'liq
2021 Касбий психологияси УМК333

Bixeviorizm yo’nalishi- AQShda E.Torndayk, D.Uotson kabi olimlar dastlab hayvonlarda keyinroq odamlar xulqini o’rganish asosida xulq- atvor psixologiyasini yaratdilar. Bixeviorizmning formulasi SR (Stimul-Reaksiya) tasirga javob berishdan iboratdir.
Bixeviorizm yo’nalishlari doirasida o’tkazilgan ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar avvalo amerikalik olimlar K.Xoll va V.Skinnerlar nomi bilan bog’liq. Ular va ularning izdoshlari hisoblangan K.Miller, D.Dollard, J.Tibo, G.Kelli va boshqalar diada – ikki kishi o’rtasidagi munosabatlarning xilma-xil eksperimental ko’rinishlarini tadqiq qilib, ularda matematik o’yin nazariyasi elementlarini kuzatdilar.
21-rasm



Klassik bixeviorizmdan farqli o’laroq ijtimoiy-psixologik bixevioristlar hayvonlar o’rniga laboratoriyaga naqd pulga odamlarni taklif eta boshladilar, shuning uchun ham ularning g’oyasida biologizm va mexanizm tarzda ilgarigi hayvonlarda to’plangan dalillar modelini insonlarda qo’llash hollari kuzatildi.



Neobixeviorizmyo’nalishi- tajriba yo’li bilan ta’sirni o’rganish, oraliq uzilishlar bo’lishi haqida, buning asosida geshtalt, ya’ni tasvir haqidagi ta’limotdir. Uning asoschilari E.Tolmen hisoblanadi, xuddi shu ta’limot asosida avstriyalik vrach psixiatr Z.Freyd psixoanaliz ta’limotini yaratdi.Tushunish psixologiyasi - bu oldindan his etish ya’ni intuitsiyaga asoslangan qarash bo’lib, uning asoschisi V.Dilten (1833-1911) hisoblanadi. U tabiiy ilmiy va diniy ilmiy degan ikki yo’nalishdagi fanlar tizimini taklif qildi.
Freydizm yo’nalishining jahon ilmi va malakiyoti uchun ta’siri shu qadar katta bo’ldi-ki, jamoadagi yoki guruhiy ongsizlik g’oyasini ilgarni surgan K. Yung hamda individual psixologiyani targ’ib etgan, A.Adler va ularning izdoshlari bu kontseptsiyani yanada rivojlantirishga o’z hissalarini qo’shdilar.
Bu nazariya va kontseptsiya hanuzgacha shaxs psixologiyasini, psixoanaliz esa psixoterapiyani o’rganishda asosiy metodlardan biri sifatida qo’llanilib kelinmoqda.

Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling