Ijtimoiy fanlar kafedrasi” o’qituvchisi Turgunov Muhammad Bobur annotatsiya
Download 67.93 Kb.
|
BOLA HUQUQLARI maqola
- Bu sahifa navigatsiya:
- “bolaning qonuniy vakillari”
- Vasiylik va homiylik organlari”
- “yetim bola”
- , jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bola
- ‘ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar”
- “nogiron bola”
4. Valiylik – yetti yoshdan balog‘at yoshiga yetguncha bo‘lgan bolalar valiyga, o‘zidan katta rahbarga muhtojdirlar. Bu ham ota-ona bo‘lmasa, yaqin qarindoshlarga yuklatiladi.
5. Nafaqa. Bolalarning nafaqasini berish, ularni oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy bilan ta’min etish otaning burchidir. 6. Balog‘atga yetgandan so‘ng uylantirib, oilalik qilib qo‘yish va boshqalar. Ko‘rinib turibdiki, oila farzandlarning alohida huquqlari bo‘lib, unga amal qilish shart etib qo‘yilmoqda10 . Yetim bolalarning iqboli haqida g‘amxo‘rlik qilishga, ularning mulkiy huquqlarini muhofazalashga Islom dinida katta ahamiyat beradi. Qur’on oyatlariga muvofiq, yetim bolalarga ular nikoh yoshiga yetgach va aqli raso bo‘lgach, g‘amxo‘rlik qilishga mas’ul kishilar ularning mulkini “behuda va shoshilinch yemasdan” berishga majbur. Jumladan, Uning sur’alaridan birida uqtiradi: «Yetimlarning mol-mulklarini zulm yo‘li bilan yeydigan kimsalar, albatta, qorinlarida olov yegan bo‘lurlar va albata, do‘zaxda toblanurlar”11 . Asrlar osha e’tiqodlilarni diniy hayrixohlik sari chorlab, Qur’on bolalar, ayniqsa ularning eng murg‘aki – yetimlar bilan chuqur insoniy munosabatda bo‘lishga da’vat qiladi. Bolalarga nisbatan insoniy munosabatlarning ta’sir kuchi Ikkinchi jahon urushi yillarida ayniqsa yorqin namoyon bo‘ldi. SSSRning frontga yaqin joylaridan evakuatsiya qilinib kelingan yuz minglab bolalar O‘zbekistonda alohida mehribonlik obyekti bo‘ldilar. Minglab bolalar o‘zbek oilalarida, shu jumladan, ko‘p bolali oilalarda farzandlikka olindilar. Bu xayrli harakatlar “yuqoridan” berilgan farmoyish bo‘yicha emas, qaramsiz qolgan bolalarga nisbatan chinakam insoniylik ko‘rsatish, ezgulik, hamdard va muruvvatli bo‘lish hissiyotlari bo‘yicha amalga oshdi12. Bolalarga nisbatan bu hilda insoniy munosabatni asrlar davomida shakllanishi yo‘lida jamiyatning ayniqsa ojiz qisminini avaylash hissiyotlarini tarbiyalashda Qur’oni Karimdagi talablar ozmuncha rol o‘ynamadi. Ta’kidlash joizki, kattalarning bolalarga nisbatan munosabatlarini tartibga soluvchi qudratli manbalardan biri sifatida Qur’oni Karim taraqqiyotning hozirgi bosqichida ham axloq-odob jihatidan ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. Islomning o‘zoq o‘tmishda bola huquqlarini tartibga solishga insoniy yondashuvi shunday ishonch tug‘diradiki, ularning huquqlari qo‘qqisdan, birdaniga emas, insoniy qadriyatlarni asta-sekin tushunilgan sari e’tirof etilgan. O‘tmishdagi insoniyat yutuqlari tarix ostonasida qolib ketmaydi. Vaqti kelib ular kelgusi avlodlarning boyligiga aylanib, bola huquqlari nazariyasini va amaliyotini boyitadi, yanada yuqoriroq sifat darajasiga ko‘taradi. O‘tmish va zamona o‘rtasidagi mantiqiy bog‘lanish shunday mutanosiblikda o‘zini namoyon qiladi. Ma’lumki, boshliqdan biror narsa vujudga kelmaydi. Angliyalik mashhur olim Jon Byorton diniy jihatdan musulmon aqidalarini tadqiq etib, Payg‘ambar hatto jamoa namoz o‘qib turganida bolani qo‘llariga ko‘tarib erkalatganiga e’tibor qaratadi. J.Byorton ta’kidlaganidek, o‘nta bolaning otasi “hech qachon ularning birontasini o‘pmagan” ekaniga iqror bo‘lganida Payg‘ambar “Boshqalarga takalluf ko‘rsatmagan har qanday odam vaqti kelganda boshqalardan takalluf ko‘rmog‘i dargumon”, deydi. Jon Byorton alohida ta’kidlaydi-ki, islom huquqi bo‘yicha beva va yetimlarga ko‘rsatilgan ehtirom, xuddi “Xudo yo‘lida” jang qilishdek, xudoga xush keladigan ishdir13 Islomshunoslik tadqiqotlariga oid ma’lumotlarga qaraganda, bola manfaatlarining ustuvorligini tan olish g‘oyasi qadimiy ekani bilan ajralib turadi. Ushbu g‘oyani diniy yo‘sinda tan olishning o‘zi dinga mansublarning avlodidan avlodigacha qo‘llanib va rivojlanib kelgan.14 Bolalar, ularning ota-onalari va kattalar bilan o‘zaro munosabatlariga oid muammo mashhur xitoy faylaso‘fi Konfutsiy (m.i. 551-549 y.) ta’limotida alohida o‘rin egallagan. Konfutsiy bolalarning ota-onalari bilan o‘zaro munosabatlarini bolalarni otaonalariga, kichiklarni kattalarga hurmat, e’zozlash ruhida tarbiyalash zarurligi asosida bayon qilinadi. Demak, bola va uning huquqlariga oid qadimgi davrda bildirilgan fikr va tasavvurlar hamda g‘oyalar to‘g‘risida xulosa qilib aytish mumkinki, bolaning oila va jamiyat uchun naqadar aziz ekanligi e’tirof etilsada, ammo, ularning huquq va erkinliklari, ularning huquqning subyekti sifatida ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan tushunchalar, hattoki, qadimgi mutafakkirlarda ham yetarli darajada berilmagan va ularning huquq va erkinliklari ayrim hollarda inkor etib kelingan. Ammo, dinlarda, ayniqsa islom dinida bu masala har tomonlama, chuqur o‘ylangan holda tartibga solingan va ularning huquq va erkinliklarini, oila va jamiyatda tutgan o‘rni va roliga alohida ahamiyat qaratilgan. Bola huquqlari masalalarini rivojlanishi va uni normativ ravishda shu kungacha shakllanishi hamda rivojlanishini tahlil qilish asosida aytish mumkinki, uning rivojlanishini quyidagicha bosqichlarga bo‘lish mumkin: 1) bola huquqlarini urf-odat normasi sifatida shakllanishi; 2) bola huquqlarini milliy qonunlarda norma sifatida o‘z aksini topishi va rivojlanishi; 3) bola huquqlariga oid milliy qonunlarning mazkur sohadagi xalqaro standartlarni shakllanishiga ta’sir ko‘rsatishi; 4) xalqaro standartlarning o‘z navbatida milliy huquqni takomillashtirishga ta’siri. O‘zbekiston Respublikasining milliy qonunchiligida “Bola (bolalar)” tushunchasiga O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunida ilk marotaba ta’rif berilgan. Mazkur Qonun qabul qilinishiga qadar, “bola” yoki “bolalar” tushunchasi qo‘llanilganda, uning mazmuni yoritilmagan. Bolaga berilgan ushbu tarif muhim, chunki “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun va bolalarga oid boshqa qonunlar kimlarni himoya qilishga qaratilganligini aniq belgilab beradi. Ushbu Qonun15da bolalarga berilgan tarif, BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasining 1-moddasidagi “18 yoshga to‘lmagan har bir inson zoti, agar bolaga nisbatan qo‘llaniladigan qonun bo‘yicha u ertaroq balog‘atga yetmagan bo‘lsa, bola hisoblanadi”, degan ta’rifga mos tushadi. Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaning 1-moddasida berilgan tarif “bolalik” qaysi paytdan, ya’ni bola tug‘ilgan paytdan yoki undan avval boshlanishi to‘g‘risidagi masalani yoritmaydi va shu bilan ongli ravishda milliy normalar turfa xilligi tufayli istisnosiz barcha davlatlar uchun yagona bo‘lgan muammoning yechimini bermaydi. Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya bolalikning yoki bola hayotining boshlanishini belgilash masalasini milliy qonunchilik ihtiyoriga qoldirgan. Biroq, Konvensiyaning 1-moddasiga binoan, yuqori yosh chegarasini 18 yosh deb belgilangan. Shunday qilib, bu yosh chegarasi biron bir maqsad yoki faoliyat uchun aniq yosh belgilashi zarur bo‘lganda ishtirokchi-davlatlar uchun asos va boshlang‘ich nuqta bo‘lib xizmat qiladi. Qonunda “bolaning qonuniy vakillari” sifatida uning ota-onasi, farzandlikka oluvchilar, vasiylar va homiylar belgilangan. Qonuning 3-moddasida “bolaning qonuniy vakillari” tushunchasiga Eerilgan tarif O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 67-moddasidan kelib chiqqan bo‘lib, bolaning qonuniy vakili bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslarning ro‘yxatini belgilab bergan. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 67-moddasida “bolaning huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish ota-onasi tomonidan (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar), ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda esa - vasiylik va homiylik organi, prokuror va sud tomonidan amalga oshiriladi” deyilgan. Shunday qilib, Qonunning 3-moddasiga binoan, bolaning qonuniy vakili sifatida uning ota-onasi, farzandlikka oluvchi shaxslar, vasiylar, homiylar tan olinadi, biroq O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi va boshqa qonunda nazarda tutilgan hollarda, bola huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish prokuror va sud tomonidan amalga oshiriladi. “Vasiylik va homiylik organlari” tushunchasi O‘zbekiston Respublikasining oila qonun-hujjatlarida bola huquqlari va erkinliklari buzilganda yoki buzilish ehtimoli bo‘lganda keng qo‘llaniladi. vasiylik va homiylik organlari faoliyatlarining barcha jihatlari O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 173-193 moddalarida batafsil tartibga solingan. Qonunning 3-moddasida ilk marotaba “yetim bola” tushunchasiga tarifi berilgan. Yetim bola deb otasi ham, onasi ham vafot etgan yoki ular sud qaroriga binoan vafot etgan deb e’lon qilingan bola hisoblanadi. Farzandlikka olgan shaxslar vafot etgan bo‘lsa yoki sud orqali vafot etgan deb topilgan bo‘lsa ham ushbu Qonunga binoan bola yetim deb hisoblanadi. Qonunga binoan, jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bola deb nogironlikni belgilash uchun yetarli bo‘lmagan jismoniy, aqliy, (sezgi) va (yoki) ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bola hisoblanadi. Ushbu tushunchalarning qonundagi tarifi bu toifadagi bolalarning huquqiy maqomi har xilligi bilan belgilanadi. Nogiron deb hisoblangan bolalar muayyan huquqlarga ega va milliy qonunhujjatlarda ko‘zda tutilgan muayyan nafaqalar olish huquqiga ega (quyida yoritilgan), jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarga nisbatan esa bu qoida qo‘llanilmaydi. Qonun “ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar” tushunchasiga tarif berish orqali jismoniy va aqliy nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun alohida himoya va tegishli nafaqalar olish huquqini ta’minlashga qaratilgan. Qonunda ilk bor keng qo‘llaniladigan ‘ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar” tushunchasiga quyidagicha aniq tarif berilgan: “yuzaga kelgan holatlar sababli og‘ir turmush sharoitida qolgan, davlat va jamiyat tomonidan alohida himoya qilishga hamda qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bolalar”. Qonunga binoan, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar deb: nogiron bolalar; jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar; etim bolalar; ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar; ixtisoslashtirilgan bolalar muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalar; muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan bolalar; kam ta’minlangan oilalardagi bolalar; jinoiy javobgarlikka tortilgan va jazoni ijro etish muassasalarida turgan bolalar; zo‘ravonlik va ekspluatatsiya, qurolli mojarolar va tabiiy ofatlar natijasida jabrlangan bolalar hisoblanadi. Qonun “nogiron bola” tushunchasiga ta’rif beradi. Nogiron bola - jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) va (yoki) ruhiy nuqsonlari bo‘lganligi tufayli turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan ijtimoiy yordamga, himoyaga muhtoj hamda qonunda belgilangan tartibda nogiron, deb topilgan bola. Shaxsni, shu jumladan, o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan bolalarni nogiron deb topish tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan, o‘n olti yoshgacha bo‘lgan bolalarni nogiron deb topish esa tibbiy-maslahat komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Xalqaro standartlarda, (milliy qonunchilikdan farqli ravishda), nogironlar alohida himoyaga va yordamga muxtoj shaxslar deb hisoblanmaydi nogironlar boshqa fuqarolar bilan teng huquqlarga ega, lekin imkoniyatlari cheklanganligi sababli ularni to‘liq amalga oshira olmaydigan shaxslar deb belgilangan. Qonunda «yetim bola” va “ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola” tushunchalari o‘rtasidagi farq ko‘rsatilgan. Ohirgisi – yetim bo‘lib qolishdan tashqari (ya’ni ota-onasi vafot etgan yoki sud qarori bilan vafot etgan deb topilgan hollardan tashqari) boshqa har qanday sabab tufayli ota-onaning qaramog‘isiz qolgan bola hisoblanadi. Ota-onasi o‘z majburiyatlarini sog‘ligi tufayli, majburiyatlari bajarishdan bosh tortgan hollarda, qonunda belgilangan tartibda ota-onalik huquqlaridan mahrum bo‘lganda, jinoyat sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum bo‘lish joylarida jazo o‘tayotgan hollarda va boshqa hollarda bola ota-onasining qaramog‘isiz qolishi mumkin. O`zbekiston Respublikasi yosh mustaqil davlat bo`lib, aholisining 40 foizini 18 yoshgacha bo`lgan bolalar tashkil etadi, 64 foizini esa 30 yoshgacha bo`lgan yoshlardir. Shu sababli inson huquqlari va erkinliklari sohasida davlat siyosatining ustuvor yo`nalishi bolalar va yoshlarning jismoniy, intelektual va ma`naviy rivojlanishi uchun qulay va eng yaxshi sharoitlarni yaratish, shuningdek ko`p bolali oilalarni, yetim bolalarni va oila muhitidan mahrum bo`lgan bolalarni har tomonlama qo`llab quvvatlash hisoblanadi. Mamlakatda bola huquqlarini ta`minlash va ularni har tomonlama himoya qilish uchun mahsus huquqiy baza shakllangan desak adashmagan bo`lamiz. Jumladan bolalarning huquqlari mamlakatimiz konstitutsiyasida va boshqa qonun hujjatlarida o`z aksini topgan. O`zbekiston o`z mustaqilligining dastlabki davridanoq aniqrog`i 1992-yili BMTning “Bolalar to`g`risidagi konvensiya”sini ratifikasiya qilish bilan jamiyatimiz bola huquqlari naqadar dolzarb masala ekanligini xalqaro miqyosda e`tirof etdi. Mamlakatimizda bola huquqlarini ta`minlashda qonunchilik hujjatlari va bola huquqlari to`g`risidagi konvensiya bilan bir qatorda Inson huquqlari umumjaxon deklaratsiyasi, fuqarolik va siyosiy huquqlar to`g`risidagi xalqaro pakt, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to`g`risidagi xalqaro pakt, xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish to`g`risidagi konvensiya, irqiy kamsitishlarga barham berish to`g`risidagi konvensiya va qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi konvensiya kabi inson huquqlari bo`yicha boshqa xalqaro shartnomalarga ham tayaniladi. Bugungi kungacha mamlakatimiz 70 ortiq inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlarga qo`shilgan. Mazkur xalqaro hujjatlar orasida bola huquqlariga oid xalqaro normalar muhim ahamiyat kasb etadi. O`zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarini kafolatlari to`g`risida”gi qonuni O`zbekistonning huquq tarixida bola huquqlariga oid birinchi maxsus qonun bo`ldi. Maqsadiga ko`ra mazkur qonun bolaning huquqiy ahvolini belgilashga doir munosabatlarni tartibga solishga, bola huquqlarini va erkinliklarini yuridik kafolatlashga qaratilgan. Unga binoan bola huquqlari va manfaatlarini amalga tatbiq etilishini ta`minlaydigan kafolatlarni belgilash qonun bilan tartibga solinadigan asosiy obekt hisoblanadi. Ta`kidlash joizki qonun normalarining yarmidan ko`pi bola huquqlarining kafolatlarini belgilashga qaratilgan. Bola huquqlariga oid mazkur xalqaro va milliy normalar mamlakatimizda bola huquqlariga oid davlat siyosatining shakllanishi uchun huquqiy zamin yaratdi. Mazkur siyosat bola huquqlarini amalga oshirish va himoya qilish bilan bog`liq munosabatlarni huquqiy tartibga solish uchun samarali mexanizmni yaratishga qaratilgan davlat va mahalliy hokimiyat organlarining izchil olib borayotgan faoliyatida namoyon bo`lmoqda. Shu bois, bola huquqlarini ta`minlash va himoya qilish uchun zarur bo`lgan huquqiy va tashkiliy sharoitlar va kafolatlarni yaratish mamlakatimizda davlat siyosatining ustuvor yo`nalishlaridan biri hisoblanadi. Bolaning eng asosiy huquqlaridan biri bu yashash huquqi hisoblanadi. Bolaning yashash huquqi - har bir bolaning uzviy huquqidir. Hech bir boshqa shaxs bolaning yashash huquqiga zid bo`luvchi hatti-harakatlarni bajarishi qonuniy tomonlama zid hisoblanadi. Bola hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir. Hozirda bola huquqlarini himoya qiluvchi organlar, turli xil nodavlat notijorat tashkilotlari bolaning daxlsizligi uning havfsizligi borasida ko`plab ishlar amalga oshirilmoqda. Davlat sog‘lom bolaning tug‘ilishi va rivojlanishini ta’minlash uchun sharoit yaratadi. O`zbekiston Respublikasida tug`ilib yashayotgan har bir bola yashash huquqiga ega hisoblanadi. Bolaning ravnaqi va kelajagi uchun davlat barcha shart-sharoitlarni yaratib beradi. Chunki jamiyatning eng asosiy qismi bu bolalar hisoblanadi. Alohida qayd etish kerakki, bola huquqlari va erkinliklari mazkur huquqiy hujjatlarda mustahkamlab qo`yilgan bo`lsa, ularni amalga oshirish bo`yicha mamlakatda keng ko`lamli amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatda bola huquqlari sohasida axborot-ma`rifat va ta`lim faoliyati sezilarli darajada faollashdi. Ma`rifiy faoliyat bola huquqlari bo`yicha xalqaro huquqiy hujjatlarni chop etish, ushbu mavzuga bag`ishlangan konferensiya, seminar va treninglar o`tkazishni qamrab oladi. Hozirgi kunga qadar bola huquqlariga oid quyidagi kitoblar chop etildi: Bolalarni himoya qilish. “Parlament a`zolari uchun qo`llanma” “Bola huquqlari to`g`risidagi konvensiya” o`zbek tilida 2000 ming nusxada nashr etildi; “Bola huquqlari to`g`risida konvensiya va uning fakultativ protokollari” o`zbek tilida 2000 ming nusxada nashr etildi; “Bolalar mehnatining eng yomon shakllariga barham berish” parlament a`zolari uchun qo`llanma “Bola huquqlarining kafolatlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonuniga sharhlar; “Bola huquqlari: xalqaro shartnomalar to`plami” electron kitobi Mazkur adabiyotlar bugungi kunda, mamlakatimizda bola huquqlariga oid huquqiy savodxonlikni oshirishda katta ahamiyat kasb etmoqda. Shu bilan bir qatorda bola huquqlari mavzusi O`zbekistonda chop etilayotgan yuridik, iqtisodiy, pedagogik jurnal va gazetalarda ham yoritib kelinayotganini ta`kildlash joizdir. Download 67.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling