Ijtimoiy fanlar
Falsafaning asosiy masalalari
Download 286.3 Kb.
|
Ijtimoiy fanlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Falsafaning tarbiyaviy funksiyasi
Falsafaning asosiy masalalari. Falsafani o‘rganayotgan har bir odamda falsafada qolgan barcha muammolarga nisbatan ustunroq ahamiyat kasb etadigan, ya’ni muhimroq, asosiyroq hisoblanadigan masalalar, muammolar mavjud yoki mavjud emasligiga qiziqish ertami, kechmi albatta yuzaga keladi. Bu mavzu nafaqat boshlovchi, balki professional faylasuflar uchun ham diqqatga sazovordir. Ularning orasida kimdir bu mavzuga jiddiy e’tibor beradi, kimdir esa, aksincha, uni muhim deb hisoblamaydi. Falsafaning uzoq tarixiga umumiy nazar tashlasak, olam va insonning kelib chiqishi, rivojlanishi va mohiyatiga, shuningdek, hayotning ma’nosi, inson bilishining tabiatiga tegishli «boqiy» falsafiy muammolar deyarli barcha falsafiy ta’limotlarda u yoki bu tarzda mavjudligini, turli falsafiy asarlarda, ular aynan kimga qarashliligi va qaysi davrga mansubligidan qat’iy nazar, qisman yoki, aksincha, atroflicha muhokama qilinishining guvohi bo‘lishimiz mumkin.
Falsafaning tarbiyaviy funksiyasi haqida fikr yuritilganda bu masalaning xalqaro darajadagi keng va har tomonlama muhokamasi natijalarini hisobga olgan holda so‘z yuritish o‘rinli bo‘ladi. Bugungi kunda nafaqat ayrim xalqlar, balki butun jahon hamjamiyati o‘z-o‘zini anglab etishga yo‘naltirilgan falsafaga muhtojdir. Buni 2002 yildan YUnesko qaroriga binoan, butun dunyoda har yili noyabr oyining uchinchi payshanbasida o‘tkaziladigan “Jahon falsafa kunlari” ham, hozirgi kunda dunyo uchun eng muhim masalalarga e’tiborini qaratadigan Jahon falsafa Kongresslari ham tasdiqlaydi. Darhaqiqat bunday kongress birinchi marta 1900 yilda Fransiyada o‘tkazilgan, 1948 yildan boshlab uni har besh yilda bir marta o‘tkazish an’anaga aylangan. Xususan, 1998 yilda Boston shahrida (AQSH) bo‘lib o‘tgan XX jahon falsafa kongressi “Paydeyya: insoniyatni tarbiyalashda falsafa” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lsa, Turkiyaning Anqara shahrida o‘tkazilgan XXI Jahon falsafa kongressida “Falsafa jahon muammolari bilan yuzma-yuz” mavzusi atroflicha muhokama qilindi. XXII jahon falsafa kongressi birinchi marta Osiyo mamlakati bo‘lmish Koreya respublikasining Seul shahrida “Hozirgi davrda falsafani qayta anglash” degan umumiy mavzu ostida bo‘lib o‘tdi. Kongresslarning mavzularidan ko‘rinib turganidek, falsafa real hayot bilan uzviy bog‘liq va eng muhim muammolarni anglab etishga xizmat qilib keldi. SHunday muammolardan biri – insonni shaxs sifatida tarbiyalash va kamol toptirishda falsafaning roli va ahamiyati masalasidir. Buning uchun esa, albatta, qadimgi davr mutafakkirlarining asarlariga yana bir bor murojaat etish taqozo etiladi. Download 286.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling