Ijtimoiy fanlar


Gegel Georg Vilgelm Fridrix (1770-1831)


Download 286.3 Kb.
bet15/52
Sana22.10.2023
Hajmi286.3 Kb.
#1716187
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   52
Bog'liq
Ijtimoiy fanlar

Gegel Georg Vilgelm Fridrix (1770-1831) falsafiy tizimi nemis klassik idealizmining tadrijiy yakuni hisoblanadi. Buyuk faylasufning barcha mashhur asarlari: «Ruh fenomenologiyasi» (1807), «Mantiq fani» (1812-1816), «Falsafa fanlari qomusi» (1817) ayni shu tizimni ishlab chiqishga bag‘ishlangan. «Ruh fenomenologiyasi» asari Gegel falsafiy tizimiga o‘ziga xos debochadir. Bu asarda Gegel inson ongi turli darajalari rivojlanishining izchil qatorini tahlil qiladi.
Gegel tizimining birinchi va muhim qismi – «Mantiq» «Ruh fenomenologiyasi»ning yakuni va xulosasidir. Bu sub’ekt va ob’ektga qadar mavjud bo‘lgan «sof fikr» sohasidir. Mantiqda uning o‘zi va mantiq shakllaridan tashqari hech qanday empirik mazmun mavjud emas. Mantiq tarix va tabiatdan oldin paydo bo‘lgan.
Hosirgi zamon falsafasi.G‘arb falsafasida XIX asr oxirida boshlangan jarayonlar XX asrda uning yangi, hozirgi noklassik tipi vujudga kelishi bilan yakunlandi. Hozirgi G‘arb noklassik falsafasi muayyan yaxlitlik, birlikni ifoda etuvchi falsafiy tafakkur shakllanishining o‘ziga xos bosqichidir. Unda ayrim asosiy yo‘nalishlar – pozitivizm, neopozitivizm, strukturalizm va hokazolar farqlanadi. Sientistik tendensiya falsafani ijtimoiy fanga aylantirish va dunyoqarash masalalaridan xalos bo‘lishga intilish bilan bog‘liq. Uni avvalo pozitivizmning har xil, shu jumladan sotsiologiya sohasidagi shakllari ifoda etadi. Ularga falsafaning ijtimoiy bilim uchun ilmiylikning yagona andozasini yaratishga harakat qiluvchi yo‘nalishi – strukturalizm yaqin turadi. Antissientistik, ko‘p jihatdan irratsionalistik tendensiya fan salbiy ijtimoiy va tabiiy jarayonlarga sabab bo‘lib, ong va bilishning boshqa noilmiy shakllarini chetga chiqarib qo‘yishidan kelib chiqadi. Falsafiy mulohaza yuritishning bu tipi avvalo hayot falsafasi, ekzistensializm va germenevtikani o‘z ichiga oladi. Pozitivizmsoxta bilimdan haqiqiy bilimni ajratishga harakat qiluvchi ijobiy bilimning falsafiy doktrinasini anglatadi. Bunday ijobiy bilimlar ayrim fanlarni bilish bilan tenglashtiriladi: pozitivizmga dunyoqarash muammolarini o‘z ichiga oluvchi an’anaviy falsafaga nisbatan o‘ta salbiy munosabat xosdir. Pozitivizmning birinchi tarixiy shakli XIX asrning 30-40-yillarida vujudga kelgan. Unga fransuz faylasufi O.Kont asos solgan. Kont fikriga ko‘ra, fanning vazifasi narsani tushuntirish emas, balki unga tavsif berishdir. Fan «nima uchun?» degan savolga javob berishga qodir emas, u dalillarni qayd etish va «qay tarzda?» degan savolgagina javob berish bilan kifoyalanishi lozim. SHu holdagina u ijobiy bo‘lishi mumkin. Kontning falsafani ijobiy bilim tamoyillariga muvofiq tuzishga urinishi tabiatshunos olimlar davralarida o‘z izdoshlarini topdi.

Download 286.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling