Ijtimoiy fanlar


Download 286.3 Kb.
bet16/52
Sana22.10.2023
Hajmi286.3 Kb.
#1716187
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   52
Bog'liq
Ijtimoiy fanlar

Empiriokrititsizmpozitivizmning ikkinchi tarixiy shakli sifatida XIX–XX asrlar chegarasida yuzaga keldi. Uning eng mashhur namoyandalari – E.Max (1838-1916) va R.Avenarius (1843-1896). Ilk pozitivizmdan farqli o‘laroq, empiriokrititsizm falsafaga «ikkinchi pozitivizm»ni sintez qiluvchi fan sifatida yondashadi, uni bilish nazariyasiga bog‘laydi. Empiriokrititsizm «tajriba tanqidi» degan ma’noni anglatadi va «tajribani metafizik tabiatni o‘zgartiruvchi barcha qoidalardan tozalash»ni nazarda tutadi. E.Max fikriga ko‘ra, tajriba amalda «dunyo elementlari» hisoblanuvchi sezgilardan iboratdir. Binobarin, pozitivizm o‘zining maxizm shaklini kasb etgan ikkinchi bosqichida butun falsafiy faoliyatni inson tajribasi hissiy asosining ruhiy-fiziologik shakllari tahliliga bog‘ladi. Maxizm falsafasida dunyo «sezgilar majmui» tarzida namoyon bo‘ldiki, bu materializmdan butunlay voz kechilishi, ingliz faylasufi Berklining sub’ektiv idealizmi o‘ziga xos tarzda tiklanishini anglatadi. Xullas, ikkinchi pozitivizm yaratuvchilari bilish jarayonining nazariy modelini tuzishga harakat qildilar.
Neopozitivizm, pozitivizmning uchinchi tarixiy shakli sifatida, ilmiy nazariyalarning haqiqatnamoligini, ularning nisbiy qimmatini aniqlash metodlarini o‘z falsafiy faoliyatining predmetiga aylantirdi. Bu bosqich vakillari pozitivizmning asosiy tamoyillariga tayanib, an’anaviy falsafa tushunchalari noilmiydir, chunki ularni tajribada tekshirish mumkin emas, deb e’lon qildilar.
Neopozitivistlar u yoki bu ilmiy xulosalar, konsepsiyalar va nazariyalarning to‘g‘riligi, haqiqiyligini tekshirish metodlariga asosiy e’tiborni qaratdilar. Ular hozirgi ilmiy bilimlarning haqiqiyligini tekshirishning asosiy tamoyillari: verifikatsiya, falsifikatsiya va konvensiya tamoyilarini ta’riflab berdilar.
Postpozitivizm. Postpozitivizmning neopozitivizm bilan g‘oyaviy aloqasi shunda ifodalanadiki, ular asosan ilmiy bilim tahlili bilan shug‘ullangan, tilga katta e’tibor bergan. Biroq, mantiqiy pozitivizm asosan mavjud ilmiy bilim tuzilishini o‘rganishga e’tiborni qaratgan bo‘lsa, postpozitivizmning bosh muammosini ilmiy bilim dinamikasitashkil etadi. Bu o‘zgarish fanni falsafiy o‘rganish masalalari doirasining ham o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. Postpozitivizmni avvalo ilmiy bilimning ijtimoiy-madaniy omillari, yangi nazariyalarning yuzaga kelishi, ularning olimlar hamjamiyati tomonidan qabul qilinishi, raqobatlashuvchi ilmiy konsepsiyalarni taqqoslash va tanlash mezoni qiziqtiradi. Agar mantiqiy pozitivizmga empirik bilimni ishonchli va barqaror bilim sifatida ishonchsiz va o‘zgaruvchan nazariy bilimga qarshi qo‘yish xos bo‘lsa, postpozitivizmga esa, aksincha, bilimning bu ikki darajasi bir-biriga o‘tishi haqidagi qarash xosdir. Zero postpozitivizm ta’limoti nazariyaning empiriyaga ta’siri kuchli emasligi, dalillarni aniqlash uchun nazariya talab etilishi, shu sababli dalillar nazariyaga ma’lum darajada bog‘liq bo‘lishi yoki hatto ularni belgilashi yoritib berilgan.

Download 286.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling