Ijtimoiy fanlar


Download 286.3 Kb.
bet17/52
Sana22.10.2023
Hajmi286.3 Kb.
#1716187
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   52
Bog'liq
Ijtimoiy fanlar

Tomas Kunning (1922-1996) epistemologik konsepsiyasi uning «Ilmiy inqiloblar strukturasi» asarida ifodalangan bo‘lib, bu erda u pozitivistik an’analarni tanqid qiladi. T. Kun fikriga ko‘ra, fan tarixi epistemologiyaning bazisi va asosiy materialiga aylanishi lozim. Fan – bilimlar tizimi emas, balki avvalo ilmiy hamjamiyatlar faoliyatidir. Muammo bunday qo‘yilganida falsafa fanining dastlabki nuqtai nazarlari va xatti-harakatlarida mujassamlashgan alohida normativlik va mantiqiy-metodologik mustaqillikka ega bo‘lgan barcha da’volar o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. Ular ilmiy hamjamiyat faoliyatining asosiy usuliga, uning zaminida shakllangan fan matritsasi va paradigmasiga bog‘liq bo‘lib qoladi. T.Kunning «Ilmiy inqiloblar strukturasi» asari ta’sirida ilmiy hamjamiyat tushunchasi fanning barcha sohalaridan mustahkam o‘rin oldi. Fanning o‘zi g‘oyalar tizimining rivojlanishi sifatida emas, balki ilmiy hamjamiyat faoliyatining mahsuli sifatida tushunila boshlandi.
Karl Popper (1902-1994). Eng muhim asarlari: «Ilmiy tadqiqot mantiqi» (1935), «Ochiq jamiyat va uning dushmanlari» (1945), «Tarixiylikning qashshoqligi» (1963), «Ob’ektiv bilim. Evolyusion yondashuv» (1972), «Realizm va fan maqsadi» (1983). Popper falsafaning bosh maqsadi ilmiy bilimning o‘sishini, ayniqsa – ilmiy kosmologiyani o‘rganishdan iborat deb bilgan. Ilmiy kosmologiya dunyoni, shu jumladan insonni (va uning bilimini) bu dunyoning qismlari sifatida bilishni nazarda tutadi. Popper fikriga ko‘ra, falsafaning alohida metodi mavjud emas – masalalar aniq qo‘yiluvchi va taklif etilgan echimlar tanqidiy tahlil qilinuvchi har qanday oqilona munozara metodi mavjud. U verifikatsiya tamoyiliga zid o‘laroq falsifikatsiya metodini (har qanday fikrni rad etish mumkinligi tamoyilini) taklif qildi, bilimni tashkil etish nazariy va empirik darajalarining uyg‘un birligini, shuningdek gipotetik xususiyati va xato qilishi mumkinligini (har qanday fanning fallibilizmi prinsipini) qayd etdi. Falsifikatsiya tamoyili fan uchun muayyan ahamiyatga egadir. Salbiy tekshirish u yoki bu qoidaning haqiqiyligini isbotlamasa, uni uzil-kesil rad etadi. Biroq falsifikatsiya tamoyili faqat rad etishga qarab mo‘ljal oladi: u bilimlarni o‘stirish jarayonini muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini bermaydi, agar u yoki bu nazariyani rad etuvchi ma’lumotlar topilsa, bu nazariyadan butunlay voz kechiladi.

Download 286.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling