Ijtimoiy fanlar
XX-XXI asr o‘zbek falsafasi
Download 286.3 Kb.
|
Ijtimoiy fanlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tajribaviy amaliy matnlar
XX-XXI asr o‘zbek falsafasi. XX asr o‘zbek falsafasi kam o‘rganilgan ziddiyatli davrni qamrab oladi. Chunki hozirgi davr tanqidchilarida sovet davrida falsafa bo‘lmagan, u davrda intellektual hayot o‘lgan va uzoq muddatga qotib qolgan, faqat ayrim hollarda ba’zi mardlargina o‘zlarining g‘oya va qarashlarini ayta olganlar degan fikr shakllangan. Biroq bu noto‘g‘ri. Chunki aynan XX asr boshlarida shakllangan jadidchilar harakati “jamiyatni ma’rifat orqali yangilash” g‘oyasini ilgari surganlar, Behbudiy, A.Avloniy, A.Fitrat kabilar bir guruh yoshlarni chet elga o‘qishga yuborib, yangi avlod ziyolilarini tarbiyalashga o‘zlarining munosib hissasini qo‘shganlar.
SHu bois, 1917 yilda bolsheviklar partiyasi g‘alaba qozonib, dunyo xaritasini katta Sovet ittifoqi degan mamlakat egallab, unda partiyaviylik mafkurasi hukmronlik qilsada, O‘zbekistonda falsafiy fikr rivoji to‘xtab qolgan emas. Xulosalar. Insoniyat taraqqiyotida har bir davr an’anaviy falsafiy muammolarni ilgari surgan va ularni o‘z davri dunyoqarashi ta’sirida hal qilishga harakat qilgan. Falsafa tarixini yangi shoxchalari paydo bo‘ladigan daraxtga qiyoslash mumkin, har bir shox o‘z shakliga va yaproqlarining rangiga ega bo‘lib, ular boshqalarini takrorlamaydi. Biroq daraxt shoxlari kabi falsafiy yo‘nalishlar qancha ko‘p bo‘lmasin, ularni umumiy ildiz - inson va olamning o‘zaro aloqadorligi, inson va jamiyat hayotining uzviyligi birlashtiradi. Ushbu umumiy ildiz inson madaniyatining dunyoqarashli asosi sifatida falsafaning ahamiyatini chuqurroq tushunishga imkon beradi. Tajribaviy amaliy matnlar: Islom falsafasu, panteizm deizm, kvintessensiya, antropotsentrizm, utopiya. Foma Akvinskiy, Albert Bolshtetskiy, nominalizm, realizm, SHarq falsafasi, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, so‘fizm, filosofema, shariat, tariqat, F.Bekon, R Dekart, J.Lokk, pozitivizm, neopozitivizm, postpozitivizm, strukturalizm, poststrukturalizm, evolyusion epistemologiya, shaxsiy bilim, ilmiy inqilob, ochiq bilim, yashirin bilim, emotsional anarxizm, mustaqillik, o‘zbek falsafasi, milliy falsafa, I.Mo‘minov, E.YUsupov, O‘zbekiston falsafa jamiyati, o‘zbek adabiyoti Download 286.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling