Ijtimoiy fanlar
O‘rta asrlar Sharq falsafiy tafakkurining rivojlanish xususiyatlari
Download 286.3 Kb.
|
Ijtimoiy fanlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abu Nasr Muhammad ibn Tarxon al Forobiy
- Abu Ali ibn Sino (980-1037
- Benedikt (Barux) Spinoza
- Gotfrid Vilgelm Leybnits
- Ontologik va gnoseologik muammolar.
- Pol Genrix Ditrix Golbax
- Nemis klassik falsafasi.
- Shelling Fridrix Vilgelm Yozef
O‘rta asrlar Sharq falsafiy tafakkurining rivojlanish xususiyatlari. Markaziy Osiyo – sivilizatsiyaning qadimgi o‘choqlaridan biri. VIII-IX asrlarda Markaziy Osiyo arab xalifaligi tarkibiga kirgan. Bu davrda xalifalik markazlari – Bag‘dod va Damashqda madaniyat va fan ravnaq topdi. Xalifalar al-Mansur (754-776), Horun ar-Rashid (786-809), Ma’mun (813-833) hukmronligi davrida hind va yunon adabiyotlarining tarjimalariga qiziqish ayniqsa kuchaydi, Aristotel, Galen, Gippokrat, Arximed, Evklid kabi yunon faylasuflarining ilmiy merosi o‘rganildi. IX asr boshida Bag‘dodda «Dor ul hikmat» - «Bilim uyi» tashkil etildi. Bu dargohda xalifalikning turli shaharlaridan taklif qilingan olimlar astronomiya, tibbiyot, tarix, geografiya, kimyo, falsafa va boshqa fanlarni sinchiklab o‘rgandilar. Abu Nasr Muhammad ibn Tarxon al Forobiy (870-950, asarlari: Kitob-ul xuruf, Fozil odamlar shahri, Ehsoul ulum, Siyosat falsafasi, Fuqarolik siyosati) falsafa va tabiiy fanlar tarixiga oid yuzga yaqin asar muallifidir. U fanlar bilish vositalari ekanligidan kelib chiqqan. Bunda mutafakkir nazariy (mantiq, falsafa, tabiiy fanlar) va amaliy (axloq, siyosat) fanlarni farqlagan. Fanlar tizimida u insonga haqiqiy bilimni soxta bilimdan farqlash imkonini beruvchi mantiqni birinchi o‘ringa qo‘ygan. Ayni shu sababli faylasuf inson tafakkuriga alohida e’tibor bergan. Aynan falsafa insonga borliqning mohiyatini tushunish imkonini beradi. Borliq «yagona» va ayni vaqtda «ko‘p»dir. Borliqning mazkur holati emanatsiya, ya’ni «yagona» muhitdan borliqning turli muhitlari kelib chiqishi mahsulidir. Forobiy asarlarida dunyo bir-biriga kiruvchi to‘qqiz gumbaz ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bu gumbazlarda ularning Er atrofida aylanishi sababi hisoblangan jonlar yashaydi. Gumbazlar o‘z harakatini dastlabki turtkidan boshlagan. Forobiy dunyoning rang-barangligini tushuntirish uchun Aristotelning shakl va materiya haqidagi ta’limotidan foydalangan. U jonning umrboqiyligi haqidagi masalada Platon fikriga qo‘shilmagan, chunki uning paydo bo‘lishi va o‘limi tananing paydo bo‘lishi va o‘limi bilan bir vaqtda yuz beradi, deb hisoblagan. Ayni shu sababli Forobiy ijodida bilish nazariyasi Platondagi kabi xotirlash nazariyasi emas, balki dunyoni sezgi va aql birligi sifatida anglab etish nazariyasidir. Bunda aqlli jon narsalar tabiatini sezgilar idrokidan foydalanib anglab etadi. Narsalarning mohiyati aql bilan anglab etiladi. Bunda aql avvalo mantiqqa tayanishi, lekin sezgi a’zolari beruvchi materialdan foydalanishi lozim. Forobiy borliqning birinchi sababi va harakat manbai sifatida Xudo mavjud deb hisoblagan bo‘lsa-da, uning falsafasi bilish va borliqning murakkab masalalarini echishga intilish bilan tavsiflanadi. Ayni shu sababli faylasuf borliqning holatlarini, uning shakllarini: oddiy elementlar – havo, olov, er, suvni; shuningdek minerallar, o‘simliklar, hayvonlar, inson va osmon jismlarini sinchiklab o‘rganadi. SHu tariqa u tashqi dunyoning ob’ektiv mavjudligiga urg‘u beradi. Forobiyning falsafiy qarashlari SHarq falsafasining rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Forobiy inson ruhining bir tanadan boshqa tanaga o‘tishini qat’iyan rad etadi va ruh ham, tana kabi substansiyalarning individual birligidan iborat, deb hisoblaydi. Uning bu fikri noizchil bo‘lgan. Bunday noizchillik Aristotelning bilish nazariyasida ham kuzatiladi. Abu Rayhon Beruniy (973-1048 yillar, asarlari: “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”, “Minerologiya”), tabiat va uning ob’ektiv qonunlari mavjudligiga shubha qilmagan. U tabiat muttasil o‘zgarish va rivojlanishda bo‘ladi, materiya narsalar shaklini o‘zi yaratadi va o‘zgartiradi, jon (tafakkur, ma’naviy hodisalar) tananing muhim xossasidir, deb ta’kidlagan. Ma’lumki, tajriba, eksperiment borliqni bilish usullaridan biri hisoblanadi. Beruniy shunday deb yozadi: «Mendagi ishtibohni faqat tajriba va takroriy sinov bartaraf etishi mumkin, ...so‘zlovchilarning yakdilligiga qaramay, buning haqiqiyligi tajribada o‘z tasdig‘ini topmagan»5. Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, «Beruniyni etarli asos bilan o‘rta asr fanida empirik metod yaratuvchilaridan biri deb hisoblash mumkin. U metallar va minerallarning xossalari va solishtirma og‘irligini aniqlash bo‘yicha bir qancha tajribalar o‘tkazdi»6. Tajribada olingan bilimni mutafakkir ayrim me’yorlarga muvofiq ishonchli bilim deb talqin qiladi. Ularning orasida ob’ektlarning kuzatuvchanligi, tajribalarning qayta o‘tkaziluvchanligi va kuzatishlarning tekshiriluvchanligini qayd etish mumkin. Abu Ali ibn Sino (980-1037 Buxorolik Ibn Sino (Avitsenna) 300 dan ortiq asar muallifidir Ularning orasida «Tib qonunlari» va «Bilim kitobi»,”Donishnoma”, “Xay ibn YAkzon”ayniqsa keng dovruq qozongan.). O‘rta Osiyoning mashhur qomusiy allomasi va faylasufidir. Ibn Sino merosining tahlili uning ilmiy qiziqishlari doirasi benihoyat keng, u tom ma’noda qomusiy bilimlar egasi bo‘lganidan dalolat beradi. Ibn Sino fanlarning tadqiqot ob’ektlariga ko‘ra ajratishga asoslangan tasnifini taklif qilgan. Ibn Sino tabiat azaliy va abadiydir, uning qonunlari o‘z-o‘zidan o‘zgarmaydi va inson ularni anglab etishga qodir, jon tana faoliyati bilan belgilanadi va uning individual umrboqiyligi mumkin emas, degan fikrni ilgari surgan. O‘sha davrda u shug‘ullanmagan fanning o‘zi bo‘lmagan. Tibbiyot bilan bir qatorda, Ibn Sino falsafa, xususan bilish nazariyasini ham faol tadqiq etgan. Bahouddin Naqshband asos solgan so‘fiylik ta’limotining nazariy asoslaridan birini Xudo, dunyo va insonning o‘zaro nisbati muammosi tashkil etadi. Bu bosh muammo talqinida so‘fiylarni ikki yo‘nalish – teistik va panteistik yo‘nalishlarga ajratish mumkin. Alloh hamma narsaning yaratuvchisi deb e’tirof etilgan, insondan tashqarida turgan, dunyo uzra yuksalgan va bilish mumkin emas deb e’lon qilingan bo‘lsa, so‘fiylar ta’limoti monoteizm shakl-shamoyilini kasb etgan, dunyo va Xudo tushunchalari tenglashtirilgan taqdirda bunday ta’limot panteistik deb hisoblangan7. Xulosalar. G‘arb va Sharqda o‘z tafakkur uslubida bilimlarni ifodalash va o‘zlashtirishning o‘z mexanizmlari va shakllari, bilim va haqiqatga eltuvchi yo‘lni yorituvchi o‘z mo‘ljallari mavjud. SHarq ta’limotlari va tafakkur uslubini SHarq amaliyoti va tajribasidan olingan o‘ziga xos usullar va metodlar yordamida tushunish va ichdan anglab etish mumkin. Tomas Gobbs (ingliz faylasufi 1588-1679) tomonidan F.Bekonning materialistik qarashlari tizimga solingan va rivojlantirilgan. Gobbs materiyaga birdan-bir substansiya sifatida yondashgan, barcha hodisalar, narsalar, jarayonlarni bu substansiyaning namoyon bo‘lish shakllari deb hisoblagan. Materiya – abadiy, jismlar va hodisalar – o‘tkinchi: ular vujudga keladi va yo‘q bo‘ladi. Fikrlashni materiyadan ajratib bo‘lmaydi, zero materiyaning o‘zigina fikrlaydi. Jismsiz tana bo‘lmaganidek, jismsiz substansiya ham bo‘lishi mumkin emas. Aynan materiya barcha o‘zgarishlar sub’ekti hisoblanadi. Rene Dekart (fransuz faylasufi va matematigi 1596-1650) cubstansiyaning bekoncha va gobbscha monistik talqiniga o‘zining dunyoning dualistik talqinini qarshi qo‘yadi. Dekart bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan ikki birinchi asos: nomoddiy yoki «fikrlovchi» substansiya va moddiy yoki «ko‘lamli substansiya» mavjudligini taxmin qiladi. Bu ikki substansiya parallel mavjuddir. Ularni o‘rganish bilan metafizika va fizika shug‘ullanadi. Metafizika avvalo ma’naviy substansiyani, u bilan bog‘liq bo‘lgan bilish va borliq tamoyillarini o‘rganadi. Fizika tabiat falsafasini tadqiq etadi. U dunyoning vujudga kelishi, Erda hayotning rivojlanishi (tabiat qonunlariga muvofiq) haqidagi ta’limotni o‘z ichiga oladi, hayvonlar va inson tanasining tuzilishini mexanika qonunlariga bo‘ysinuvchi murakkab mashinalar sifatida o‘rganadi (R.Dekart asarlaridan biri «Hayvon – mashina» deb ataladi). Benedikt (Barux) Spinoza (gollandiyalik faylasuf 1632-1677) R.Dekartning substansiya haqidagi dualistik ta’limotiga zid o‘laroq, dunyo haqidagi monistik ta’limotni yaratdi. Uning monizmi panteizm ko‘rinishida namoyon bo‘ladi: o‘z ontologiyasida Spinoza Xudo va tabiatni ayniylashtiradi, bunda Xudo yaratuvchi tabiat va yaratilgan tabiat sifatida amal qiladi. Ayni vaqtda B.Spinoza birgina moddiy substansiya mavjud bo‘lib, uning asosiy atributlari ko‘lamlilik va fikrlashdir, degan fikrni ilgari suradi. SHunday qilib, butun tabiat u Xudo bo‘lgani uchungina emas, balki unga fikrlash xos bo‘lgani uchun ham jonli hisoblanadi. Spinoza butun tabiatni jonlantirib, shu tariqa gilozoist-faylasuf sifatida ham namoyon bo‘ladi. B.Spinoza bilishning uch turini farqlaydi: faqat mujmal va haqiqiy bo‘lmagan tasavvurlar beruvchi hissiy bilish; moduslar haqida bilim olish uchun imkoniyat yaratuvchi aql yordamida bilish; bilishning eng oliy shakli – haqiqatga yo‘l ochuvchi intuitsiya. Intuitiv yo‘l bilan aniqlangan haqiqatlar (aksiomalar)dan deduktiv yo‘l bilan – matematika metodlari yordamida qolgan barcha xulosalar chiqariladi.Spinoza ilgari surgan g‘oyalar o‘sha davrda fanda hukm surgan teleologizm (tabiatda Xudo ato etgan maqsadga muvofiqlik)ga qarshi qaratilgan. Gotfrid Vilgelm Leybnits (nemis olimi va faylasufi 1646-1716) Spinozaning substansiya tushunchasiga faol kuch yoki «tashabbuskorlik» tamoyilini qo‘shimcha qilgan. O‘zining «Monadologiya» asarida u moddiy hodisalarni bo‘linmas, sodda ma’naviy birliklar – monadalarning namoyon bo‘lishi deb e’lon qilgan. Bo‘linmas monada ko‘lamlilik xususiyatiga ega emas va makonda joylashmaydi, chunki makon cheksiz darajada bo‘linuvchandir. Monada – faol kuchning nomoddiy, ma’naviy markazi. Monadalar umrboqiy va yo‘q bo‘lmasdir, ular tabiiy yo‘l bilan vujudga kelishi yoki halok bo‘lishi mumkin emas. Ular tashqi ta’sir ostida ham o‘zgarmaydi. Har qanday ayrim monada –jon va tananing birligi. Monada ma’naviy mohiyatining tashqi ifodasi sondir. Jon Lokk (ingliz faylasufi 1632-1704) cubstansiya tushunchasini tahlil qilishga nisbatan gnoseologik yondashuvga asos solgan. U g‘oyalar va tushunchalarning manbai tashqi dunyo, moddiy narsalardir, degan tezisni isbotlashga harakat qilgan. Uning fikricha, moddiy jismlarga sof miqdor xususiyatlarigina xos. Materiya sifat jihatidan rang-barang emas: moddiy jismlar bir-biridan kattaligi, shakl-shamoyili, harakati va osoyishtaligi bilangina ajralib turadigan «birlamchi sifatlar»dir. «Ikkilamchi sifatlar» esa - hid, ovoz, rang, ta’m. Ular narsalar bilan uzviy bo‘lib tuyuladi, lekin amalda bunday emas: narsalarda bunday sifatlar yo‘q. Ular, Lokk fikriga ko‘ra, sub’ektda «birlamchi sifatlar» ta’sirida vujudga keladi. Jan Jak Russo (1712-1778) Evropa inqilobiy mafkurasining vujudga kelishiga mashhur «Ijtimoiy shartnoma» asari bilan ulkan ta’sir ko‘rsatdi. Erkinlik hamda yuridik huquqlarning so‘zsiz tengligiga asoslangan fuqarolik jamiyatining nazariy asosi hisoblangan bu asar Buyuk fransuz inqilobi davrida yakobinchilar uchun o‘ziga xos dasturilamal bo‘lib xizmat qildi. Sharl Lui Monteske (1689-1755) geografik determinizm asoschilaridan biri jamiyatda tartib va axloqni saqlash uchun zarur bo‘lgan dinning funksional roli konsepsiyasini rivojlantirdi. XVIII asrning ikkinchi yarmida ma’rifatchilik harakati keng demokratik qamrov kasb ketdi. Fransiyada bosh muharriri va tashkilotchisi D.Didro bo‘lgan «Ensiklopediya» nashri atrofida jipslashgan ilg‘or mutafakkirlar, olimlar va yozuvchilardan iborat «faylasuflar partiyasi» paydo bo‘lgani to‘g‘risida so‘z yuritila boshladi. Bu «faylasuflar partiyasi»da Didro bilan bir qatorda Gelvetsiy va Golbax, shuningdek Lametri etakchi rol o‘ynadi. Ular materializmning faylasuflar va falsafiy maktablarning keyingi avlodlariga kuchli ta’sir ko‘rsatgan ancha rivojlangan shaklini yaratdilar. Ontologik va gnoseologik muammolar. Ontologik muammolar XVIII asr fransuz ma’rifatchilari namoyandalari tomonidan asosan materialistik va ateistik nuqtai nazardan o‘rganilgan. Bu Didro, Golbax, Lametri va Gelvetsiy falsafasining o‘ziga xos jihatlaridan biridir. O‘z davrida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan «Inson – mashina» asarining muallifi Jyulen Ofre de Lametri (1709-1751) moddiy dunyo «o‘z holicha mavjud» ekanligiga, uning boshi ham, oxiri ham yo‘qligiga ishonchi komil bo‘lgan. Lametri materializmi Epikurning atomistik materializmi, Spinozaning materialistik ta’limoti va Lokk sensualizmi ta’sirida vujudga kelgan. Lametri jonni aql faoliyati funksiyasi va ko‘rinishi deb hisoblagan hamda Dekartning umrboqiy nomoddiy jon haqidagi g‘oyasi asossiz ekanligini isbotlashga harakat qilgan. Pol Genrix Ditrix Golbax (1723-1789) fransuz materializmi falsafiy qarashlarining eng izchil ifodachisidir. Uning «Tabiat tizimi» asari «XVIII asr materializmi va ateizmi kodeksi» degan nom olgan. 1770 yilda nashr etilgan bu asarda muhim ontologik muammolar, chunonchi: materiya, tabiat, harakat, makon, vaqt, sababiyat, tasodif, zaruriyat muammolari bayon etilgan. Golbax uchun tabiat barcha narsalar va hodisalar sababidir, zero u Xudo tufayli emas, o‘zi tufayli mavjud. Tabiat – harakat sababi. Golbax harakatni tabiat mavjudligining zaruriy natijasi sifatida tavsiflaydi. Tabiat deganda u o‘z energiyasi ta’sirida harakat qiluvchi moddalar yig‘indisini tushunadi. Golbax fikriga ko‘ra, barcha jismlar bo‘linmas va o‘zgarmas elementlar – atomlardan tashkil topadi. Materiya tushunchasini u modda tushunchasi bilan ayniylashtiradi. Deni Didro (1713-1784) o‘zining «Materiya va harakatning falsafiy prinsiplari», «Tabiatni tushuntirish haqida mulohazalar», «D’Alamberning tushi» asarlarida sub’ektiv idealizmga qarshi chiqadi va muhim ontologik muammolarning o‘z talqinini taklif qiladi. Uning fikricha, mavjud bo‘lgan hamma narsalar moddiydir. Didro, dunyo uzluksiz paydo bo‘ladi va o‘ladi, har bir lahzada tug‘ilish va o‘lish holatida bo‘ladi; o‘zga dunyo hech qachon bo‘lmagan va bo‘lmaydi, deb ta’kidlaydi. Ko‘rib turganimizdek, Didro borliq muammolarini o‘rganish sohasiga dialektikani tatbiq etadi. Uning fikricha, butun materiya his qiladi (bu gilozoizm nuqtai nazari). Ammo u «inert hissiylik» va «faol hissiylik»ni farq qiladi. «Faol hissiylik» muayyan tarzda uyushgan materiyadagina namoyon bo‘ladi. Nemis klassik falsafasi. Nemis klassik falsafasining yirik vakillari Immanuil Kant, I.Fixte, F.SHelling, Georg Gegel va Lyudvig Feyerbax kabilardir.Falsafiy tafakkur rivojlanishining bu bosqichi davrning muayyan tarixiy shart-sharoitlari bilan belgilanadi. Bu kuchli ijtimoiy ziddiyatlar, jamiyat ongida olamshumul o‘zgarishlar yuz bergan davr edi. Kuchli inqilobiy harakatlardan so‘ng ularning sur’ati pasayib imkoniyatlariga ishonchsizlik kuchaydi. Ijtimoiy ongda konservativ tendensiyalar ustunlik qila boshladi. Angliya va Fransiyada monarxiya va Cherkovning oldingi mavqei tiklandi. Germaniyada pruss monarxiyasining roli kuchaydi. Tarixdagi bu ziddiyatli voqealar nemis falsafasining asosiy xususiyatlarini belgilab berdi. Immanuil Kant (1724-1804) nemis klassik falsafasining asoschisi. Uning falsafasi tushunish uchun qiyin bo‘lib, falsafiy bilimning barcha jihatlarini o‘z ichiga oluvchi keng tizimni tashkil etsada, asosiy e’tibor ontologiya, gnoseologiya va axloq masalalariga qaratiladi. Kant ta’limoti bilishning ijodiy tabiatini yoritib, inson bilimining taraqqiyotini, olimlar, yozuvchilar ijodini rag‘batlantirdi, biroq shu bilan bir vaqtda u inson bilimlarining nisbiyligi, u yoki bu g‘oyalar yoki nazariyalarni mutlaqlashtirish, shuningdek ularning yaratuvchilarini ilohiylashtirish xavfli ekanligi haqida ogohlantirdi. Shelling Fridrix Vilgelm Yozef (nemis faylasufi. 1775-1854) Bosh asari: «Transsendent idealizm tizimi»ning falsafiy va metodologik ahamiyati shundaki, bu asarda tarixiylik tamoyillari ilk bor izchil ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Shelling naturfalsafasi XVIII asr oxiriga kelib erishilgan va jamoatchilikda keng qiziqish uyg‘otgan yangi tabiiy-ilmiy natijalarni falsafiy jihatdan umumlashtirishga bo‘lgan ehtiyojga javob sifatida vujudga keldi. SHelling o‘z davrining barcha kashfiyotlariga yagona asosni topishga harakat qildi: u tabiatning ideal mohiyati, tabiat faolligining nomoddiy xususiyati haqidagi g‘oyani ilgari surdi. SHelling naturfalsafasining qimmati uning dialektikasida namoyon bo‘ladi. Tabiatshunoslik kashf etgan aloqalar haqida mulohaza yuritar ekan, SHelling bu aloqalarni belgilovchi kuchlarning birligi va tabiatning yagonaligi haqidagi fikrni ilgari suradi. Bundan tashqari, u har qanday narsaning mohiyati qarama-qarshi faol kuchlarning birligi bilan tavsiflanadi, degan xulosaga keladi. Bu birlikni u «qutblilik» deb nomladi. Qarama-qarshiliklarning birligiga misol qilib SHelling magnitni, musbat va manfiy elektr zaryadlarini, kimyoviy moddalarda kislota va ishqorlarni, organik jarayonlarda ta’sirlanish va tormozlanishni, ongda sub’ektivlik va ob’ektivlikni keltiradi. «Qutblilik»ka SHelling narsalar faolligining bosh manbai sifatida qaraydi, uni tabiatning «haqiqiy dunyoviy joni» deb tavsiflaydi. SHelling o‘z asarlarida ideal va moddiy narsalarning ayniyligi g‘oyasini ilgari suradi. Uning fikricha, materiya mutlaq ruh, aqlning erkin holatidir. Ruh va materiyani bir-biriga qarshi qo‘yish mumkin emas; ular ayniydir, chunki ayni bir mutlaq aqlning turli holatlarini aks ettiradi.
Umuman olganda F.SHelling Gegel dialektikasining aksariyat g‘oyalarini undan oldinroq ilgari suradi va ko‘p jihatdan undan o‘zib ketadi, chunki Gegel tabiatda rivojlanishning mavjudligini rad etadi, SHelling esa, aksincha, nafaqat inson ruhi, balki tabiat rivojlanishining umumiy tamoyillarini ham ta’riflab berdi, tabiatning tadrijiy rivojlanish jarayoni ong shakllanishi bilan nihoyasiga etishini qayd etdi. SHelling g‘oyalari Gegel falsafasida o‘zining mukammal ifodasini topdi. SHelling naturfalsafasining paydo bo‘lishi Fixte sub’ektiv idealizmi ildiziga bolta urdi va nemis klassik idealizmida ob’ektiv idealizm va uning dialektikasi sari burilish yasadi. Download 286.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling