Ijtimoiy fanlar


Makon va zamon turt ulchamlidir. Shulardan uchtasi makonga, bittasi zamonga tegishlidir


Download 286.3 Kb.
bet23/52
Sana22.10.2023
Hajmi286.3 Kb.
#1716187
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   52
Bog'liq
Ijtimoiy fanlar

Makon va zamon turt ulchamlidir. Shulardan uchtasi makonga, bittasi zamonga tegishlidir. Jismning makondagi holatini (ko‘lamini) ko‘rsatish uchun uch ulcham (buyi, eni, balandligi), zamonning muddatini ko‘rsatish uchun bir ulcham kifoyadir. Zamonning bir ulchamliligi uning faqat bir yunalishda, ya’ni utmishdan kelajakka qarab sodir bo‘lishida o‘z ifodasini topadi. Zamonning umumiy xususiyatlariga - ob’ektivlilik, materiya­ning ajralmas atributi ekanligi, davomiylik, ortga qaytmaslik, utmishdan kelajakka qarab rivojlanish kabilar kiradi.
Zamonning o‘ziga xos maxsus xususiyatlariga - paydo bo‘lish va bir sifatdan boshqa sifatga utishda aniq davriylik, bir ulchamlilik, nisbiylik, rivojlanish sur’ati, holatlarning o‘zgarish tezligi, tizim to‘zilmasi (strukturasi)dagi turli sikllar o‘rtasidagi vaqt munosabatdorligi kabilar kiradi.
V.I.Vernadskiy (rus olimi 1863-1945) XX asrning 30-yillarida «noosfera» tushunchasiga butunlay boshqacha ma’no yukladi. U noosfera biosferani va umuman tabiatni o‘zgartirishga qaratilgan inson faoliyati natijasidir hozirgi bosqichda insoniyat qudratli geologik kuchga aylanadi, degan xulosaga keldi13. Uning fikricha, Er atrofida kelib chiqishi antropogen xususiyatga ega bo‘lgan «parda» vujudga keladi, ammo bu ideal soha emas, balki biosferaning rivojlanishidagi muayyan bosqichdir. Bunda odamlarning ongli o‘zgartiruvchi faoliyati amalda mazkur rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchiga aylanadi, shu tariqa yuzaga kelgan «aql-idrok sohasi» esa moddiy hodisa hisoblanadi, chunki biosferaga ham, inson aql-idrokiga ham, uning faoliyatiga ham materialistik nuqtai nazardan yondashiladi. Xulosalar. Insoniyat jiddiy ekologik tangliklar xavfi bilan to‘qnash kelgach, odamlar xulq-atvorining axloqiy tomoni ayniqsa muhim ahamiyat kasb etdi va endilikda «jamiyat-tabiat» tizimida muammolar keskinlashuvidan oldingiga qaraganda o‘zgacha ma’noga ega, zero, inson o‘z faoliyatida asosiy e’tiborni biosferaga qaratishi lozim. YUzaga kelgan vaziyatda bu odamlarning yangicha axloqqa asoslangan tegishli xulq-atvorini taqozo etuvchi ob’ektiv zaruriyatdir. Mazkur axloq insoniyat bu sohada erishgan eng sara yutuqlarni aks ettiribgina qolmasdan, balki hozirgi hayotning eng muhim muammolarini ham hisobga olishi lozim.

Download 286.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling