Ijtimoiy fanlar


Ijtimoiy ongning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 286.3 Kb.
bet26/52
Sana22.10.2023
Hajmi286.3 Kb.
#1716187
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   52
Bog'liq
Ijtimoiy fanlar

Ijtimoiy ongning o‘ziga xos xususiyatlari
Inson ongini ilmiy tushunish yo‘lidagi birinchi qadam odamzot ongi uning miyasi va fiziologiyasi bilan uzviy bog‘liq bo‘lsa-da, lekin ular umuman jonsiz yoki jonli tabiat bilan mutlaqo bog‘lanmaydigan alohida narsa sifatida mavjud ekanligini tan olish bilan bog‘liqdir.
Individual ong inson miyasining ob’ektiv borliqni ideal obrazlarda aks ettirish va bu obrazlardan fikrlash jarayonida foydalanish qobiliyati. Uni bevosita kuzatish mumkin emas. Ong faqat inson miyasi ishining natijasi, uning xossasi sifatida, shuningdek ong namoyon bo‘lishining fikrlar, g‘oyalar, e’tiqodlar, qadriyatlar, mo‘ljallar va shu kabilar tarzida ifodalangan turli shakllari orqali tadqiq etilishi mumkin. Ijtimoiy borliqning o‘ziga xos xususiyatlariga nazar tashlasak, u borliqning boshqa barcha shakllaridan butunlay farq qiladi. YAxlit holda olingan ijtimoiy «organizm» hayvonlar podasidan butunlay farq qiladi. Jamiyatning bu o‘ziga xos, betakror xususiyati falsafada «ijtimoiy ong», «jamoa aqli», «ob’ektivlashgan ma’naviyat» va hokazolar deb ataladi. U har xil shakllarda namoyon bo‘ladi.
Bilish nazariyasining predmeti va uning o‘ziga xos xususiyatlari
Bilish nima? Bilish – moddiy olamning inson ongida in’ikos etish jarayonidir, aniqrog‘i, bilish oddiy mexanik holdagi aks etish bo‘lmay, balki ob’ektiv olamdagi narsa-xodisalarning inson miyasida umumlashtirilgan, abstraktlashgan holdagi, ilmiy tushunchalar shaklida aks etishdir. Dunyoning moddiyligini va uning rivojlanish qonunlarining inson ongida in’ikos etishni e’tirof qilish ilmiy falsafa bilish nazariyasining asosidir. Fan qonunlari tabiat va jamiyatda inson ongiga bog‘liq bo‘lmagan holda yuz beradigan ob’ektiv jarayonlarning in’ikosidan boshqa narsa emas. Falsafaning bilish nazariyasi asosan quyidagilarga asoslanadi.
- ob’ektiv olam bizning sezgi va tasavvurlarimizga bog‘liq bo‘lmagan holda undan tashqari mavjud, ob’ektiv olam – inson sezgi va tasavvurlari manbai;
- inson dunyo va uning rivojlanish qonuniyatlarini bilish mumkin. Inson sezgi, tasavvur va tushunchalarida o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan olam mazmunini in’ikos ettiradi. Masalan, nemis fiziologi Gelmgolsning ilgari surgan simvollar nazariyasiga muvofiq, inson avvalo o‘z sezgirlarida tashqi olamni yaratadi. O‘z sezgilarini narsa, xodisaga aylantiradi, keyin esa uni bilishga intiladi. U buyum obrazini buyumning o‘zi bilan tenglashtiradi. Sezgi ob’ektiv olam obrazi bo‘lmay, olamning o‘zi bo‘lib qoladi. Demak ushbu simvollar nazariyasiga ko‘ra narsa bilan narsaning tasavvuri orasida farq yo‘q. Kundalik amaliy bilim.Tabiat haqida, shuningdek odamlarning o‘zlari, ularning yashash sharoiti, ijtimoiy aloqalari va hokazolar to‘g‘risida elementlar bilimlar beruvchi kundalik-amaliy bilimlar bilishning tarixan eng birinchi shakli hisoblanadi. Kundalik bilim – bu har xil faoliyat shakllari – jumladan ishlab chiqarish faoliyati, estetik faoliyat, siyosiy faoliyat va hokazolarning ta’sirida shakllanadigan turmush bilan bog‘liq tushunchalar majmui avlodlar to‘plagan jamoa kollektiv tajribasi mahsuli hisoblanadi. O‘yin vositasidagi bilim nafaqat bolalar, balki kattalar faoliyatining ham muhim unsuri hisoblanadi. O‘yin jarayonida shaxs qizg‘in bilish faoliyatini amalga oshiradi, bilimlarning katta hajmini o‘zlashtiradi, madaniy boylik – ishga doir o‘yinlar, sport o‘yinlari, aktyorlarning o‘yinlari va shu kabilarni qon-qoniga singdiradi. Masalan, Xaydegger o‘yinni madaniyat shakllanishining umumiy tamoyili, har qanday davrda kishilik jamiyatining negizi deb hisoblaydi. Gadamer fikriga ko‘ra, o‘yin – san’at asarlarining mavjudlik usuli, mazkur asarlarning mavjudligi esa, o‘z navbatida, haqiqatni aniqlashning muhim usulidir1. Mifologik bilim insoniyat tarixining dastlabki bosqichida muhim rol o‘ynagan. Mifologik bilimning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u borliqning fantastik in’ikosi hisoblanadi. Mifologiya doirasida tabiat, koinot va odamlar, ular mavjudligining shart-sharoitlari, aloqa shakllari va hokazolar haqidagi muayyan bilimlar shakllangan. Badiiy bilimborliqni tushunib etish refleksiyaning o‘ziga xos shakli bo‘lib, u san’at borlig‘ining barcha bosqichlarida – asar g‘oyasidan boshlab uning odamlar tomonidan qabul qilinishigacha – o‘ziga xos tarzda ro‘yobga chiqadi. Diniy bilim insoniyat to‘plagan tajribaga tayanib, inson hayotining muhim ko‘rinishlari, chunonchi: oila va turmushdagi xulq-atvor, axloqiy qoidalar, mehnat, tabiat, jamiyat va davlatga munosabatni tartibga soladi. Dinning asosiy vazifasi – inson hayoti, tabiat va jamiyat borlig‘ining mazmunini aniqlashdan iborat. Falsafiy bilim. Falsafa san’at va din kabi, bilish vazifalarini echish bilangina kifoyalanmaydi. Uning bosh vazifasi san’at va din bilan uyg‘un holda– insonning dunyoda ma’naviy mo‘ljal olishiga ko‘maklashishdan iborat Ilmiy bilim. Bilishning eng oliy shakli fandir. Ayrim fanlarning vakillari fanni ta’riflar ekanlar, uni muayyan tadqiqotlar sohasi bilan bog‘laydilar. Ilmiy bilim boshqa bilim turlaridan o‘zining aniqligi bilan ajralib turadi. Ilmiy bilim, ma’naviy ishlab chiqarishning barcha shakllari kabi, pirovardida inson faoliyatini tartibga solish uchun zarur. Shaxsiy bilim. Polani fikriga ko‘ra, shaxsiy bilim muqarrar tarzda intellektual salohiyatni talab qiladi. Unda nafaqat bilish borlig‘i, balki bilishga harakat qilayotgan shaxs, uning bilimga qiziqishi, bilimni talqin qilish va undan foydalanishga nisbatan shaxsiy yondashuvi, uni o‘ziga xos tarzda anglab etishi mujassamlashadi. Ijtimoiy bilimasosan o‘zi o‘rganayotgan borliqning sifat tomonini tavsiflashga qarab mo‘ljal oladi. Bu erda hodisalar va jarayonlar miqdor va umumiylik nuqtai nazaridan emas, balki sifat va xususiylik nuqtai nazaridan o‘rganiladi. Bilim haqidagi qarashlarida Gobbs Dekartning tug‘ma g‘oyalar nazariyasini tandiq qiladi. U barcha g‘oyalar sezgilarga bog‘laydi, g‘oyalarni taqqoslash, birga qo‘shish va taqsimlash yo‘li bilan qayta ishlash haqidagi ta’limotni rivojlantirdi2. Xulosalar. Ishlab chiqarishni axborotlashtirish va avtomatlashtirish ishchilar va xizmatchilarga turli talablar qo‘yib, ularni bevosita ishlab chiqarish jarayonidan olib chiqadi va mazkur jarayon bilan bir qatorda turuvchi sub’ektlarga aylantiradi. Inson shaxsining o‘ziga xosliklarini namoyon etish uchun shart-sharoit va ijtimoiy erkinlikni rivojlantirish uchun imkoniyat yaratiladi. Bir kasbiy faoliyatdan boshqa kasbiy faoliyatga o‘tish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar paydo bo‘ladi.

Download 286.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling