Ijtimoiy fanlar
Download 286.3 Kb.
|
Ijtimoiy fanlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Harakat va rivojlanish
"Metafizika" (yunon.— fizikadan keyin) - dialektika kabi universal metoddir. Bu so‘z ilmiy muomalaga er. av. I asrda Aristotelning shogirdi, uning she’rlari sharhovchisi Rodosskiy tomonidan kiritildi. Mutafakkir asarlarini bir tizimga solar ekan, u borliq va bilish haqidagi umumiy masalalarni fizikadan so‘ng "birinchi falsafa"ning (mohiyat, sabab va boshqa) ikkinchi falsafadan farqli xususiy-ilmiy bilimlarni o‘rganadigan qismi sifatida talqin qilgan.
Sofistika. Sofistika falsafiy metodlar jumlasidan bo‘lib, qadimgi YUnonistonda mil. av. V va IV asrning birinchi yarmida ijtimoiy-siyosiy hayotda xususiy bir yo‘nalish sifatida paydo bo‘lgan.Sofistika — qarama-qarshi fikrlar asosida ixtiyoriy tanlangan foydali mulohaza bo‘lib, uning yordamida har qanday narsa yoki fikrni isbotlay olish mumkin. Masalan, Aristotelning yozishicha, bir afinalik ayol o‘g‘liga, jamoa ishlariga aralashma, chunki agar to‘g‘ri gapirsang, seni odamlar; yolg‘on so‘zlasang — Xudolar yomon ko‘radi, degan ekan. Sofizmga ko‘ra afinalik ayolga shunday rad javobi berish mumkin: sen jamoa ishlarida ishtirok qilishing kerak, chunki to‘g‘ri so‘zli bo‘lasan va buning uchun seni Xudolar ham, odamlar ham yaxshi ko‘radi.. 2.Harakat va rivojlanish Bizni qurshagan dunyoning yana bir muhim xususiyati – Koinotda va uning barcha tarkibiy qismlarida yuz beradigan tinimsiz o‘zgarishlardir. Tabiatning o‘zgaruvchanligi falsafa paydo bo‘lishidan ancha oldin yaxshi ma’lum bo‘lgan, falsafa vujudga kelgach esa, masalalarning mazkur doirasi alohida o‘rganish predmetiga aylandi va vaqt o‘tishi bilan uning negizida falsafiy bilimlarning maxsus bo‘limi – dialektika yuzaga keldi. Uning (yaxlit ta’limot sifatidagi) ildizlari qadimgi yunon falsafasiga, xususan «Hamma narsa oqib, o‘zgarib turadi», «Ayni bir daryoga ikki marta tushib bo‘lmaydi» kabi mashhur iboralar muallifi Geraklit ijodiga borib taqaladi. SHundan beri ob’ektiv borliqning turli-tuman miqdor va sifat o‘zgarishlarini ifodalash uchun «harakat» va «rivojlanish» kategoriyalari qo‘llaniladi. Harakatni o‘rganishning muhimligini barcha faylasuflar teran anglagan. Aristotel harakatni bilmaslik sabablarni bilmaslikka olib keladi, deb hisoblagan va borliqning turlari qancha bo‘lsa, harakat va o‘zgarishlarning turlari ham shuncha, deb qayd etgan. Uning fikricha, «Miqdor uchun ko‘payish va kamayish, sifat uchun – o‘zgarish, makon uchun – ko‘chib yurish, mohiyat uchun – vujudga kelish va yo‘q bo‘lish mavjud»1. Masalan, ingliz faylasufi Jon Toland (1670-1722) dinni tanqid qilar ekan, harakatni materiya atributi, deb hisoblaydi. U «Men harakatni materiyaning muhim xossasi, deb bilaman. Boshqacha aytganda, o‘tkazmaslik va ko‘lamlilik materiya tabiatiga qanday xos va u bilan uzviy bo‘lsa, harakat ham materiya tabiatiga shunday xos va u bilan uzviydir. Binobarin, harakat materiya ta’rifidan uning tarkibiy qismi sifatida o‘rin olishi lozim»2, deb yozgan. J.Toland harakatning barcha shakllarini mexanikaga bog‘lamagan, balki uni umumiy ichki faollik sifatida tushungan. Harakatning atributliligini fransuz faylasufi Deni Didro (1713-1784) ham isbotlashga harakat qilgan. Uning fikriga ko‘ra, «Mutlaq harakatsizlik tabiatda mavjud bo‘lmagan abstrakt tushunchadir», «Harakat materiyaning uzunlik, chuqurlik, kenglik kabi haqiqiy xossasidir»3. D.Didro mexanitsizmni, ya’ni harakatni makonda ko‘chib yurishgagina bog‘lashni rad qilishga harakat qildi. U tabiat abadiy harakat va rivojlanishda bo‘ladi, deb hisoblagan. Uning fikricha, borliq bir shaklda halok bo‘ladi va boshqa shaklda vujudga keladi, materiyaning faolligini o‘z-o‘zidan harakat g‘oyasi bilan tushuntirish mumkin. Download 286.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling