Ijtimoiy fanlar va texnika fakulteti iqtisodiyot kafedrasi,,iqtisodiyot nazariyasi


I BOB IQTISODIY MUVOZANATLIKNING NAZARIY ASOSLARI


Download 254.5 Kb.
bet3/9
Sana13.07.2023
Hajmi254.5 Kb.
#1660050
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
s5 mmt DILSHOD SH

I BOB IQTISODIY MUVOZANATLIKNING NAZARIY ASOSLARI
1.1. Iqtisodiy muvozanatlik tushunchasi va uning mohiyati
Iqtisodiy muvozanatlik erkin raqobat bozorida barcha xaridorlar tengligi, iqtisodiy vaziyat barqarorligi kabi qator shart-sharoitlarni ham taqazo qiladi.
Real hayotda iqtisodiyot doimiy harakatda va to'xtovsiz rivojlanish holatida bo'ladi. Iqtisodiy tsikl fazalarida, bozor konbyukturasi, bozor sub’ektlari daromadlari va talabi tarkibida o'zgarishlar ro'y berib turadi.
Bularning hammasi muvozanatli holatni turg'un iqtisodiyotdagi shartli umumiy muvozanatlik sifatida qarab chiqishni taqazo qiladi.
Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda asosan ikkita ozaro bog'liq usuldan foydalaniladi: 1. Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli. 2. Jamg'arma va investitsiyalarni taqqoslash usuli.
Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash uchun ishlab chiqarish umumiy hajmining miqdoriy ko'rsatkichi sifatida sof milliy mahsulot (SMM), iqtisodiy otda yalpi sarflar sifatida iste’mol hajmi va investitsiyalarga sarflarning umumiy summasi (S+Ip) olinadi. Iqtisodiyotning muvozanatli darajasi — bu ishlab chiqarishning shunday hajmiki, u ishlab chiqarish mazkur hajmini sotib olish uchun yetarli umumiy sarflarni ta’minlaydi. Boshqacha aytganda, sof milliy mahsulot muvozanatli darajasida ishlab chiqarilgan tovarlarning umumiy miqdori (SMM) xarid qilingan tovarlar umumiy miqdoriga (S+Ip) teng bo'ladi.
To'liq bandlik sharoitida yalpi sarflar SMM hajmi bilan mos kelmasligi mumkin. Bu mos kelmaslik retsession yoki inflyatsion farqda ifodalanadi. Yalpi sarflarning SMM hajmidan kam bo'lgan miqdori retsession, yalpi sarflarning SMM hajmidan ortiqcha bo'lgan miqdori inflyatsion farq deyiladi.
Jamg'arma va investitsiyalarni taqqoslash usulining mohiyati shundaki, ishlab chiqarilgan mahsulotning har qanday hajmi shunga mos daromad hajmini beradi. Biroq aholi bu daromadning bir qismini iste’mol qilmasdan jamg'arishga qo'yish mumkin. Jamg'arish, sarflar - daromadlar oqimidan potentsial sarflarni olib qo'yish hisoblanadi. Bunda jamg'armaga qo'yilgan mablag' investitsiyalar bilan to'liq qoplansa, yalpi sarflar ishlab chiqarish hajmiga teng bo'ladi.
Investitsion sarflarning ko'payishi, ishlab chiqarish hajmi va daromad darajasining o'sishiga olib keladi. Bu o zaro natija mulbtiplikator samarasi deyiladi. Mulbtiplikator samarasi- bu sof milliy mahsulotdagi o'zgarishning sarflardagi (investitsiyalardagi) o'zgarishga nisbati.
SMM dagi o'zgarish = mulbtiplikator x Investitsiyalardagi o'zgarish.
Agar investitsion sarflarning 5 mlrd. so'mga ko'payishi, sof milliy mahsulotning 20 mlrd. so'mga ortishiga olib kelsa mulbtiplikator samarasi 4 ga (20:5), SMMdagi o'zgarish 20 mlrd. so'mga (4x5) teng bo'ladi.
Investitsion sarflardagi o'zgarishdan tashqari iste’mol, davlat xaridi yoki eksportdagi o'zgarishlar ham mulbtiplikator samarasiga ta’sir ko'rsatadi.
Mulbtiplikator samarasi ikkita holatga asoslanadi. Birinchidan, iqtisodiyotda bir sub’ekt tamonidan qilingan sarf, boshqasi tomonidan daromad shaklida olinadi. Ikkinchidan, daromaddagi har qanday o'zgarish iste’mol va jamg'arishda xuddi shunday yo'nalishda o'zgarish bo'lishiga olib keladi.
Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda yuqoridagi usullardan tashqari balans usulidan va «xarajat va natija» larni taqqoslash usulidan ham foydalaniladi.
Balans usulida tarmoqlararo balans, moddiy, moliyaviy va ishchi kuchi balanslaridan foydalanilib iqtisodiyotdagi muvozanatlik darajasiga baho beriladi.
«Xarajat va natija»larni taqqoslash usulida ishlab chiqarishga qilingan iqtisodiy resurs xarajatlari miqdori olingan mahsulot hajmi bilan taqqoslanib muvozanatlik darajasi tahlil qilinadi.


Download 254.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling