Ijtimoiy fanlar va texnika fakulteti iqtisodiyot kafedrasi,,iqtisodiyot nazariyasi


Download 254.5 Kb.
bet7/9
Sana13.07.2023
Hajmi254.5 Kb.
#1660050
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
s5 mmt DILSHOD SH

2.2. O‘zbekistonda iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish, diversifitsiyalash va modernizatsiyalash asosida mutanosibli rivojlantirish

Mavjud iqtisodiy tizimni butunlay yangi tartiblar asosida isloh qilish iqtisodiyotning rivojlanishidagi turli nomutanosibliklar hamda tanglik holatlarini keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘lida iqtisodiyotni jonlantirish, bir tekis rivojlantirish va barqarorlashtirish jarayoni qonuniy bosqich hisoblanadi1. Barqarorlashtirish jarayoni iqtisodiy rivojlanishda inqiroz holatlarining oldini olish uchun ishlab chiqarish va chiqarilayotgan mahsulot tarkibini o‘zgartirishga yo‘naltiriladi. Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning dastlabki davrida barqarorlashtirish siyosatidan ko‘zda tutilgan maqsad eng avvalo, makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab chiqarishni keskin darajada pasayishining oldini olish va ommaviy ishsizlikning kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat bo‘ldi. Shu bilan birga bu siyosat pul emissiyasini boshqarish, uning qadrsizlanishining oldini olish, mamlakat to‘lov balansini bir me’yorda saqlash kabi maqsadlarni ham o‘z ichiga oladi.


Respublikada barqarorlashtirish siyosatini ishlab chiqishda jahon tajribasida sinalgan yondashuvlar hisobga olinib, ishlab chiqarish sohalariga ustunlik berildi. Moddiy ishlab chiqarish sohalarining rivojlanishida ularni tarkiban qayta qurish talablari ham ko‘zda tutildi. Bunda asosiy e’tibor katta istiqbolga ega bo‘lgan, butun iqtisodiyotning rivojlanish tamoyillarini belgilab beradigan yetakchi tarmoq va sohalarga qaratildi.
Iqtisodiyotda zarur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirgunga qadar ishlab chiqarish hajmining pasayib ketishiga barham berish eng muhim maqsad bo‘lib qoladi. Shu sababli respublikada 90-yillarning o‘rtalaridayoq makroiqtisodiy barqarorlik sohasida ishlab chiqarish sur’atlari pasayishining sekinlashuvi ko‘zga tashlandi, ayrim ko‘rsatkichlar bo‘yicha esa o‘sishga erishildi.
Keyingi yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotining yuqori barqaror sur’atlar bilan o‘sishi va makroiqtisodiy mutanosibligi ta’minlandi, ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish va modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash ishlari davom ettirildi.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari hamda ularni ta’minlash borasidagi vazifalarning aniq belgilab olinishi va izchil ravishda amalga oshirilishi natijasida mamlakatimizda asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning bajarilishida ahamiyatli yutuqlarga erishilmoqda.
Mamlakatimizda YaIMning nafaqat miqdoran o‘sib borishi, balki uning tarkibiy tuzilmasining sifat jihatidan takomillashib borishi ham alohida e’tiborga molik. Bunda uning o‘sishiga ta’sir ko‘rsatgan omillar tahlili, ya’ni qo‘shilgan ulushlarning tarkibi hamda YaIMning o‘sishiga qo‘shgan hissasini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirishni ta’minlaydigan kimyo, neft-gaz va neft-kimyo sanoatini, mashinasozlik, metallni qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish, engil, oziq-ovqat sanoatining yuqori texnologiyalarga asoslangan tarmoqlarini va boshqa sohalarni yuksak darajada rivojlantirish oldimizga qo‘yilgan maqsadlarga erishishning asosiy manbai bo‘lishi darkor.
Respublika milliy iqtisodiyotida erishilgan bu ijobiy natijalar tarkibiy qayta qurishlar asosida butunlay yangi iqtisodiyot majmuasining bunyod etilganligi, birinchi navbatda eng muhim makroiqtisodiy va takror ishlab chiqarish nisbatlarini davlat tomonidan samarali tartibga solishning natijasi hisoblanadi. Bunda asosiy e’tibor iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi, hududlarning tarkibiy tuzilishini takomillashtirishga qaratiladi.
Tarkibiy siyosatning hududiy jihatlarini ta’minlash odamlar turmush darajasida vujudga kelgan hududiy nomutanosiblikni bartaraf etish, resurslar va ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanishga erishishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Shuningdek, bunda ishlab chiqarilayotgan mahsulot turini o‘zgartirish, uning sifatini yaxshilash va mahsulot tayyorlashga ketadigan jami xarajatlarni kamaytirish talablari ham hisobga olinadi.
Iqtisodiyot tuzilishidagi o‘zgartirishlar, chetdan mahsulot olib kelishni qisqartirish, iqtisodiyotning xomashyo etishtirishga qartilgan bir tomonlama yo‘nalishini bartaraf etish va uning eksport imkoniyatini kengaytirish, tarmoqlar ichidagi va hududiy jihatdan vujudga kelgan nomutanosibliklarni bartaraf etish asosida iqtisodiyotning mutanosib va barqaror rivojlanishini ta’minlash vazifalarini hal etish bilan bog‘liqlikda amalga oshirildi.
Shu vazifalardan kelib chiqib, iqtisodiyot ichki tuzilishidagi o‘zgarishlar – respublikaning energetika va oziq-ovqat mustaqilligini ta’minlovchi tarmoqlarni rivojlantirishga qaratildi. Bunda birinchi navbatda eng muhim o‘zak tarmoqlarni – neft va gaz sanoatini, energetikani, rangli metallurgiya sanoatini, mashinasozlik majmuasini, qishloq xo‘jalik va agrosanoat majmuasining boshqa sohalarini rivojlantirishga ustunlik beriladi.
Iqtisodiyotning takror ishlab chiqarish tuzilishini tubdan o‘zgartirish asosida umumiqtisodiy barqarorlikka erishishda iste’mol bilan jamg‘arish fondi o‘rtasidagi eng maqbul mutanosiblikni ta’minlash asosiy o‘rin tutadi. Iste’mol fondining eng maqbul darajasiga erishish – ichki bozorda talab bilan taklif o‘rtasida mutanosiblikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli davlat eng muhim makroiqtisodiy takror ishlab chiqarish nisbatlarini tartibga solib turuvchi omillarga ko‘proq e’tibor berdi.
Nomoddiy ishlab chiqarish sohasida tarkibiy qayta qurishlar faol investitsiya siyosatini o‘tkazish orqali amalga oshirildi. Shu sababli respublika investitsiya bazasini rivojlantirishga katta e’tibor berilib, bunda o‘z sarmoyalarimiz, tashqi kreditlar, bevosita investitsiyalar va ularning barcha manbalaridan o‘rinli foydalanish ko‘zda tutildi. Tashqi investitsiyalarni jalb qilishda bevosita investitsiyalar tarzida, davlat qarzlari, xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar, qarz beruvchi mamlakatlar moliyaviy-kredit resurslari shakllarida amalga oshirilishi mumkin.
Tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish jarayonida mahalliy xomashyo va tabiiy imkoniyatlar asosida ishlaydigan, ilg‘or zamonaviy texnologiyalarni joriy etgan holda, nafaqat ichki, balki tashqi bozorda ham raqobatga bardosh beradigan mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga qaratilishi zarur.
Iqtisodiyotni mutanosib rivojlantirishda uzoq muddatli dastur ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etib, unda iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlarini modernizasiya qilish va texnik yangilash, mamlakatimizning yangi marralarni egallashi uchun kuchli turtki beradigan va jahon bozorida raqobatbardoshligini ta’minlaydigan zamonaviy innovasiya texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha maqsadli loyihalar ishlab chiqilib amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi
Farmonida “Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish” maqsadida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar ko‘rsatib berilgan1. Jumladan,

  • milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat, xizmat ko‘rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko‘paytirish;

  • ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish;

  • yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, va hokazo.




Download 254.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling