Ijtimoiy fanlar va texnika fakulteti iqtisodiyot nazaryasi fanidan
O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy o’sish va davlat siyosati
Download 230.18 Kb.
|
IQTISODIY O\'SISH TURLARI
2.2 O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy o’sish va davlat siyosati
Respublikamizda fan-texnika yutuqlaridan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini rivojlantirish va natijalarni ishlab chiqarishga zudlik bilan qo’llash maqsadida yirik-yirik loyihalar ishlab chiqilgan va amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari respublika ta’lim tizimida keskin yangiliklar qilinmoqda. Ya’ni, respublikada ko’p bosqichli «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. Ushbu dasturga asosan yoshlarni xalqaro talablarga javob beradigan darajada o’qitishni ta’minlash bo’yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Iqtisodiy o’sishga mamlakatning soliq tizimi ham sezilarli ta’sir qiladi. Soliqqa tortish stavkalarini kamaytirish va amortizatsiya ajratmalari me’yorining o’sish tomon o’zgarishi investitsiyalar hajmini ko’paytiradi va shu orqali iqtisodiy o’sishni rag’batlantiradi. Umuman, ijtimoiy va ekologik muammolar kuchaygan deyarli barcha mamlakatlarda iqtisodiy o’sishga eng avvalo aholi farovonligini ta’minlashning sharti sifatida qaralmoqda. Chunki, iqtisodiy o’sish sur’atlarini ta’minlash zarurligi sababli rivojlangan mamlakatlarda amal qilgan iqtisodiy o’sishning miqdoriy nazariyasi o’z o’rnini iqtisodiy o’sishning sifat nazariyasiga bo’shatib berdi. Uning asosiy mohiyati kslajak avlodlar ehtiyojini va aholining kambag’al qatlamlari ehtiyojini hisobga olishdadir. Davlat siyosati iqtisodiy o’sishning quyidagi muammolarini hal etishga yo’naltirilgan: iste’mol darajasi yuqori bo’lgan, iqtisodiyotning barqaror holatini ta’minlashga qaratilgan omonat jamg’arish me’yorlarini tanlash; aholi o’sishini tartibga solish; fan-texnika taraqqiyotining ekologik jihatdan xavfsiz yutuqlarini joriy etish va mehnat unumdorligini oshirish. Iqtisodiy o’sishning ijtimoiy yo’naltirilganligi kuchayib borishi bilan iqtisodiy nazariya va amaliyotda xalq farovonligi tushunchasi jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining eng muhim mezonlari sifatida yanada aniqlashmokda va kengaytirilmoqda. Agarda ilgarilari uni moddiy ta’minlanganlikning miqdoriy ko’rsatkichlari aks ettirgan bo’lsa, hozirda birinchi o’ringa o’rtacha umr ko’rish, o’lim darajasi, shu jumladan, bolalar o’limi, ishsizlik darajasi, daromadlar tengsizligi, ta’lim darajasi, atrof-muhitning ifloslanishi va boshqa shu kabi ko’rsatkichlar qo’yilmotsda. Ya’ni, iqtisodiy o’sish shaxsning rivojlanib borishi uchun sharoit yaratib bsrishi lozim. 2013 yilda O’zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YaIM) ishlab chiqarish hajmi 8,0 foizga o’sdi. Yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlari iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida tizimli va islohotlarning izchil amalga oshirilishi hisobiga erishilmoqda. Xususan, tashqi va ichki bozor talablari asosida iqtisodiyotni chuqur tarkibiy o’zgartirish va diversifikatsiyalash jarayonlarining izchil amalga oshirilayotganligi; ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilashni jadallashtirish, yo’l-transport va kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish hisobiga iqtisodiyotning raqobatdoshligini oshirish; bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, raqobatni kuchaytirish, hududlarni ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash hamda ish o’rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan dasturiy vazifalarning o’z vaqtida bajarilayotganligi; ichki talabni aholi bandligi va real daromadlarining oshishini ta’minlash hisobiga rag’batlantirish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash bo’yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi; qishloq xo’jaligini isloh etish bo’yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi, qishloqda bozor munosabatlarini joriy etish va xususiy mulkchilik shakllarini rivojlantirish, fermerlik harakatini qo’llab-quvvatlash uchun huquqiy, tashkiliy hamda moliyaviy shart-sharoitlarning yaratib berilishi, qishloq xo’jaligida ilg’or ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy qilish ko’lamining kengaytirilishi; respublika moliya-bank tizimini yanada rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, uning faoliyatini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish borasida keng ko’lamli chora-tadbirlarning amalga oshirilishi iqtisodiyotning yuqori sur’atlarda o’sishiga zamin yaratmoqda. 2013 yilda mamlakat iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish hajmlarining yuqori sur’atlarda o’sishi kuzatildi. Xususan, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish umumiy hajmi 2012 yilga nisbatan 8,8 foizga oshdi. Sanoatda yuqori o’sish sur’atlari yuqori texnologiyalarga asoslangan mashinasozlik va metallni qayta ishlash (o’sish sur’ati 21 foiz), engil sanoat (13 foiz), qurilish materiallari (13,6 foiz) hamda oziq-ovqat (9 foiz) sanoati tarmoqlarida kuzatildi. 2013 yilda qishloq xo’jaligida mahsulot ishlab chiqarish hajmi 2012 yilga nisbatan 6,8 foizga oshdi. Shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlarini etishtirish 6,4 foizga, chorvachilik mahsulotlarini etishtirish esa 7,4 foizga oshdi. 2013 yilda ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 13,5 foizga o’sib, uning YaIM tarkibidagi ulushi 53,0 foizni tashkil etdi. XULOSA Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi ko’p omilli va ziddiyatli jarayon hisoblanib, u asosan iqtisodiy o’sishda namoyon bo’ladi. Iqtisodiy o’sish bеvosita yalpi ichki mahsulot miqdorining mutloq hajmi va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy rеsurs xarajatlari birligi hisobiga ko’payishi hamda sifatining yaxshilanishida va tarkibining takomillashuvida ifodalanadi. Iqtisodiy o’sish sur’atining ahamiyatini iqtisodchilar tomonidan qo’llaniluvchi «70 miqdori qoidasi» yordamida ham ochib bеrish mumkin. Bu qoidaga ko’ra, milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilayotgan YaIM hajmini 2 baravarga oshirishda qancha vaqt talab etilishini aniqlash uchun 70 sonini yillik o’sish sur’atiga bo’lish kеrak bo’ladi. Iqtisodiy o’sishning ekstеnsiv va intеnsiv turlari mavjud. Ishlab chiqarishning avvalgi tеxnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko’payishi orqali o’sish ekstеnsiv iqtisodiy o’sish dеyiladi. Ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish, yanada ilg’or ishlab chiqarish vositalarini va yangi tеxnikani qo’llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdеk mavjud ishlab chiqarish potеntsialidan yaxshiroq foydalanish yo’li bilan mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish intеnsiv iqtisodiy o’sish dеyiladi. Iqtisodiy o’sishga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: taklif omillari va taqsimlash omillari. Taklif omillariga tabiiy rеsurslarning miqdori va sifati; mеhnat rеsurslari miqdori va sifati; asosiy kapital (asosiy fondlar) ning hajmi; tеxnologiya va fan-tеxnika taraqqiyotini kiritish mumkin. Rеsurslarning o’sib boruvchi hajmidan rеal foydalanish va ularni kеrakli mahsulotning mutloq miqdorini oladigan qilib taqsimlashga xizmat qiluvchi omillar taqsimlash omillari dеyiladi. Iqtisodchi olimlarning iqtisodiy o’sish omillarini o’rganish hamda uning kеlgusidagi natijalarini bashorat qilish borasidagi tadqiqotlari pirovardida turli iqtisodiy o’sish modеllarining yaratilishiga olib kеldi. Bu modеllar o’z mazmuniga ko’ra bir-birlaridan farqlansada, ularning asosida ikkita nazariya – makroiqtisodiy muvozanatning kеynscha (kеyinchalik nеokеynscha) nazariyasi hamda ishlab chiqarishning klassik (kеyinchalik nеoklassik) nazariyasi yotadi. Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg’arilgan moddiy, nomoddiy va intеllеktual hamda tabiiy boyliklardan iboratdir. Jamiyatda hamda iqtisodiyotning soni va sifati o‘sishi bilan iqtisodiy o‘sish jarayoni belgilanadi. Iqtiosdiy jarayonlardagi o‘zgarishlar o‘zi orqali boshqa kata o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi, ya’ni, institutlardagi ijtimoyi o‘zgarishlarni olib keladi. Gap medernizasiya haqida bormoqda, iqtisodiy reja ijtimoyi va huquqiy tenglikni ta’minlash. Fuqarolarning ishlab topgan sof foydasi institutsion reformalar, yer bo‘yicha savodxonligi, salmoqni saqlash, davlatni yuritish, mehnatsevarlikni ta’minlash, haqiqiylik o‘z-o‘ziga ishonish, o‘zgarishlarga tayyorlik. Download 230.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling