Ijtimoiy fanlar


Garchi amerikalik olim R.Xartli «axborot» tushunchasini texnik aloqa


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/132
Sana11.10.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1699103
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   132
Bog'liq
UMK media PDF

Garchi amerikalik olim R.Xartli «axborot» tushunchasini texnik aloqa 
kanallari bo‘ylab tarqatiluvchi ma’lumotlarning miqdoriy mezonini belgilash 
uchun 1928 yilda birinchi marta ilmiy muomalaga kiritgan bo‘lsa-da, bu atamaga
jiddiy e’tibor 1948 yildangina qaratila boshlagan edi. XX asrning 60-yillaridagi ko‘p 
tadqiqotlar axborotni qidirish muammolari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ayni shu davrda 
axborotni qidirish tizimi va usullari yaratildi
4
. Kibernetikaning rivojlanishi va axborot 
nazariyasi fanining maydonga kelishi bu sohaning keng miqyosda taraqqiy etishiga olib 
keldi. 
«Axborot» tushunchasi uzoq tarixi va ko‘p qirrali ma’nosiga ega. Ijtimoiy hayotda 
axborot – insonlar, faktlar, hodisalar va boshqa jarayonlar haqidagi ma’lumotni 
1
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Биринчи жилд. – Тошкент: «Ўзбекистон миллий энциклопедияси»Давлат илмий 
нашриёти, 2006.– Б.119–120. 
2
Винер Н. Человек управляющий. – СПб.: Питер, 2001.–С.24.
3
Қаранг: Чернов А.А. Становление глобального информационного общества: проблемы и перспективы.–М.: Дашков 
и К,2003.–С.13. 
4
Қаранг: Хартли Р. Передача информации // Теория информации и её приложения. – М.: Гос. изд. физ.-мат. лит., 
1959. 


28 
anglatadi. «Axborot» tushunchasiga oid tahlillardan kelib chiqib, axborot jamiyat uchun 
faqat muloqot predmeti emas, balki insonlar orasida muloqotda axborot almashinuviga 
ta’sir ko‘rsatadigan omil, deya xulosa qilish mumkin. 
«Axborot almashinuvi» tushunchasi, uning «muloqot» va «kommunikatsiya» kabi 
kategoriyalar bilan aloqadorligining tahlilga ko‘ra axborot bu – xabar, ma’lumot. Ammo 
jamiyatda axborot almashinuvining butun mexanizmini ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazaridan 
tushunish uchun «axborot»ning bunday talqini yetarli emas. Shu bois, axborotning barcha 
umumiy xususiyatari, axborot almashinuvi jarayonining hodisa sifatidagi mohiyatini 
tadqiq etish maqsadida har qanday jarayon uchun tipik bo‘lgan jihatlarga e’tibor qaratish 
maqsadga muvofiq. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling