Ijtimoiy fanlar


-Mavzu: Axborotning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/132
Sana11.10.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1699103
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   132
Bog'liq
UMK media PDF

 
2-Mavzu: Axborotning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati 
Reja: 


27 
2.1. “Axborot jamiyati” tushunchasining mazmuni va mohiyati. 
2.2. Bosma ommaviy axborot vositalari: gazeta va jurnallar 
2.3. Ta'lim va tarbiya jarayonida axborotning o'rni va ahamiyati 
2.4. Yangi O‘zbekistonda fuqarolarni faollashtirishda ommaviy axborot vositalari va 
axborotning ahamiyati 
 
Tayanch so‘z va tushunchalar: globallashuv, mediamahsulot, media makon, mobil 
aloqa, uyali jurnalistika, ommaviy axborot vositalari, ommaviy axborot vositalari, matn, 
tipologiya, fotografiya, raqamli texnologiyalar ta’lim, tarbiya, ta’lim, mantiqiy fikrlash, 
to‘liqlik, mantiqiy bo‘lmagan fikrlash, erkinlik . 
Maqsad: talabalarga bosma ommaviy axborot vositalarining muammolari, jamiyatdagi 
mediasavodxonlik va axborot madaniyati asoslari, axborotning ta'lim va ta'lim jarayoniga 
ta'siri haqida tushuncha berish. 
2.1. “Axborot jamiyati” tushunchasining mazmuni va mohiyati. 
«Axborot» tushunchasining mazmun-mohiyati, genezisi va ilmiy talqiniga 
to‘xtalib o‘tilgan, unga ko‘ra, «axborot»
1
(arabchaرابخلأ– xabar,ma’lumot), zamonaviy 
fan va texnikaning, falsafa va sotsiologiyaning asosiy tushunchalaridan biri hisoblanib, 
bir sub’ektdan ikkinchisiga turli shakl (og‘zaki, yozma, elektron va boshqa)larda 
uzatiladigan ma’lumotni anglatadi. 
Kibernetika fanining asoschisi Norbert Viner axborotni jismoniy o‘zgaruvchi 
miqdor sifatida qabul qilishni birinchi bo‘lib taklif etgan edi. Uningcha, jonli tabiat, 
jamiyat va mashinalardagi barcha boshqaruv va aloqa jarayonlari axborot uzatish, saqlash 
va qayta ishlash jarayonlari sifatida qaraladi. Ammo bu jarayonda aloqaning mazmuni 
axborot qay shaklda (yozma, og‘zaki, turli tillarda, imo-ishora, shartli signal va hokazolar 
bilan) berilganiga bog‘liq bo‘lmaydi
2

XXI asr –axborot asri, deya e’tirof etildi. Bunga asosiy sabab–ushbu asrga kelib, 
misli ko‘rilmagan ulkan hajmdagi axborotni katta tezlikda uzatish texnologiyalari paydo 
bo‘ldi. Boshqacha aytganda, axborot texnologiyalari sohasida chinakam inqilob sodir 
bo‘ldi. 1986 yilda Internetning dunyoda barqaror o‘ringa ega bo‘lishi
3
axborot va 
axborotlashtirish borasidagi, qolaversa, butun insoniyat hayotida olamshumul voqeaga 
aylandi. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling