Ijtimoiy fanlar


Mavzuni tuzatish uchun savollar


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/132
Sana11.10.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1699103
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   132
Bog'liq
UMK media PDF

Mavzuni tuzatish uchun savollar: 
1. Axloq-odob nima? 
2. Axborot axloqiga ta’rif bering. 
3. Internet insonning virtual olamiga qanday ta'sir qiladi? 
4. Internet insonning vizual dunyosiga qanday ta'sir qiladi? 
5. Axborot madaniyatining qanday jihatlari bor? 
6. “Axborot-ko‘ngilochar” atamasi nimani anglatadi? 
Adabiyot 
1. Мирзиёев Ш.М. Нияти улуғ халқнинг иши ҳам улуғ, ҳаёти ёруғ ва келажаги 
фаровон бўлади. –Т.: Ўзбекистон, 2019.
2. Маматова Я., Сулайманова С. Ўзбекистон медиатаълим тараққиёт йўлида. Ўқув 
қўлланма. Extremum-press, 2015. – 94 б. 
3. Яҳё, Муҳаммад Амин. Интернетдаги таҳдидлардан ҳимоя. Ёрдамчи ўқув 
қўлланма. Movarounnaxr, 2016. – 672 б. 
4. Федоров А.В. Медиаобразования и медиаграмотность. Учебное пособие. – М., 
2018. 
5. Медиа ва ахборот саводхонлигини шакллантиришнинг педагогик жихатлари. 
Ўқув-амалий қўлланма. – Extremum-press, 2017. – 142 б. 
 
8-Mavzu. Shaxsga yo‘naltirilgan axborot: psixologik, diniy va madaniy 
taxdidlar 
Reja: 
1. 
Axborot-psixologik xavfsizlik tushunchasi va tasnifi
2. 
Diniy tahdid va ularning kelib chiqish 


80 
3. 
Ma’ na vi y ta hd id” t us hunc has i: yo ndas hu vla r va ta lq inla r. Milliy 
nizo turlari va taxdidlar. 
1. 
Axborot-psixologik xavfsizlik tushunchasi va tasnifi
Axborotning shaxs va jamiyatga yo‘naltirilganligi. Etnik, milliy, va mintaqaviy 
muammolarga yo‘naltirilgan psixologik, diniy va madaniy taxdidlar. Milliy nizo turlari 
va taxdidlar. 
Axborot tizimida “falsifikatsiya mеtodi” (fеyk)dan foydalanish. Axborot 
manbalaridan foydalanishda shaxs madaniyatini takomili. Ko‘pmillatli jamiyatda 
tolеrantlik, bag‘rikеnglik g‘oyalariga tajovuz va taxdidlar. Hozirgi dunyoda tеrrorizm, 
ekstrеmizm va diniy tahdidlar: moslashuv va mafkuraviy kurash. Axborot 
almashinuvining rеgulyativ funkцiyasi, xavf-xatar va tahdidlar. Axborot almashinuvida 
mikro, mеzo, makro darajalari. Globallashuv sharoitida tinchlik va barqarorlikka taxdid 
soluvchi: milliy, mafkuraviy va axborot xurujlarini bartaraf etishning zamonaviy 
mеxanizm va tеxnologiyalari. 
Xavfsizlik tushunchasi bevosita shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy, texnik, 
ekologik, biologik tizimlarida normal faoliyat yuritishini kafolatlovchi tushunchadir. 
Ijtimoiy tuzilmaning, ya’ni, yaxlit jamiyatning xavfsizligi odamlar hayot tarzining 
sifatini, uning davomiyligini belgilovchi muhim mezondir. Bu o‘rinda fanda bevosita 
xavfsizlik tushunchasiga yaqin ishlatiladigan bir qator tushunchalarga izoh berish joizdir.
Ijtimoiy xavfsizlik – jamiyatda mavjud bo‘lgan turli ijtimoiy institutlar, jumladan, 
xavfsizlikni ta’minlash organlari, davlat muassalari, oila va mahalla tomonidan aholining 
turli ehtiyojlari, orzu-istaklari, maqsad-muddaolarini amalga oshirishlariga imkon berish 
bilan bog‘liq vazifalarini o‘z ichiga oladi. Bunda ayrim-alohida tabaqa yoki aholi 
qatlamining manfaatlari, ya’ni, ularning yaxshi yashashlari, uzoq umr ko‘rishlari, bir 
xududdan ikkinchisiga ko‘chib o‘tishiga aloqador xavfsizlik nazarda tutilmaydi.
Milliy xavfsizlik – bu shaxs, jamiyat, iqtisodiyot va davlatchilikning barqaror 
taraqqiyot etishi uchun xavf solishi mumkin bo‘lgan har qanday tahdidlarning oldini olish 
va ularni bartaraf etishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar tizimini bildiradi. Milliy 
xavfsizlik tashqi va ichki xavflardan yaxlit jamiyatni muhofaza qilishni nazarda tutadi.
Tashqi xavfsizlik – ikki bosqichni nazarda tutadi: umuminsoniy yoki global 
xarakterli va davlatlararo xavfsizlik masalalari. Tashqi xavfsizlik tahlil etilganda avvalo 
ekologik, harbiy, radiatsion, epidimiologik, kriminal-jinoiy, biologik va madaniy-ahloqiy 
(ekspansiyalar) turdagi xavflarni oldini olish nazarda tutiladi.
Ichki xavfsizlik esa mamlakat doirasida inson konstuitutsion xuquq va kafolatlariga 
aloqador bo‘lgan iqtisodiy diversiyalarning oldini olish va ularga yo‘l qo‘ymaslikka 
bog‘liq bo‘lgan maxsus choralarni, terroristik xurujlarning oldini olish va ularnii vaqtida 
bartaraf etish, kelib chiqishi bo‘yicha ijtimoiy, tabiiy, biologik hamda texnik asosli 
tahdidlardan jamiyat a’zolarini himoya qilishni nazarda tutadi.
Oxirgi yillarda dunyo miqyosida axborot texnologiyalarining keskin rivojlanib 
ketayotganligi, Internet tizimning barcha davlatlar, madaniy xududlar, barcha yoshdagi 
insonlar uchun qulay axborot almashinuvi vositasiga aylanib borayotganligi munosabati 
bilan xavfsizlikning o‘ziga yana bir turi axborot xavfsizligi paydo bo‘ldi.
Axborot xavfsizligi – aslida jamiyatning ob’ektiv, xolis, haqqoniy axborot 
manbaiga ega bo‘lishi uchun yaratilayotgan shartsharoitlarni nazarda tutadi. Albatta, 
bunga mustaqil axborot vositalari orqali aholiga еtib keladigan ma’lumotlar oqimi ham 
kiradi. Bu vositalar aynan mustaqil bo‘lganliklari uchun ham birinchi navbatda 
moliyaviy, qolaversa, siyosiy va boshqa tomonlardan hech bir siyosiy kuch, alohida 


81 
davlat yoki ijtimoiy qatlamning manfaatlariga xizmat qilmasliklari kerak.. Chunki 
mustaqil OAV aslida odamlarda sodir bo‘layotgan turfa xil jarayonlarga nisbatan xolis 
fikrning shakllanishiga imkon berishi lozim. Lekin amaliyotda ming afsuski, har doim 
ham shunday bo‘lavermaydi va jamiyat o‘z a’zolarini, ayniqsa yosh avlodni turli axborot 
xurujlaridan himoya qilishga majbur bo‘ladi.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling