Ijtimoiy fanlar


DXX rahbari — O‘zbekistonga xavf solayotgan tashqi va ichki tahdidlar haqida


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/132
Sana11.10.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1699103
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   132
Bog'liq
UMK media PDF

DXX rahbari — O‘zbekistonga xavf solayotgan tashqi va ichki tahdidlar haqida
40
 
Davlat xavfsizlik xizmati rahbari Ixtiyor Abdullayev davlat xavfsizligiga tahdid sifatida 
siyosiy muxolifat, diniy erkinlikning noto‘g‘ri talqin etilishi, «zararli investitsiyalar» 
va boshqa omillarni sanab o‘tdi. 
O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Ixtiyor Abdullayev davlat xavfsizligiga tahdid 
soluvchi tashqi va ichki omillarni sanab o‘tdi. 
O‘tgan payshanba kuni Oliy Majlis Senati «Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida"gi 
qonunni ma’qulladi. Hujjatga izoh berar ekan, Ixtiyor Abdullayev mamlakatda tinchlik 
va barqarorlikni ta’minlash, davlatni himoya qilish nafaqat tashqi, balki O‘zbekistonni 
2022 yilgacha rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan jamiyatning 
barcha sohalarida olib borilayotgan keng miqyosli islohotlar doirasida ichki tahdidlardan 
ham himoya qilish zarurligini qayd etdi. 
«Birinchidan, qo‘shni mamlakat shimolidagi „Islom davlati“, „Tolibonlar“ harakati, 
Turkiston islom harakati va boshqa bir qator jangari guruhlarning faollashuvi, jangovar 
harakatlarda qatnashgan Markaziy Osiyo davlatlaridan chiqqan jangarilarning turli 
mamlakatlar orqali bizga qaytib kelayotgani masalasi», — dedi u. 
«Ikkinchi jiddiy masala, bu — qo‘shni mamlakatlar bilan chegaralarimizning ochilishi, 
O‘zbekistonga kelayotgan investorlar va turistlar sonining kun sayin ortib borayotgani. 
shu o‘rinda turli diniy-ekstremistik ruhdagi adabiyotlar, giyohvandlik vositalari va qurol-
yarog‘lar olib kirishga urinishlar ehtimoli kuchayib borayotgani ham ma’lum tahdidlarni 
yuzaga keltirmoqda», — deya davom ettirdi DXX rahbari. 
Ixtiyor Abdullayev turli separatistik kuchlarning faollashuvi, ularning ba’zi chet 
el maxsus xizmatlari tomonidan moliyalashtirilayotgani, erkin e’tiqod uchun yaratilgan 
sharoitlar, diniy sohada berilgan erkinliklarni ayrim fuqarolarimiz tomonidan noto‘g‘ri 
40
2 aprel 2018, 10:59 
Siyosat
гazeta.uz/oz/2018/04/02/dxx/ 


88 
talqin qilinayotgani oqibatida diniy aqidaparastlikning kuchayib borayotganini ta’kidlab 
o‘tdi. 
«Xabarlaringiz bor, ayrim hududlarda ayrim fuqarolarimiz tomonidan salafiylik diniy 
harakati oqimiga kirib qolayotgani, soqol qo‘yishni o‘zga odat qilib olish holatlarining 
ko‘payishi, shu bilan birga ayrim fuqarolarimiz tomonidan farzandlarini turli xujralarda 
o‘qitayotganlik holatlari aniqlanayotgani, bundan tashqari, shunday holatlar ham 
aniqlanayaptiki, ayrim fuqarolarimiz o‘rta ta’lim maktablar, litseylar rahbariyatiga 
bevosita murojaat qilib, farzandlarini, ya’ni o‘g‘il bolalar va qizlarni alohida o‘qitish 
uchun sharoit yaratish to‘g‘risida talablar qo‘yayotgani, bu — fuqarolarimizni 
yaratilayotgan sharoitlarni noto‘g‘ri talqin qilayotgani holatlari vujudga kelayotganidan 
dalolat beradi», — dedi u. 
O‘zini siyosiy muxolifat deb ataydigan buzg‘unchi siyosiy kuchlarning faollashuvi 
kuzatilmoqda, dedi Davlat xavfsizlik xizmati rahbari. 
«Bizda ma’lumotlar bor, internet tarmoqlarida ham „Birlik“, „Erk“ nodavlat siyosiy 
muxolifat vakillarining partiya tashkil etish bo‘yicha Adliya vazirligiga murojaat 
etishgan. Ularning eng asosiy rejasi bugun o‘zining faoliyatini qonuniylashtirish, ertaga 
esa mamlakatimizdagi tinchlikni izdan chiqarish», — dedi Ixtiyor Abdullayev. 
Davlat xavfsizlik xizmati raisi boshqa respublikalarda faoliyat ko‘rsatayotgan 
o‘zbekistonlik mehnat migrantlari, ularning maxsus xizmatlar va diniy ekstremistik 
guruhlar tomonidan o‘z rejalarini amalga oshirishga jalb etilayotgani masalasiga ham 
to‘xtalib o‘tdi. 
Ixtiyor Abdullayev qator mamlakatlarda «rangli inqiloblar"ni amalga oshirgan xalqaro 
tashkilotlarning qo‘shni mamlakatlardagi faoliyatining faollashuvi masalasiga diqqat 
qaratdi. 
«Xorijiy hamkorlar tomonidan O‘zbekiston uchun zararli va foydasiz investitsion 
loyihalarni o‘tkazishga harakatlar ham e’tiborimizdan chetda qolmasligi kerak, chunki 
bu kelgusida iqtisodiyotimizga juda katta zarar keltirish ehtimoli bor», — dedi u. 
Shu va yana bir qator jiddiy tahdidlar Davlat xavfsizlik xizmati tizimini tubdan 
takomillashtirishni talab etdi, deya ta’kidladi Ixtiyor Abdullayev. 
«25 yil davomida mazkur idora faoliyati qonun darajasida tartibga solinmadi. Bu esa o‘z 
navbatida yetarli muammolarni keltirib chiqardi», — dedi u. 
Yangi qonun bilan Davlat xavfsizlik xizmati O‘zbekistonning konstitutsion tuzumi, 
suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini himoya qiluvchi maxsus vakolatli organ 
etib 
belgilandi
. DXX bevosita mamlakat prezidentiga bo‘ysunadi va hisob beradi. 
2015 yildan O‘zbekiston bosh prokurori lavozimida ishlab kelgan Ixtiyor Abdullayev 
yanvar oxirida Davlat xavfsizlik xizmati raisi etib 
tayinlandi
. Mart o‘rtasida prezident 
Shavkat Mirziyoyev Milliy xavfsizlik xizmatini Davlat xavfsizlik xizmati etib qayta 
tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni 
imzoladi


Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling