Ijtimoiy-gumanitar fanlar” fakulteti “Iqtisodiyot va buxgalteriya hisobi” kafedrasi “Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan
Tashqi iqtisodiy faoliyati milliy bankining qisqacha tavsifi
Download 1.39 Mb.
|
Jumaniyozova Lobar 2
Tashqi iqtisodiy faoliyati milliy bankining qisqacha tavsifi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.Karimov 1991 yil sentabr oyida chiqargan Farmon bilan tashkil etilgan. Bank oldiga mamlakatimiz kompaniyalarining tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha xalqaro andozalar darajasida xizmat koʻrsata oladigan, Oʻzbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni, ilg‘or texnologiyalarni jalb etishga qodir boʻlgan moliya muassasasi yaratish vazifasi qoʻyilgan. Mohiyatan, bugungi kunda Oʻzmilliybank mamlakatimiz bank tizimining xalqaro moliya bozorlaridagi “tashrifnoma”si boʻlib qoldi. Konservativ, puxta oʻylangan siyosatga tayanib, Bankni boshqarishning samarali mexanizmlarini, oʻsish strategiyasini ishlab chiqdi. Bu holat unga dadil va joʻshqin rivojlanib, professional moliya muassasasi, oʻz mijozlarining ishonchli sherigi sifatida mustahkam obroʻga ega boʻlish imkonini berdi. Bank bozor oʻzgartishlarini amalga oshirishda faol yetakchilik qilib kelmoqda. Loyihalarni moliyalash, universal tijorat, investitsiya va jamg‘arma banklari funksiyalarini eng maqbul tarzda uyg‘unlashtirib ishlayotgan Oʻzmilliybank Oʻzbekiston bozor iqtisodiyotiga muvaffaqiyatli kirib borishiga yordam bermoqda. Mamlakatimiz mustaqillik yillarida iqtisodiy rivojlanishi dinamikasi Bank tarixida aks etgan. Oʻzmilliybank mamlakatimiz bank xizmatlari bozorida peshqadamlik qilayotgani, barqaror rivojlanayotgani, uning depozit bazasi betoʻxtov oʻsib borayotgani, xorijiy kredit yoʻnalishlari keng koʻlamda jalb etilayotgani Oʻzmilliybank Oʻzbekiston iqtisodiyotining amalda barcha tarmoqlariga mansub investitsiya loyihalarini moliyalashda faol qatnashishida yordam berdi. Mustaqillik yillarida Bank iqtisodiyot tarkiban chuqur qayta qurilishini ta’minlovchi loyihalarni moliyaladi. Bular, neft va metallarni qazib olish hamda qayta ishlash, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, kimyo sanoati hamda mineral oʻg‘itlar ishlab chiqarish, toʻqimachilik sanoati, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, sayyohlik, havo va temir yoʻl transporti, aloqa, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish loyihalari va Oʻzbekiston iqtisodiyotining yangi qiyofasini shakllantiruvchi boshqa koʻplab loyihalardir. Mamlakatimiz bank shoʻbasi jadal rivojlanayotgan sharoitda Milliy bank Oʻzbekistonda va Markaziy Osiyoda birinchi boʻlib hisob yuritish xalqaro andozalariga mos keladigan yangi hisobvaraqlar rejasidan foydalanishga oʻtdi. 2004 yilda “Globus” avtomatlashtirilgan bank tizimini amalga kiritish ishlari nahoyasiga yetdi. Hozirgi kunda bu tizim Bankning barcha boʻlim va filiallarida amal qilmoqda. Mamlakatimizning iqtisodiy muhim hisoblanuvchi barcha mintaqalarida joylashgan 90ta filiali keng doiradagi xizmatlar koʻrsatilishini ta’minlamoqda. Shuningdek, Milliy bank Moskva shahrida oʻzining “Aziya-Invest Bank” shoʻba bankiga ega. Milliy bank keng doirada yuritayotgan faoliyat ichki va xalqaro bank operatsiyalarining amalda barcha sohalarini qamrab olgan. Endi u xalqaro andozalar darajasida bank xizmatlari koʻrsatish imkonini beruvchi zamonaviy bank texnologiyalarini rivojlantirmoqda. Bank xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy banklar va eksport-import agentliklari ajratayotgan kredit yoʻnalishlaridan foydalanish maqsadida korporativ xizmatlar koʻrstib, ular bilan aloqalarni kengaytirish hamda mustahkamlash borasida aniq maqsadli siyosat yuritmoqda. Xususan: Tashqi savdo faoliyati. Milliy bank Oʻzbekistondagi butun tashqi savdo oborotining 70%dan ortig‘i boʻyicha xizmat koʻrsatmoqda. Bunda eksport-import boʻyicha kreditlashning boʻnak toʻlovlari qaytarilishi, kontraktlar ijro etilishi yuzasidan kafolatlar berish, veksellarni diskontlash, forfeyting, faktoring, oʻzbekistonlik eksportchilarga bevosita bank kreditlari berish, loyihalarni moliyalash, eksport-kredit agentliklari ishtirokida eksport-importni moliyalash kabi mexanizmlari qoʻllanilayapti. Toʻlov muddati suriladigan akkreditivlar qoʻllanilmoqda, mijoz tovarni yetkazib berayotganda va sotayotganda mablag‘larni konsignatsiya shartlarida bir martalik konvertatsiyalash ishlari amalga oshirilayapti; Loyihalarni moliyalash. Milliy bank loyihalarni moliyalashda yangi korxonalar qurish, ishlab turganlarini modernizatsiyalash yoki texnik qayta qurollantirish (jumladan, mashina-uskunalar sotib olish, qurilish-montaj va boshqa ishlarni bajarish), shuningdek ishlab chiqarish hamda xizmat koʻrsatish sohasi obektlari normal faoliyat yuritishini ta’minlash uchun zarur xom ashyo va materiallarning bir qismini sotib olish koʻzda tutilgan investitsiya loyihalarini moliyalashni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan. Kreditlar iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida tarkibiy oʻzgartishlarni ta’minlovchi eng muhim investitsiya loyihalarini moliyalash uchun moʻljallangan. Yirik xalqaro moliya muassasalari kredit yoʻnalishlarining aksariyat qismi tijorat asosida, bevosita hukumat kafolatlari taqdim etmasdan jalb qilinmoqda; Investitsiyalashga doir bank ishi. Oʻzmilliybank investitsiya banki sifatida mamlakatimizda infrastrukturasi rivojlangan, Oʻzbekistondagi iqtisodiy islohotlarni faol qoʻllab-quvvatlayotgan, moliya hamda sanoat shoʻbalari rivojlanishiga yordam berayotgan eng katta bank hisoblanadi. Bankning investitsiya portfeli toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati, qurilish, agrobiznes, transport va sayyohlik, moliya shoʻbasi korxonalarining aksiyalarini qamrab olgan. Kichik biznes va hususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, uning investitsiya loyihalarini moliyalash – bank faoliyatidagi shubhasiz ustuvor yoʻnalishdir; Chakana xizmatlar Omonatlar. Aholiga koʻrsatiladigan xizmatlar doirasini kengaytirish siyosatiga qat’iy amal qilib, Bank aholining jalb etilgan mablag‘lari va xususiy omonatlar boʻyicha mamlakatimiz moliya bozorida yetakchilar safiga qoʻshildi. Hozirgi kunda Bank chakana xizmatlarning 70dan ziyod turini taqdim etmoqda. Oʻzmilliybank boʻlim va filiallari orqali koʻrsatiladigan elektron xizmatlar doirasi kengayishi, aholining bankka ishonchi ortishi, omonatlar shartlarini maqbullashtirish, yangi depozitlarni ishlab chiqish va joriy etish, xizmatlar sifatini oshirish borasida aniq maqsadli ishlar olib borilishi natijasida mijozlar soni ancha koʻpaydi. Amalga oshirilgan ishlar Oʻzmilliybankka aholining jalb etilgan depozitlari boʻyicha Oʻzbekistonda peshqadamlik mavqeini egallash imkonini berdi; Plastik kartochkalar. Bank aholiga koʻrsatiladigan xizmatlarni rivojlantirish borasida plastik kartochkalarning har xil turlariga katta ahamiyat berib qaramoqda. Ularni joriy etishda Oʻzmilliybank eng zamonaviy texnologiyalardan dadil foydalanib, chinakam novatorlik qilayapti. Oʻzmilliybank kartochkalari boʻyicha toʻlovni qabul qiladigan savdo-servis korxonalari tarmog‘i kengayishi bu kartochkalar aholi orasida yanada ommalashib ketishiga yangi turtki berdi. Oʻzmilliybank milliy valutada hisob-kitoblar qilish uchun moʻljallangan soʻm kartochkalari, Visa Classic va Visa Electron xalqaro kartochkalari boʻyicha xizmat koʻrsatmoqda. Shuningdek, Oʻzmilliybank Oʻzbekistonning oʻzida ham, undan tashqarida ham xizmatlar va mahsulotlarning quyidagi yangi turlarini taklif qilishi mumkin: Elektron banking. Bankning boʻlim va filiallari mamlakatimizning iqtisodiy jihatdan muhim ahamiyatga ega boʻlgan barcha mintaqalarida joylashgan. Ular mijozlarga bank xizmatlarining butun kompleksini taqdim etayapti, elektron banking tizimi, ya’ni bankomatlar, savdo va servis korxonalaridagi terminallar orqali zamonaviy bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlayapti; “Bank-mijoz” tizimi. “Bank-mijoz” dasturiy kompleksi bank bilan mijoz avtomatlashtirilgan tarzda oʻzaro hamjihat ishlashi uchun moʻljallangan, pul mablag‘larini real vaqt rejimida tezkor boshqarish imkoniyatini oshirishda yordam beradi. AFIRATOning 25-yillik konferensiyasi va Bosh assambleyasi oʻtkazilayotganda bank ilgari surgan “Mijozlarga masofadan elektron xizmatlar koʻrsatish tizimi” mahsuloti uchun “Texnologiyalarni rivojlantirish” nominatsiyasida Milliy bankka AFIRATO mukofoti taqdim etildi. Milliy bank Oʻzbekiston kredit bozorida peshqadamlik qilmoqda. Bank sanoatning barcha tarmoqlariga hamda mulkchilikning har qanday shakliga mansub korxona va tashkilotlarga milliy va xorijiy valutada kreditlar berayapti. Bank oborot sarmoyasini moliyalash, eksport va importni moliyalash, loyihalarni moliyalash uchun kreditlar ajratmoqda. Kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash, uning investitsiya loyihalarini moliyalash – Bank faoliyatining soʻzsiz ustuvor yoʻnalishidir. Oʻzbekiston bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida eksport-import operatsiyalarini bajarish, yagona bank fazosini shakllantirish uchun ishonchli moliya tuzilmasi boʻlishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan “Aziya-Invest Bank” shoʻba banki Rossiya moliya bozorida mustahkam mavqeni egallab turibdi. Hozirda bankning asosiy kuch-g‘ayrati ustuvor tarmoqlarga xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish, kichik va oʻrta biznes loyihalarini amalga oshirish, korporativ va chakana mijozlar doirasini kengaytirish, fond bozoridagi ish samaradorligini oshirish, Oʻzmilliybankni institutsional rivojlantirish va xususiylashtirish dasturini ishlab chiqish kabi vazifalarga yoʻnaltirilmoqda. Oʻzmilliybank tuzilishida keng ma’nodagi investitsiya bankini rivojlantirish eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bank investitsiyalaridan koʻzlangan maqsad, hozirgi kunda ham, uzoq muddatli istiqbolda ham bankning tijorat manfaatlari iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari, mijozlar manfaatlari bilan eng maqbul darajada uyg‘unlashuviga erishishdan, aktivlarni diversifikatsiyalash, xatarni minimallashtirish hamda resurslar samaradorligini oshirishdan iboratdir. Milliy bank daromadliligi darajasi yuqori ekani olib borilayotgan kredit va tijorat faoliyatiga puxta oʻylab yondashilayotgani hamda oqilona konservativ siyosat yuritilayotgani bilan uyg‘unlikda unga keyingi besh yil mobaynida BIS ishonchlilik reytingi boʻyicha jahonning eng ishonchli banklari orasida yetaksi mavqeni egallab turish imkonini bermoqda. Bank xorijiy sheriklar oldida oʻz zimmasiga olgan barcha majburiyatlarni toʻla hajmda va belgilangan mudatlarda bajarib kelayapti. Bank faoliyat yuritayotgan butun davr mobaynida hali biror marta ham tashqi toʻlovlar bajarilmagan holati yuz bermadi. Aksincha, Oʻzmilliybank kredit tarixiga baho bergan yetakchi eksport-import agentliklari kredit yoʻnalishlari hajmini davlat kafolatlarisiz oshirayaptilar. Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling