Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti


V.Petti - Angliya klassik iqtisodiy maktabining asoschisi


Download 47.7 Kb.
bet6/6
Sana22.10.2023
Hajmi47.7 Kb.
#1715564
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2.Makro iqtisodiyotning yuzaga kelishi Mustaqil ish

V.Petti - Angliya klassik iqtisodiy maktabining asoschisi.

Klassik maktab asoschilari Uilyam Petti (1623–1687) – Angliya klassik siyosiy iqtisodining asoschisidir. K.Marks so’zi bilan aytganda, U.Petti-«Siyosiy iqtisodning otasi... buyuk tadqiqotchi - iqtisodchi». U.Petti har tomonlama yuksak bilimli odam bo’lgan. U Angliyaning janubidagi Romsi shahrida hunarmand-matochi oilasida tug’ildi. O’n to’rt yoshida ota kasbini egallashdan voz kechgan U.Petti uydan chiqib ketadi va kemada yollanma dengizchi (yunga) bo’lib xizmat qiladi. Oradan bir yil o’tgach, taqdir taqozosi bilan oyog’i lat egan U.Petti Frantsiya hududidagi bir qirg’oqda qoldirib ketiladi. Bu notanish chet o’lkalarda lotin tilini bilganligi tufayli u Kan kollejiga qabul qilindi va tinglovchi sifatida moddiy jihatdan ta’minlandi. Kollej unga frantsuz va grek tillarini, matematika, astronomiyani o’rganishga imkoniyat yaratib berdi. 1640 yili kollejni bitirib, U.Petti Londonga qaytib keldi. Keyinchalik, Oksford universitetida tibbiyot sohasida tahsil oldi. 1650 yili 27 yoshida U.Petti fizika bo’yicha doktorlik darajasini oldi, Angliya kollejlarining birida professor bo’lib ishladi.


U.Petti dastlab o’z asarlarida merkantilistlarning ijobiy savdo balansi g’oyasini va sanoatni rag’batlantirish maqsadida davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini qo’llab-quvvatladi. Ammo U.Petti asta-sekin tadqiqot ob’ektini o’zgartirdi va asosiy e’tiborni savdo muammosidan ishlab chiqarish muammosiga qaratdi. Uning qayd qilishicha, boylik ishlab chiqarishda yaratiladi, muomala sohasida esa u faqat taqsimlanadi. U.Petti fikri bo’yicha, nafaqat qimmatli metall va toshlar hamda pul boylik hisoblanadi, balki mamlakatning yeri, uylar, kemalar, tovarlar va hatto uy jihozlari ham boylikni tashkil etadi.
Download 47.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling