Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti


Makroiqtisodiyotda foydalaniladigan miqdor ko’rsatkichlari


Download 47.7 Kb.
bet4/6
Sana22.10.2023
Hajmi47.7 Kb.
#1715564
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2.Makro iqtisodiyotning yuzaga kelishi Mustaqil ish

Makroiqtisodiyotda foydalaniladigan miqdor ko’rsatkichlari
Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlardan biri bu - yalpi ichki
mahsulotdir. Yalpi ichki mahsulot – bu muayyan davr mobaynida (bir yil) kim
tomonidan yaratilishidan qatiy nazar mamlakat hududida yaratilgan barcha
yakuniy tovar va xizmatlarning bozor qiymatidir.
YaIM - bu biror-bir mamlakat xududida joylashgan korxona va tashkilotlarda
ishlab chirarilgan tovar va xizmatlarning umumiy yiuindisidan iboratdir.
Yalpi ichki mahsulot 3 xil usul asosida aniqlanadi ;
1) Ishlab chiqarish usuli – bunda yalpi ichki mahsulot barcha qo’shilgan
qiymatlar yig’indisi sifatida aniqlanadi.
Yalpi ichki mahsulot = ∑ QQ
2) Xarajatlar usuli – bunda yakuniy iste’molchilarning xarajatlari yig’indisi
sifatida aniqlanadi.
Yalpi ichki mahsulot = S + I + G + Xn
Bu erda S – shaxsiy iste’mol xarajatlari; I– investitsiya xarajatlari ya’ni
xususiy ichki investitsiyalar ; G – davlat xarajatlari ya’ni tovar va xizmatlarnin
davlat xaridi ; Xn – chet elliklarning xarajatlari, ya’ni sof eksport;
3) Daromadlar usuli – bunda yalpi ichki mahsulot barcha yakuniy
iste’molchilarning daromadlari yig’indisi sifatida aniqlanadi. Shu bilan birga yalpi
ichki mahsulot tarkibiga biznesga egri soliqlar va amortizatsiya ham kiritiladi.
YaIM = amortizatsiya + biznesga egri soliqlar + ijara haqi + foiz
ko’rinishidagi daromadlar + yollanma ishchilarning ish haqi + yakka tartibdagi
qo’yilmalardan daromadlar + korporatsiya foydasiga soliqlar + dividentlar +
korporatsiyaning taqsimlanmagan foydasi.
2013 yilda O’zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YaIM) ishlab chiqarish hajmi
119,0 trln. so’mni tashkil etdi.
Pul tushunchasi va bozor iqtisodiyotida uning tutgan o’rni
Milliy ishlab chiqarish o’rtasidagi barcha iqtisodiy munosabatlar pul yoki
uning vositalari yordamida amalga oshiriladi, o’lchanadi, baholanadi.
Pul – maxsus xususiyatga ega bo’lgan tovar hisoblanib, ayirboshlashning
rivojlanishi natijasida paydo bo’lgan. U tovarlar ayirboshlashda umumiy teng
qimmatlilik rolini bajaradi. Pul maxsus xususiyatga, ya’ni likvidlilik xususiyatiga
ega bo’lganligi uchun ham ideal vosita hisoblanadi.
Xar qanday buyumning likvidliligi uni sezilarsiz sarf xarajatlar bilan boshqa
buyumga ayirboshlanish qobiliyatini bildiradi.
Agar sarf xarajatlar nulga teng bo’lsa, unda bunday buyum mutloq likvidli
hisoblanadi. Masalan 1000 so’mlik qiymatga ega bo’lgan pulni boshqa ko’pgina
buyumlarga oson almashtirish mumkin va bunda sotuvchilar 1000 so’mlik
qog’ozning qiymatini hech qanday tushirmasdan qabul qilishadi, ya’ni bu erda
ayirboshlash jarayoni butunlay sarf xarajatlarsiz kechadi.
Ayirboshlash kengayishi bilan kredit pullar deb ataluvchi veksellar,
banknotlar, cheklar, sertifikatlar va hakozolar paydo bo’la boshladi. Ular tovar
ayirboshlashni, ya’ni oldi – sotdi jarayonini engillashtirish, tezlashtirish va
ixchamlashtirishga xizmat qiladi.
Keng ma’noda pul deganda nimalar tushuniladi, pul massasiga nimalar
kiritiladi? Bu savolga javob berish juda muhim, chunki iqtisodiyotni
barqarorlashtirish, uni bir zaylda rivojlanishi ko’p hollarda pul massasini samarali
tartibga solishga bog’liq.
Hozirgi sharoitda bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotda pul
massasining asosiy tashkil etuvchilari yoki pul agregatlari quyidagicha:
Pul1 (M1) – “tor ma’nodagi pullar” yoki muomaladagi naqd pullar (M0) +
aholi va korxona, firmalarning talab qilib olinadigan omonatlari hamda joriy to’lov
aylanishiga xizmat qiluvchi cheklar.
Pul2 (M2) – bu M1 + aholi va korxona, firmalarning muddatli omonatlari.
Pul3 (M3) – “keng ma’nodagi pullar” yoki jami pul massasi bo’lib, o’z ichiga
M2 + likvidli qimmatli qog’ozlar va byudjet, jamoat tashkilotlari hisoblaridagi
mablag’lar hamda byudjet mablag’lari va kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish
uchun mablag’lar.
Pul4 (M4) – bu M3 + banklarda saqlanayotgan pul shaklida bo’lmagan likvid
mablag’lar.
Ayrim mamlakatlarda pullarning bunday bo’linishi boshqacharoq bo’lishi
mumkin. Masalan, Rossiyada M0, M1, M2, M3 pul agregatlari ishlatiladi. M0 pul
agregati bu muomaladagi naqd pullar, M1 =M0 + korxona, firmalarning joriy
hisoblaridagi mablag’lari, ularning depozitlari, aholining talab qilib olinadigan
depozitlari va davlat sug’urtasi mablag’lari, M2 pul agregati bu M1 + aholini tijorat
banklaridagi muddatli depozitlari, shu jumladan kompensatsiyalar, M3 pul agregati
M2 + sertifikatlar va davlat zayomlari obligatsiyalari.

Download 47.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling