Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti

Download 47.7 Kb.
bet5/6
Sana22.10.2023
Hajmi47.7 Kb.
#1715564
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2.Makro iqtisodiyotning yuzaga kelishi Mustaqil ish

Pulga bo’lgan talab
Pul insonlarga o’zlarining kundalik ehtiyojlarini qondirish va jamg’arish
uchun kerak. Shu sababli pulga bo’lgan umumiy talab bitimlar uchun pulga
talabdan va moliyaviy aktivlar uchun pulga talabdan iborat.
Bitimlar uchun pulga talab – bu aholiga va korxona, firmalarga tovar hamda
xizmatlarni xarid qilish uchun zarur bo’lgan pul miqdoridir. U nominal YaIMni
o’sishi bilan oshib boradi va pulning muomala vositasi vazifasini bajarishi bilan
bog’liq. Nominal YaIM qancha ko’p bo’lsa, oldi – sotdi jaryoniga xizmat qilish
uchun shuncha ko’p pul kerak bo’ladi.
Moliyaviy aktivlar tomonidan pulga bo’lgan talab pulning jamg’arish vositasi
sifatidagi funktsiyasiga asoslangan, ya’ni odamlar o’zlarining moliyaviy aktivlarni
aktsiyalar, obligatsiyalar, bankdagi omonatlari ko’rinishida qo’llarida tutib turadi.
Jamg’arish zaruriyati ham pulga bo’lgan talabni shakllantiradi.
Pulga bo’lgan umumiy talab foiz stavkasi miqdoriga yoki pulning ishlatilishi
bahosiga nisbatan teskari bog’liqlikda bo’ladi. Foiz stavkasi qanchalik yuqori
bo’lsa, pulga bo’lgan talab shuncha past bo’ladi va aksincha, foiz stavkasini
pasayishi bilan pulga bo’lgan talab oshadi.

Klassik iqtisodiy maktab vujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari.

XVI asrning o’rtalarida boshlangan manufaktura davri XVII asrga kelib sanoatning ayrim tarmoqlarining rivojlanishiga olib keldi. Ayni paytda, qishloq xo’jaligida ham kapitalizm rivojlana boshladi. Buyuk Britaniya iqtisodiyoti dunyoda eng rivojlangan mamlakatga aylandi. XVIII asrga kelib bu erda kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari faqat savdoda emas, balki sanoat va qishloq xo’jaligida ham g’alaba qozondi. Bu jarayon mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga yo’l ochib berdi. Ijtimoiy ishlab chiqarishning rivojlanishiga imkoniyat, tadbirkorlar tashabbusiga erkinlik berishga harakat qilgan kapitalistik tuzumning afzalliklarini nazariy jihatdan asoslab beradigan iqtisodiy ta’limotlar endi taqozo etila boshladi.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling