Ijtimoiy-gumanitar


Download 77.96 Kb.
bet11/19
Sana04.05.2023
Hajmi77.96 Kb.
#1425820
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
WTbMJbKWhVqgA3JNHUaR8QAnFNUAHd1t (1)

Buyumli (agregatli) kooperaratsiya - bu mashina va asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi bosh korxonaga turli butlovchi buyum va detallarni etkazib beruvchi korxonalarning faoliyatidan iborat. Masalan, detallar bo`yicha kooperatsiya usulida ixtisoslashgan korxonalar bosh korxonaga sharikopodshipniklar, porshenlar, turli uzellar va asbob-uskunalarning qismlarini etkazib berishlari mumkin.
Texnologik kooperatsiya — bu bir va bir necha korxonalar o`rtasida alohida jarayonlarlarni bajarish bo`yicha hamkorlikdir. Ishlab chiqarishning qaysi tarmoqqa taalluqliligi nuqtai nazaridan tarmoq va tarmoqlararo ishlab chiqarish kooperatsiyasi vujudga keladi.
Tarmoqlararo kooperatsiya sanoat tarmoqdarining bir biriga xizmat ko`rsatishini ifodalaydi. Masalan, sanoat ishlab chiqarishining mashinasozlik tarmog`i metallurgiya sanoati bilan hamkorlik qilishi mumkin. Kooperatsiya asosida ma‘lum mahsulotlarni tayyorlashi, bir biriga butlovchi buyumlar etkazib berishi va muayyan ishlarni bajarib berishi mumkin.O`zaro bog`liq bo`lgan korxonalarni joylashtirish nuqtai nazaridan iqtisodiy rayonlar miqyosida va rayonlararo kooperatsiya keng tus olishi mumkin.
Rayonlararo kooperatsiya turli iqtisodiy hududlarda joylashgan korxonalar o`rtasidagi aloqalarni ifodalaydi.
Ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil etishning bu shakliga baho berish uchun uning ahvolini va imkoniyatlarini bilish lozim. Buning uchun har xil ko`rsatkichlardan foydalanish mumkin. Ular qatoriga quyidagilar kiradi:
birinchidan, ushbu korxona bilan hamkorlik qiluvchi korxonalar soni. Bunda etkazib beruvchi va buyurtmachi korxonalarning soni alohida-alohidahisob-kitob qilinadi. Masalan, avtomobil zavodlari yuzlab korxona (firma)lar bilan hamkorlik qilsalar, stanoksozlik korxonalarining ishlab chiqarish aloqalari atiga bir nechta korxonalar bilan chegaralangan bo`ladi.
ikkinchidan, kooperatsiya usulida olinayotgan yarim fabrikatlar va butlovchi buyumlarning ushbu korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulot tannarhidagi ulushi. Masalan, avtomobil tannarhida tashqaridan kooperatsiya yo`li bilan olinadigan yarim fabrikatlar va butlovchi buyumlarning ulushi taxminan 60- 65 foizni tashkil etadi.
Ishlab chiqarish sohasidagi kooperatsiyaning turli shakllari va usullarining rivojlanishiga quyidagi omillar ta‘sir ko`rsatadi:muayyan mintaqa ishlab chiqarish va bozor infratuzilmalarining rivojlanish darajasi va tarmoqlararo ishlab chiqarish jarayonlarining integratsiyalashuv darajasi;tovarlar, mehnat, sarmoya va xizmatlar bozorining shakllanish darajasi;kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslariva uning holati;mahsulot ishlab chiqarish va sotish, shuningdek, turli xildagi xizmatlarniko`rsatish sohasida raqobatning rivojlanganlik darajasi.

Download 77.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling