Ijtimoiy-gumanitar
“Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish” yo‘nalishi
Download 77.96 Kb.
|
WTbMJbKWhVqgA3JNHUaR8QAnFNUAHd1t (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Ijtimoiy sohani rivojlantirish” yo‘nalishi
“Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish” yo‘nalishi2017—2020-yillarda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 1,4 barobar o‘sdi, inflyatsiya darajasi 18,8 foizdan 11,1 foizgacha, oltin-valyuta zaxiralari 26,4 milliard dollardan 34,9 milliard dollargacha oshdi.Ko‘pgina soliqlar stavkalari pasaytirildi: yagona ijtimoiy to‘lov kichik korxonalar uchun 15 foizdan yirik korxonalar uchun 25 foizdan 12 foizgacha, shaxsiy daromad solig‘i — 22,5 foizdan (maksimal stavka) 12 foizgacha, QQS — 20 foizdan 15 foizgacha, daromad solig‘i — 14 foizdan 12 foizgacha, yuridik shaxslarning mol-mulki bo‘yicha — 5 foizdan 2 foizgacha tushirildi. Shuningdek, davlat mablag‘lari va sug‘urta mukofotlariga ajratmalar bekor qilindi, soliq tekshiruvi turlari 13 tadan 4 taga kamaytirildi. 2017-yilda naqd pul aylanmasi bo‘yicha cheklovlar olib tashlandi va bankomatlardan pul olish imkoniyati paydo bo‘ldi. 2020-yilda plastik karta egalari bankomatlar orqali 62,2 trillion so‘m еchib oldi. Valyuta bozorini erkinlashtirish amalga oshirildi: chet el valyutasini sotish va sotib olish cheklovlari bekor qilindi. Natijada aholi tomonidan sotib olingan chet el valyutasi hajmi 15 barobar oshdi (2016-yildagi 273 million dollardan 2020-yilda 4,1 milliard dollargacha). Shu bilan birga, bozordagi (norasmiy) valyuta kursining o‘rtacha yillik amortizatsiyasi 1998— 2016-yillarda 24,4 foiz, 2017—2020-yillarda esa 10,4 foizni tashkil etdi. O‘zbekiston barcha eksport qilinadigan tovarlar va xizmatlarga bojxona to‘lovlarini bekor qildi, eksport va litsenziyalash tartibini soddalashtirdi, import qilinadigan tovarlarning 60 foiziga “nol” boj stavkalarini o‘rnatdi va import bojxona stavkalarini 6,45 foizgacha tushirdi. Portal islohotlar natijasida kichik biznes sektori sezilarli darajada o‘sganini qayd etadi: 2016-yilda mamlakatda 27 ming, 2020-yilda esa 93 ming kichik biznes subyekti ro‘yxatdan o‘tgan. “Ijtimoiy sohani rivojlantirish” yo‘nalishiO‘rtacha oylik ish haqi 2016-yildagi 1,3 million so‘mdan 2020-yilda 2,6 million so‘mgacha oshdi. Aholi jon boshiga tushgan umumiy daromad shu davrda 5,8 million so‘mdan 11,7 million so‘mgacha oshdi.Bu sohaga budjetdan ajratilgan mablag‘lar 2,1 barobarga oshdi, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasi 7,5 trillion so‘mga mustahkamlandi.2017—2020-yillarda O‘zbekiston dori vositalari va tibbiyot buyumlari uchun 1,61 trillion so‘m ajratdi (1991—2016- yillarda 227 milliard so‘m). Ulardan 61,6 milliard so‘mi onkologik kasalliklarni davolash uchun dori-darmonlarga (8,3 milliard so‘m), 217,4 milliard so‘mi gematologiya va onkogematologiyaga mo‘ljallangan dorilar uchun (2,8 milliard so‘m) yo‘naltirilgan. Xalq ta’limi tizimida 2017—2020-yillarda 328 ta yangi maktab paydo bo‘ldi va 11 yillik majburiy ta’lim qayta tiklandi. Maktabgacha ta’lim sohasiga kelsak, agar 2016-yilda 5,2 ming bolalar bog‘chasi bo‘lsa, 2020-yilda 18,3 ming (shu jumladan, davlat bolalar bog‘chalari soni 5 mingdan 6,2 mingga oshgan) edi. Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 2020-yilda 61 foizni tashkil etdi. 2016-yil bu ko‘rsatgich 27,7 foizga to‘g‘ri kelgandi. Oliy ta’lim tizimida yana 80 dan ortiq yangi oliy o‘quv yurtlari tashkil etildi, 20 ga yaqin xorijiy universitetlarning filiallari ochildi va 10 ta xususiy oliy o‘quv yurti birinchi marta ish boshladi. Portal ma’lumotlariga ko‘ra, o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarini majburiy mehnatga jalb qilish amaliyotiga barham berilgan. 2019-yildan boshlab ishlaydigan pensionerlarga pensiyalar 100 foiz to‘landi. Portalda qayd etilishicha, O‘zbekistonda qashshoqlikni kamaytirish ishlari doirasida uning darajasi 2000- yildagi 28 foizdan 2020-yilda 11 foizgacha pasaygan. Kam ta’minlangan oilalar bolalar bog‘chasiga pul to‘lashdan ozod qilingan, kam ta’minlangan oilalar maktab o‘quvchilari mavsumiy kiyim-kechak bilan ta’minlangan. “Temir”, “ayollar” va “yoshlar daftarlari” ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolar kasbiy tayyorgarlik, ishga joylashish va moddiy yordam ko‘rinishida davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlanmoqda. Download 77.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling