Ijtimoiy-gumanitar va mutaxassislik fanlari
Monopoliyalarning afzalliklari va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari
Download 280.53 Kb.
|
Monopoliyaning mohiyati va turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Resurslarning oqilona taqsimlanmasligi.
3. Monopoliyalarning afzalliklari va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari.
Har bir narsaning bir yaxshi bir yomon tomoni bo‘lganidekh, monopoliyaning ham bir qancha ijobiy va salbiy tomonlari bor. Monopoliyaning asosiy ijobiy va salbiy tomonlarini ko‘ribh chiqamiz. Uning ijobiy tomoni asosan, quyidagi uch jihat orqali namoyon bo‘ladi. Birinchidan, yuqoridah ta'kidlab o‘tilganideg, u ma'lum tarmoqlarda nisbatan samarali amal qiladi va xarajatlarning tejalishiga olib keladi. Ikkinchidan, monopolist bo‘lmagan, mayda, raqobatlashuvchi soha korxonalariga nisbatan monopolistik korxonalarda ishlab chiqarishga ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etish uchun ko‘proq rag‘bat va imkoniyat mavjud bo‘ladi. Sababi uncha yirik bo‘lmagan raqobatlashuvchi korxonalarning odatda, moliyaviy jihatdan imkoniyatlari cheklangan bo‘lib, ular ishlab chiqarishga yangiliklarni tatbiq etish orqali kelgusidagi daromadlarni oshirishdan ko‘ra, ko‘proq joriy daromadga e'tibor qaratadilar. Undan tashqari, yangi g‘oyalar raqiblar tomonidan juda tez o‘zlashtirib olinadi va buning oqibatida, mazkur g‘oyalarni amalga oshirish xarajatlarini bir tomon qilgani holda, uning samarasidan barcha foydanadi. Katta monopolistik firmalarda moliyaviyimkoniyatlar keng bo‘lib, innovatsiyadan olingan foyda ularning mualliflariga tegishi aniq kafolatlanadi. Uchinchidan,ayrim bir sohalarda monopoliya sohaning barqaror va uzluksiz ishlashini ta’minlab bera oladi. Bu sababdan ham bu sohalarda monopoliyaning vujudga kelishi davlat tomonidan ham ta’minlab beriladi.Raqobat bu sohalar faoliyatini buzishi yoki izdan chiqarishi mumkin. Bunga misol qilib elektr energiyasi, gaz, suv kabi komunal sohalarni yoki metropolitelin, temir yo‘l va avia sohalarni keltirishimiz mumkin. Lekin hozirgi kunda dunyoning bir nechta rivojlangan davlatlarida bu sohalarning monopoliyadan chiqarilish holatlarini kuzatishimiz mumkin. Monopoliyaning salbiy tomoni sifatida quyidagi jihatlarni ko‘rsatish mumkin: 1. Resurslarning oqilona taqsimlanmasligi. Bu holat monopoliyalarning yuqori foyda ketidan quvib, sun’iy ravishda ishlab chiqarishni cheklash vositasida narxlarni ko‘tarishi, mahsulotlarning u qadar yaxshi bo‘lmagan turlarini, past texnikaviy darajsini va sifatini hamda sotishning yomon sharoitlarini vujudga keltirishi orqali namoyon bo‘ladi. Natijada, raqobat sharoitida amal qiluvchi iqtisodiyot samaradorligini bozor vositasida tartibga solish mexanizmi ishdan chiqadi. Monopoliyalar bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy faoliyatlar erkin hamda oqilona tanlov imkoniyatidan mahrum bo‘ladi, monopoliyalarning iqtisodiy jihatdan asoslanmagan shart-sharoit va narxlari tazyiqiga chiday olmaydi, ish faolligini pasaytirib, ba’zi hollarda xonavayron bo‘ladilar. O qibatda ishlab chiqarish qisqarib, ishsizlik va inflyatsiya o‘sadi, xo‘jalikning izdan chiqishi kuchayadi. Jamiayt boyligi resurslarning oqilona raqobatli bozor taqsimoti sharoitida qo‘lga kiritilishi mumkin bo‘lgan miqdoriga qaraganda kamayib ketadi. Download 280.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling