Ijtimoiy-gumanitar va mutaxassislik fanlari


Iqtisodiyotni tartibga solishning klassik va monetaristik nazariyalari


Download 116.23 Kb.
bet4/8
Sana19.06.2023
Hajmi116.23 Kb.
#1601064
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MAmarizoyev Kurs ishi 0809

2.Iqtisodiyotni tartibga solishning klassik va monetaristik nazariyalari.
Dastlabki iqtisodiy nazariyalar kapitalizmning boshlang‘ich davriga to‘g‘ri keladi (XV -XVII asrlar ). Bu davrda merkantelistlar jamiyat boyligi muomala sohasida yaratiladi, millat boyligi esa pul miqdori bilan aniqlanadi degan fikrni ilgari surishadi. Merkantelizm -bu iqtisodiy nazariyadagi birinchi maktab bo‘lib , uning mashhur namoyondalaridan biri Tomos Men hisoblanadi ( 1571- 1641- y. ).
Merkantalizm kapitalni dastlabki jamg‘arish davriga xos bo‘lib, savdo burjuaziya munosabatlarini ifoda etadi. Merkantelizmga ikki xususiyat xosdir :1) boylik pul bilan ifodalanadi ( davlat qancha ko‘p pulga ega bo‘lsa , u shuncha badavlat hisoblanadi ) 2) davlat hokimiyati yordamida pul boyliklarini jamg‘arishga erishish mumkin. Ushbu maktab nomoyondalari mamlakatga olib kirilgan va olib chiqilgan tovarlar o‘rtasidagi farqning ( aktiv savdo balansi) yuqoriligi bilan davlat boyligi oshadi va davlat aktiv savdo balansida siyosiy ishlarni olib borishi zarur , deb hisoblashadi. Davlat mamlakatdan tovar olib chiqishni rag‘batlantirish va mamlakatga tovarlar olib kirishni cheklash, ba‘zi tovarlarni esa olib kirishni taqiqlash bilan proteksionizm siyosatini yuritishi lozim . Bunda quyidagi tamoyil olg‘a suriladi : chet eldan arzon bahoga sotib olish , boshqa davlatlarga qimmatroq sotish4.
Merkantelizm maktabi ,, Siyosiy iqtisod “ atamasining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. U fransuz merkantelisti A . Monkrettonning 1615 – yilda chiqqan ,,Siyosiy iqtisod traktlari” kitobiga kiritilgan edi. Merkantelistlar birinchi bo‘lib iste‘mpl qiymatini emas , balki almashinuv qiymatini boylik deb e‘lon qildilar .
Keyingi iqtisodiy maktab fiziokratlar edi. Ushbu maktabning eng ko‘zga ko‘ringan namoyandasi – F.Kene (1694-1774- y). Uning xizmati: fiziokratlar muomala sohasini tahlil etishdan ishlab chiqarishni tahlil etishga tomon burilish yasadi. Faqat ular qishloq xo‘jaligi bilan chegaralanishdi. Keng ekvivalent ayirboshlash talimini olg‘a surdi va savdodagi ayirboshlashdan hech qanday boylik yaratilmasligini va ayirboshlash hech narsa ishlab chiqarilmasligini isbotladi.
F.Kene ,, Tabiiy tartiblanish” holatini ya‘ni bozor narxining beqaror tebranishi, erkin raqobat va ba‘zi hollarda davlat aralashuvi asosida iqtisodiyotni rivojlantirishni olg‘a surdi. Fiziokratlar iqtisodiy rivojlanish o‘zida tabiiy jarayonni namoyon qilishi qonunlarga amal qilishi va odamlar ta‘siridan holi bo‘lishini lozim deb bilishdi. Bu ularning mutloq yutuqlari edi5.
Bozor munosabatlarining rivojlanishi tadbirkorlar sinfini vujudga kelishi va mustahkamlanishi bilan tavsiflanadi. Iqtisodiyotni rivojlanishida davlatning aralashuvi ushbu maktab nuqtai nazarida ya‘ni merkantelizmni iqtisodiy liberalizm g‘oyasi bilan almashinish oqibatida tadbirkorlik faoliyatini cheklagan va iqtisodiyotga davlatning aralashuvini salbiy baholagan . Bu g‘oya A. Smit va D. Rikardolarning ilmiy ishlarida asoslangan . Ular klassik siyosiy iqtisodiy maktab asoschilari bo‘lib , qiymatning mehnat nazariyasini yaratdi, kapitalning mazmunini va qo‘shilgan qiymat nazariyasini yoritib berdi.
Iqtisodiyotni rivojlanishida davlatning roli xususidagi ularning qarashlari davlatning aralashuvi iqtisodiy rivojlanishni sekinlashtiradi degan fikr kelib chiqadi. Masalan Smit g‘oyasi quyidagicha: ,,Bozor iqtisodiyoti o‘zini o‘zi boshqarishga moslashgan , uning asosida qanday qilib ko‘proq foyda olishga harakat qiliah bilan bog‘liq ,,ko‘rinmas qo‘l” – shaxsiy manfaat yotadi “ . A. Smit xulosasiga ko‘ra iqtisodiyotni tartinga solishda davlatning aralashuvi olib tashlansa , iqtisodiyot samarali amal qiladi va bozor butunlay erkin bo‘lmog‘i lozim . D. Rikardo, J.Bsey, D.Mil, A.Marshallar Smit g‘oyasining davomchilari bo‘lib , ular iqtisodiy liberalizm g‘oyasi ilgari surishdi va hozirgi kunga qadar zamonaviy iqtisodchilar tomonidan ijobiy baholanmoqda ( neoklassik yo‘nalish). Klassiklar jami talab va jami taklif o‘rtasidagi yuzaga keladigan farqlarni bartaraf etadi. Oldindan ishlab chiqarishni o‘rni yo‘qoladi. Tovar iahlab chiqarishning o‘sishi ish haqlarini o‘sishiga olib keladi, buning natijasida taklifga mos ravishda talab ham oshadi.
Haqiqatda esa barcha daromadlar tovarga ayirboshlanmaydi. Jamg‘arish yuzaga keladi va jamg‘arilgan pul miqdori investitsiyaga har doim ham teng bo‘lmaydi. Klassikchilar jami talab va jami taklifga bog‘liq holda narxning tebranishi barcha bozorlarni, shu o‘rinda mehnat bozorini ham , resurslar bozorini ham barqarorlashtiradi deb hisoblashdi. Bog‘lanish : bozorda narxning pasayishi ish haqini pasayishiga olib keldi yoki ish haqi avvalgidek qolsa, u holda ishsizlik yuzaga keladi.
Biroq iqtisodiy inqirozlarning keskinlashuvi oqibatida asosan 1929 – 1933 yillardagi , klassik iqtisodiy liberalizm nazariyasini zaif ekanligini ko‘rsatdi.
Klassik naraziyaga mos ravishda monetaristik nazariyaga ham to‘xtalib o‘tamiz.
Monetarizm – makroiqtisodiy nazariya , unga ko‘ra muomaladagi pul miqdori iqtisodiyotni rivojlanishini belgilovchi omil hisoblanadi . Asosiy yo‘nalishlardan biri monetarizm 1950 yillarda ushbu sohada bor qator imprik tadqiqotlar sifatida paydo bo‘ldi. M. Fridaman monetarizm asoschisi deb hisoblanishiga qaramay , yangi iqtisodiy nazariyaning nomi K. Brunner tomonidan berilgan . M. Fridman – chikago universiteti professori , 1976 yilda iste‘mol , pul muomalasi tarixi va pul nazariyasining rivojlanishi ( monetarizmni pul nazariyasi bilan chalkashtirib yubormaslik kerak, chunki pul ta‘sirining jarayonlarini o‘rganuvchi iqtisodiy tahlil) uchun iqtisodiyot bo‘yicha nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi, va umuman iqtisodiyotning holati bo‘yicha maktablarning aksariyat vakillari tomonidan o‘rtoqlashildi. Jsmil siyosiy iqtisod asoslarini yozgan paytga kelib umumiy shakl allaqachon shakllanib ulgurgan edi. Humning tarifiga Mill doimiy talabning tuzilishi zarurligi to‘g‘risida tushuntirish kiritdi, chunki u pul taklifi nisbiy narxlarni o‘zgartirishi mumkinligini tushundi. Shu bilan birga , u pul massasining ko‘payishi narxlarning avtomatik ravishda ko‘tarilishiga olib kelmasligini ta‘kidladi, chunki pul zaxiralari yoki tovarlar taklifi ham qiyosiy hajmlarda ko‘payishi mumkin .
Neoklassik maktab doirasida E.Fischer 1911 yilda o‘zining taniqli ayirboshlash tenglamasida pulni miqdoriy nazariyasini rasmiy shakl bilan taqdim etdi.
Monetarizmning rivojlanishi uch bosqichda o‘tdi:
Birinchi bosqich: (1950-1960) pul miqdori nazariyasining yangi versiyasini yaratishga, inflatsiyaga , budjet usullariga asoslangan keynz siyosati bilan sabablar va tortishuvlarni o‘rganishga bag‘oshlandi.
Ikkinchi bosqich:(1970-1980) iqtisodiy nazariya iqtisodiy siyosatda monetarizm g‘oyalarini ustunligi bilan ajralib turdi. Ushbu bosqichda davlat siyosati konseptsiyasi ishlab chiqildi va iqtisodiy erkinlik va shaxs erkinligi g‘oyalari himoya qilindi.
Uchinchi bosqich: (1990- yillardan ) monetarizmning nazariy vositalarini yanada chuqurroq o‘rganish va iqtisodiyotga asosiy urg‘u inflatsiyadan bandlik, o‘sish suratlar, daromadlar muomalalariga o‘tishi bilan bog‘liq holda ,,sof” amaliy chiqib ketishni boshlash bilan tavsiflanadi. Monetarizm zamonaviy, inflatsiya, pul muomalasini nazorat qilishning davlat siyosatini rivojlantirishga katta hissa qo‘shdi. Monetarizm zamonaviy neoklassik iqtisodiy fikrning muhim bir qismiga aylandi. Narx o‘zgarishi hajmga bog‘liq degan talqin iqtisodiy nazariyaga qadimgi davrlarda kirib kelgan. Demak , mil. Avv. III asrda taniqli rim huquqshunosi Yuliy Pol buni ta‘kidlagan . Keyinchalik 1752 yilda ingliz faylasufi Hyum ,,pullar to‘g‘risida insho‘‘ da pul miqdori va o‘rtasidagi bog‘liqkni o‘rgangan. Hyum takidlashicha pul massasining o‘sishi bozordagi pul miqdori bilan ularning asosiy mutanosibligiga erishish uchun narxlarning bosqichma bosqich o‘sishiga olib keladi. Ushbu qarashlar klassik siyosiy iqtisodiy maktabining aksariyat vakillari bilan o‘rtoqlashildi6.
M. Fridman konsepsiyasining asosiy qoidalari.
1. Iqtisodiyotda davlatning tartibga soluvchi rolini nazorat qilish bilan cheklash.
2. Bozor iqtisodiyoti o‘zini o‘zi boshqaradigan tizimdir. Disportsionallik va boshqa salbiy namoyishlar davlatning iqtisodiyotda haddan tashqari ko‘pligi bilan bog‘liq.
3. Pul massasi iste‘molchilarning sarf -harajatlari miqdoriga ta‘sir qiladi. Pul massasining ko‘payishi ishlab chiqarish hajmining oshishiga, quvvatdan to‘liq foydalanilgandan so‘ng narxlarning o‘sishiga va inflatsiyaga olib keladi.
4. Inflatsiyani har qanday usul bilan, shu jumladan , ijtimoiy dasturlarni kamaytirish orqali bostirish kerak.
5. Pulning o‘sish sur‘atini tanlayotganda, pul massasining ,,mexanik‘‘ o‘sish qoidalariga ( Fridman qoidasi) amal qilish kerak, bu ikki omilni aks ettiradi:
- kutilayotgan inflatsiya darajasi;
- YaIM ning o‘sish sur‘ati.
6. Bozor iqtisodiyotini o‘zini o‘zi boshqarish. Monetaristlarning fikricha, bozor iqtisodiyoti ichki tendensiyalar orqali barqarorlik va o‘z o‘zini moslashishga intiladi. Agar muvozanat paydo bo‘lsa, unda birinchi navbatda tashqi aralashuv natijasida yuzaga keladi. Ushbu qoida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishni qo‘llab -quvvatlash, monetaristlarning fikriga ko‘ra iqtisodiy rivojlanishning normal yo‘nalishini buzishga olib keladigan Keynz g‘oyalariga qarshi qaratilgan.
7. Davlat regulyatorlari sonini minimal darajaga tushirish kerak. Soliq va budjetni tartibga solishning roli chiqarib tashlangan yoki kamaytirilgan .
8. Iqtisodiy hayotga ta‘sir qiluvchi asosiy regulyator – bu muntazam pul chiqarish shaklida “ pul impluslari” . Monetaristlar pul miqdori o‘zgarishi va iqtisodiyotning siklik rivojlanishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta‘kidlaydilar. Ushbu g‘oya 1963 yilda Fridman va Shvarts tomonidan tasdiqlangan. Haqiqiy ma‘lumotlarni tahlil qilish asosida shunday xulosaga kelindi: biznes siklning u yoki bu bosqichning keyingi boshlanishi pul massasining o‘sish sur‘atlariga bog‘liq7. Xususan, pul yetishmasligi asosiy sababdir. Monetaristlar shunga asoslanib , davlat doimiy qiymatni ta‘minlashi kerak , uning qiymati ijtimoiy mahsulotning o‘sish sur‘atiga to‘g‘ri keladi.
9. Qisqa muddatli pul kredit siyosatini rad etish. Pul massasining o‘zgarishi iqtisodiyotga zudlik bilan ta‘sir qilmasligi sababli, lekin biroz kechikishi bilan, Keynz tomonidan taklif qilingan iqtisodiy tartibga solishning qisqa muddatli usullari uzoq muddatli va iqtisodiyotga doimiy ta‘sir ko‘rsatishi uchun mo‘ljallangan uzoq muddatli usullar bilan almashtirilishi zarur.
Demak, monetaristlarning qarashlariga ko‘ra, ular harakat va rivojlanishni belgilaydigan asosiy yo‘nalishdir. Pulga bo‘lgan talab doimiy o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lib, uni tejashga moyilligi bilan belgilanadi va shu sababli pulga bo‘lgan talab va ularning o‘rtasidagi moslikni ta‘minlash uchun muomaladagi pul miqdorini asta – sekin ( Fridman qoidasi asosida ) oshirish zarur.
Monetaristik yondashuvga ko‘ra inflatsiyani jilovlashning asosiy vositasi muomaladagi pul vositasini kamaytirishdir. Monetarist repsepti: pul muomalasini nazorat qilish, garchi bu ishlab chiqarish kamayishi bilan birga bo‘lsa. Hozirgi vaqtda inflatsiyaga qarshi kurashishda foydalaniladigan eng samarali vositalarni izlash davom etmoqda.
Amalda ilgari surilgan va amalga oshirilgan chora – tadbirlar to‘plami talabni rag‘batlantirish choralarini taklifni kuchaytirish choralari bilan birlashtirish zarurligini nazarda tutadi. Shu maqsadda quyidagilar taklif etiladi”: soliqlarni pasaytirish, daromadlarni tartibga solish (ish haqining o‘sish sur‘atini jilovlash), investorlar uchun imtiyozlarni joriy etish, ishchi kuchini qayta tayyorlash uchun sharoit yaratish va boshqa choralar. Moliyaviy barqarorlashtirish ishlab chiqarishni barqarorlashtirish va rag‘batlantirish choralari bilan birlashtirilishi kerak.
Monetarizm 70 yillarda yuqori ish bilan ta‘minlash va inflatsiyani yengish uchun keynzning usullari o‘zgarib bo‘lmaydigan bo‘lgan paytda mashxurlikka erishdi . Sabab iqtisodiy beqarorlik monetaristik nazariya pul sektori faoliyatining buzilishida pul massasining haddan tashqari o‘sishida ko‘radi.
Monetaristik maktabning qoidalarh va xulosalari pulning miqdoriy nazariyasiga, bozor iqtisodiyotining o‘zini o‘zi boshqarish qobilyatini tan olishga asoslangan. Pulning ekskluziv roli ta‘kidlanadi- bu boshqa turdagi aktivlardan maksimal darajada daromad olish imkonini beradigan maxsus mahsulot.
Keynzchilik qarashlaridan farqli o‘laroq, monetaristik nazariya samarali talab va umuman bozor tizimi barqarorligining asosiy sharti bo‘lgan pulga bo‘lgan barqaror talabni tan olishdan kelib chiqadi. Pul kredit siyosatiga ustunlik beriladi. Monetaristik retsept shundan iboratki pul massasi doimiy ravishda ishlab chiqarishning o‘sish sur‘atiga to‘g‘ri keladigan doimiy tezlikda o‘sishi kerak.
Keyns ( Keynes) Jon Meynard – ingliz iqtisodchisi, davlat arbobi, keynechilik asoschisi, Kembrij universitetini tugatgan. 1908 yildan to umrining oxirigacha shu universitetda dars bergan va bir qator mamuriy lavozimlarda ishlagan. Britaniya xazinasi xodimi, Angliya banki direktorlaridan biri, Britton – vuds konfirensiyasida Angliyaning bosh vakili , “ Econonmic journal” muharriri bo‘lgan.
Pul muomalasi va moliya, iqtisodiy o‘sish, bandlik sohalarida bir qator asarlar yaratdi. Keynzning asosiy g‘oyalari “Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” asarida bayon etilgan.
Bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solishning zarurligi va davlat iqtisodiy siyosatining asosiy tamoyillarini asoslab berdi. Keynz qarashlari ikkinchi jahon urushi va undan keyingi davrda ko‘pgina g‘arb mamlakatlari( ayniqsa AQSH va Buyuk Britaniya ) da davlat iqtisodiy siyosatining nazariy asosiga aylandi.
Keynschilik – iqtisodiyot nazariyasidagi yetakchi yo‘nalishlardan biri, jamiyat hayotida bir qator makroiqtisodiy hodisalarning o‘zaro ta‘sir ko‘rsatishini tahlil qilish asosida bozor xo‘jaligi faoliyati mehanizmlarini sharxlaydi va davlatning iqtisodiyotga fapl aralashuvi amaliyotini asoslab beradi. XX asrning 30- yillarida paydo bo‘ldi. Asoschisi ingliz iqtisodchisi J.M.Keynz. Keynzning asosiy tamoyillari uning “ Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” ( 1936 yilda) asarida bayon etilgan . XX asrning boshlariga kelib iqtisodiyotning beqarorligini bartaraf etish, chuqur iqtisodiy tangliklardan chiqish yo‘llarini izlash tarzida maydonga keldi. Bu davrga kelib klassik siyosiy iqtisod maktablari va ulardan keyingi iqtisodchilarning bozorning to‘la samaradorligi va o‘z o‘zini tartibga solish g‘oyalari amalda to‘la o‘z tasdig‘ini topmadi. Keynzning asosiy g‘oyasi – bozor iqtisodiy munosabatlari tizimi nomukammal, shu sababli maksimal darajada bandlikni va iqtisodiy o‘sishni faqat davlatning iqtisodiyotiga aralashuvi ta‘minlay oladi. Keynz bozri iqtisodiyotdagi inqiroz va tangliklarning asosiy sababini shaxsiy iste‘mol buyumlari va ishlab chiqarish maqsadlaridagi mahsulotlarga “ samarali talab” ( tadbirkorlarning eng yuqori foyda olishini ta‘minlaydigan talab) ning yetarli hajmda bo‘lmasligida kloo‘radi va umumiy talab hajmini oshirish zarurligini ko‘rsatadi. “ Samarali talab “ ikki omillar guruhiga – iste‘mol tovarlari bozori va ishlab chiqarish vositalari bozoriga bog‘liq. Iste‘mol talabi hajmi “iste‘molga moyillik” va “asosiy ruhiyat qonuni” bilan aniqlanadi. Bu qonunga ko‘ra, jamiyatning ruhiyati shundaki, umumiy real daromad ortishi bilan umumiy iste‘mol ortadi, ammo bu o‘sish daromadlar o‘sishidan past bo‘lgani sababli iqtisodiy o‘sishga yordam beradigan jamg‘armalar hosil bo‘ladi8.
Keynz o‘zining “ Bandlik nazariyasi” asosida iqtisodiyotni tartibga solish tamoyillarini ilgari surdi va davlatning inqirozga qarshi iqtisodiy siyosati dasturini ishlab chiqdi. Muvozanat holatida aholini ish bilan ta‘minlashi ,bandlik darajasi umumiy taklif, iste‘molga moyillik va investitsiya hajmiga bog‘liq. Bandlik darajasi iste‘molga moyillik ortgan sharoitlarda, invastitsiyalar hajmi ko‘payganda ham ro‘y beradi, iste‘mol tovarlari va ishlab chiqarish vositalariga talabning ortishi, taklifning o‘sishiga olib keladi, o‘z navbatida, o‘sib boruvchi taklif yanada bandlik ortishini ta‘minlaydi. Mehnat taklifi unga bo‘lgan talabdan oshib ketsa, ishsizlik kelib chiqadi. Uning fikricha, ishsizlikning bo‘lishi bozor iqtisodiy tizimining o‘zida mavjud. Ishsizlik tufayli nisbatan ortiqcha ish kuchining bir qismi ishsizlar qatoriga siqib chiqariladi va tizimda yana muvozanat tiklanadi. Bunday sharoitda davlat iste‘mol va investititsion tovarlar haridori sifatida iqtisodiyotdagi umumiy talabga ta‘sir etishi mumkin. Fiskal yoki kredit pul siyosati ayniqsa soliq tizimi orqali umumiy talabni oshirishi mumkin. Demak, Keynz nazariyasiga ko‘ra to‘la bo‘lmagan bandlik sharoitida ham umumiy muvozanat saqlanishi mumkin.
Keynz investititsiyasiga katta ahamiyat beradi. Uning fikricha, investitsiyalar ishlab chiqarish iste‘molini kengaytirish , izdan chiqqan umummilliy progressiyalarni tiklash vositasidir. Investitsiyalar qiymati bilan milliy daromad o‘rtasidagi miqdoriy bog‘liqlik multiplikator tamoyilini qo‘llash asosida aniqlanadi. Shunga ko‘ra investitsiyalarning har qanday o‘sishi iste‘molning katta solishtirma hissasi va o‘sish sur‘atlariga qaraganda daromad, bandlik va ishlab chiqarishning ko‘proq darajada yanada professional o‘sishni ta‘minlaydi. Shu sababli investitsiyalarda mujassam bo‘lgan talab iqtisodiy taraqqiyotni davlat xarajatlarini kengaytirish, shuningdek, taqchilli budjetdan moliyalash yo‘li bilan tartibga solish va rag‘batlantirishning asosiy obyekti tarzida e‘tirof etiladi.
Davlat tomonidan iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishning samaradorligi investitsiyalar uchun mablag‘lar topish , imkoni boricha aholini ish bilan to‘la band qilish va foiz normasini qat‘iy belgilashga bog‘liq bo‘ladi. Foiz stavkalari qanchalik past bo‘lsa, investitsiyalarga rag‘bat shunchalik ko‘payadi, investitsion talab oshadi, bandlik o‘sadi, ishsizlik kamayib boradi. Ishlab chiqarish omillari (kapital, mehnat, yer) qanchalik to‘la jalb etilsa, amalda o‘sib boruvchi narxlar yuzaga keladi ( pulning miqdoriy nazariyasi). Resurslar to‘liq foydalanilmagan paytda ham narxlarning mo‘tadiligi saqlanishi mumkin. Keynz nazariyasi bo‘yicha pul massasini 2marta oshirish, narxlarning 2 marta oshuviga olib kelmaydi. 3 – 6 foiz ishsizlik norma deb qaraladi va “ to‘la bandlik “ sifatida talqin etiladi9.
Keynz g‘oyalari o‘z davrida, ikkinchi jahon urishi va undan keyingi yillar katta ta‘sirga ega bo‘ldi, ammo bir qancha o‘zgarishlarga uchradi. Ayniqsa, urush bilan bog‘liq militaristik siyosat davlatning iqtisodiyotda faol ishtirokini talab etdi, urushdan keyingi tiklanish yillari ham bu g‘oya ustun bo‘ldi.( Germaniya, Ispaniya, Italiya)
XX asrning 70 yillarida sanoati rivojlangan mamlakatlar taraqqiyotida ijtimoiy yo‘naltirilganlik kuchaydi ( davlat mulki orti bordi) , davlat budjet qarzlari ko‘paydi, ishsizlik ham o‘sdi, inflatsiya kuchli bo‘ldi, chuqur iqtisodiy tangliklar yuz berishi davom etdi, iqtisodiy sikllarning takrorlanish davri qisqardi, ana shunday sharoitda liberal ( noliberal) g‘oyalar ustunlikni egallay boshladilar. AQSH da reygonomika, Buyuk Britaniyada tetcherizm davlatning iqtisodiyotga aralashuvini minimallashtirdi va iqtisodiy ahvol yaxshilandi. Keynzning g‘oyalari neokeynzchilik vakillari asarlarida yanada rivojlandi.
Keyns umumiylik nazariyasida o‘zgaruvchan narxlar darajasi haqida qisqacha fikr yuritsada, ishsizlik muammosini hal etishning iloji topilmadi , uning asosiy mohiyati haqida fikr bildirish uchun ahamiyatsiz edi. Ishsizlik muammosini qanday qilib hal etish kerakligi masalasining mavjudligi o‘zgarmas maosh hamda narxlar darajasini iqtisodiyotda qo‘llash zarurligidan dalolat berardi. U realitik yo‘nalish bo‘yicha bu masalani hal eta oldi, chunki haqiqiy analitik model shu kabi gipotezalar qilishga imkon bera olmas edi. Keynz o‘z nazariyasiga analitik baza yaratish maqsadida uni boshqalarga qoldiridi. J. Keynzning asosiy asari, Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi‘‘ asari hisoblanadi. Unda bayon etilgan asosiy g‘oyalar quyidagilar hisoblanadi:
- bozor iqtisodiyoti munosabatlari takomillashgan va o‘zini o‘zi tartiblab turuvchi tizim hisoblanmaydi;
- faqat davlatning aralashuvi ish bilan bandlikni eng yuqori darajada oshirishi va iqtisodiy o‘sishni ta‘minlashi mumkin;
- davlatning roli, eng avvalo shundan iboratki, u krizis davrida yalpi talabni oshirish va shu bilan ishlab chiqarishni va investitsiyani faollashtirishi, ishsizlikni esa kamaytirishi lozim.
Yalpi talab va yalpi taklif kesishgan nuqta narx darajasining muvozanatlashganligini, milliy ishlab chiqarishning real hajmining muvozanatlashganini bildiradi, shuningdek, bandlik darajasini tavsiflab beradi. J. Krynz uni samarali talab nuqtasi deb atadi. Samarali talab bu -bandlik darajasini ifodalovchi yalpi to‘lovga qodir talab.
Samarali talab nazariyasining asosiy qoidalari:
Aholining ish bilan bandlik darajasi samarali talabga bog‘liq, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  1. Iste‘molga bo‘lgan talabni ;

  2. Investitsiyaga bo‘lgan talabni.

XX asrning 30 yillari ko‘pchilik mamlakatlarda yalpi talabning ( iste‘mol talabi ham, investitsiya talabi ham) samarali bo‘lmaganligi asoslab beriladi:

      1. Iste‘molga bo‘lgan talabning yetarli darajada samarali bo‘lmasligiga asosiy sabab, ish haqi oshganda kishilar iste‘molining oshib borishi pul daromadining o‘sish sur‘atidan doimo orqada qoladi, bu holat <> ning amal qilishi bilan bog‘lab tushuntiriladi, bu qonunga ko‘ra, inson daromadlari oshib borganda oldingiga qaraganda daromadlarning ko‘proq qismi jamg‘arib boriladi;

      2. Investitsiyaga bo‘lgan talab ikkita sababga ko‘ra samarali bo‘lmagan:

  • O‘sha ,,asosiy psixalogik qonun‘‘ning amal qilishi tufayli iste‘molchining sarflagan investitsiyasiga foyda ololmay qolishidan qo‘rqishi;

  • Kredit uchun yuqori osuda foizning amal qilishi.

J. Keynz yuzaga kelgan vaziyatdan chiqish uchun davlat va hukumatning quyidagi faoliyat yo‘nalishlarini taklif qiladi:
- davlat uncha yuqori bo‘lmagan iste‘mol talabini davlat harajatlarini va iste‘molini ko‘paytirish orqali kompensatsiyalashi kerak;
- hukumat ssuda foizini ilmiy asoslab tartiblash yo‘li bilan xususiy investitsiyani rag‘batlantirish siyosatini yurgizishi kerak;
- bozordagi vaziyatga qarab , ayrim hollarda, aholi jamg‘armasining haddan tashqari ko‘payib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida aholidab olinadigan soliqlarni ko‘paytirishi zarur, shu maqsadda vaqti vaqti bilan ish xaqi darajasini muzlatib qo‘yish o‘rinli hisoblanadi;
- makroiqtisodiy darajada qaror qabul qilishda ,,multiplikator‘‘ dan foydalanish zarur.



Download 116.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling