Ijtimoiy-gumanitar va mutaxassislik fanlari


Download 1.31 Mb.
bet40/93
Sana27.02.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1234071
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   93
Bog'liq
falsafa 2022 majmua

Erk uchun Vatanda qilolmasang jang,
Sen qushni vatanlar erki deb kurash Yunonu Rumoning tug‘an tut tarang,
Boshingni tika bil erk uchun sarkash!
Ezgulik yulida bo‘lsang qahramon,
Sen inson erki deb kurashsang azot,
Bir, kuni, ciptmoqdan gar qolsang omon,
Jo‘mard deb alqagay seni odamzot!
Italiyadagi ozodlik xarakati mag‘lubiyatga uchragach, u qadim Yunonistonni Turkiya zulmidan ozod qilish uchun kurashdi. U Yunonistonda, botqoqlik yonidagi Missolungi shahrida og‘ir bezgakdan vafot etdi. Uning o‘limi xam istibdodga qarshi shiorga aylandi qo‘zg‘olonchilar “Bayron uchun!” degan. jangovar hayqiriq bilan jangga otildilar. Benazir, YUnonistonning ozod qilingan qismi general-gubernatori, erksevar qo‘mondon va ulug‘ inson xotirasiga yunon xalqi yigirma bir kun qora kiyib, motam tugdi. Xamma cherkovlarda Bayron haqiga ibodat qilindi. Daphaqiqat, erkparvarlik tamoyilini xayotining ma’nosi deb bilgan insonning ma’naviy umri boqiy, ular kelajak avlodlar uchun ideal bo‘lib qoladilar.
Eng ma’lum va mashxur tamoyil, bu vatanparvarlik. U insonning o‘z Vataniga muxabbatini, uni asrab-avaylashga bo‘lgan ishtiyoqini anglatuvchi axloq tushuncha. Uni ko‘pincha Vatan dushmanlariga qarshi ma’naviy-mafkuraviy qurol sifatidagina talqin etadilar.
Aslida esa, bu tamoyilning qamrovi ancha keng - u insonparvalikning nisbatan muayyanlashgan shakli. U, eng avvalo, o‘z vatandoshlari erkini asrash uchun kurash, inson ozodligi yo‘lidan xattixarakatlardir. Vatan himoyasi, bu - inson ximoyasi, millat himoyasi. Lekin bu ximoya, yuqorida aytganimizdek, faqat jang maydoniga emas, balki barcha cohalapda namoyon bo‘ladi. Xar bir soxada Vatan erishgan muvaffqiyatlardan quvonch, muvaffaqiyatsizliklardan qayg‘u hissini tuyush, Vatan bilan g‘ururlanish, uning xar bir qarich eri, binosining xar bir g‘ishtiga, qadimiy obidalariga, ilm-fan va san’atdagi yutuq ulariga mehr bilan qarash, ularni ko‘z qorachig‘idek asrab avaylash - bo‘lar xammasi vatanparvarlikdir. Hozirgi paytda yoshlarimizda vatanparvarlik tuyg‘usini tarbiyalash, ularni Vatan ma’nosini teran anglab etishga urgatish vatanparvarlik - yuksak axloqiy tamoyil ekanini tushuntirish fanimizning dolzar6 vazifasi hisoblanadi.
Yana bir muxim axloqiy tamoyil, bu - Millatparvarlik. U ma’lum ma’noda, vatanparvarlik tamoyilining yanada muayyanlashgan shakli. Zero millatni sevish keng ma’noda Vatanni sevish degani. Vatansiz millatning bo‘lishi yoki rasmona erkin va baxtli yashashi mumkin emas.
Lekin millatparvarlikni millatchilik bilan qorishtipib yubormaslik lozim. Millatchilik o‘z millatini ajratib olib, unga buyuklik maqomini berishga ingilish bo‘lsa, millatparvarlik, boshqalarni kamsitmagan xolda, o‘z millati ravnaqi uchun kurashish, bu yo‘lda, lozim bo‘lsa, o‘z hayotini xam fido qilish demakdir. U insonparvarlik bilan xam chambarchas bog‘liq. Chunki o‘z millatini chin dildan sevmagan, odati xech qachon boshqa millatlarni seva olmaydi.

Asl millatparvar - milliy o‘zlikni anglab etgan inson. U o‘z millati bilan faxrlanadi, o‘z millati bilan butun jahonning faxrlanishini istaydi. Chunonchi, Navoiy do‘pi bilan to‘p kiygan o‘zbekni xar qanday shoh jamolidan afzal ko‘radi.
Shohu toju xil’atekim, men tomosha qilg‘ali
O‘zbakim boshida qalpoq, egnida shardog‘i bas.
Lekin Navoiy shu faxrlanishi, g‘ururlanishi barobarida o‘zgalarga kibr bilan qaragan emas, aksincha, o‘zga til vakili bo‘lmish Jomiyga bag‘oyat xurmat-izzat ko‘rsatib, unga, pirim, deb qo‘l bergan.
Asl millatparvar insonlarning umri millatning umri kabi mangudir. Millat yo‘lida o‘z jonini tikkan Munavvar qori, Behbudiy, Fitrat, Cho‘lpon singari minglab fidoiylarni ham halqimiz hech qachon unutmaydi.
Shuningdek, tinchlikparvarlik, jo‘mardlik singari axloqiy tamoyillar ham insoniyat hayotida muhim ahamiyatga ega. Chunonchi, tinchlikparvarlik urushning, kon to‘kishning har qanday ko‘rinishining inkor-etadi. Ba’zi ulug‘ davlatchilik va buyuk millatchilik ruxi hukmron bo‘lgan jamiyatlarda tinchlikparvarlar quvg‘in qilinadi, turmalarga tashlanadi. Lekin ular o‘z tamiyillaridan hech qachon qaytmaydilar. Ular insoniyatni barcha bahsli masalalarini tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqiradilar. Yer yuzida tinchlik o‘rnatish uchun tinimsiz kurash olib boradilar. Jo‘mardlik tamoyili esa Sharqda qadimdan mavjud. Ovro‘poda o‘sha altruizm nomi bilan Ogyust Kong ilmiy muomalaga kirishgan. U kishida o‘z qavmdoshiga achinish hissidan, unga baxt va farovonlik tilash tuyg‘usidan kelib chiqadi, moxiyatan beminnat xayriyaga asoslanadi. Bundan tashqari, bizning milliy axloqshunos-ligimizda o‘zbekchilik, mexmondo‘stlik kabi tamoyillar mavjud. Ular millatimizning eng yaxpm ananalariga sadoqat tuyg‘usidan kelib chiqadi va o‘zbek kishisiga xos bag‘ri kenglik, do‘ctga, mexmonga borini bag‘ishlashdek fidoyilik xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Ayni paytda, bu tamoyillarni suistemol qilishi hollari ham hozirgi paytda tez-tez uchrab turadi. Shunga qaramay, o‘zbekchilik va mexmondo‘stlik tamoyillari xalqimizning o‘ziga , xoslimni ta’kidlaydi. Jahonning juda ko‘p xalqlari bu tamoyillar egasi bo‘lmish o‘zbek millatiga doimo extirom, havas va hayrat bilan minnatdorchilik bildiradilar.
Inson hayotida axloqiy me’yorlar ham katta ahamiyatga ega. Ular tamoyillarga nisbatan ancha sodda, umumlashmagan, tor qamrovli. Ularni kundalik xayotimizda ma’lum axloqiy tamoyillarning amalga oshish murvatlari ham deyish mumkin, ular axloqiy talablarning eng oddiy shakli sifatida ruyobga chiqadi. Xalollik, rostgo‘ylik, xushmuomalalik, boodoblik, kamtarlik singari me’yorlar ayniqsa, diqqatga sazovar. Shuni ham aytish kerakki, halollikni uning dactlabki tor diniy mazmunida qaysi taom haromu, qaysinisi halol, degan ma’noda tushunmaslik lozim. U allaqachon umuminsoniy ma’no kasb etgan me’yorga aylangan. Xalollik, roctgo‘ylik vijdon tushunchasi bilan bog‘liq, insonning o‘zgaga munosabati o‘ziga munosabatidek sof bo‘lishini talab qiluvchi me’yorlardir.
O’nlab me’yorlar orasida bu ikkisiga to‘xtalishimizning sababi shundaki, mustamlakachilik davrida, ayniqsa, sho‘rolar xukumronlik qilgan chorakam bir asr vaqt mobaynida yolg‘on, aldov, nopoklik, xaromxo‘rlik, munofiqlik singari illatlar xalqimizga shu qadar ustalik bilan singdipildiki, hozirgi paytda ko‘pchilik odamlar halollik va rostgo‘ylik ustidan xatto kuladigan bo‘lib kolganlar. So‘z bilan ish birligi yo‘qolgan, qog‘ozdagi chiroyli gaplar xayotga to‘g‘ri kelmaydi. Lekin bo‘larning hammasi afsuski, odatiy holdek, qabul qilinadi. Shu bois mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq bu illatlarga qarshi-kurash boshlandi. Hozirgi kunda
202

davlatimiz milliy ma’naviy qadriyatlarni tiklashni, odamlarni halol, insofli, adolatli bo‘lishga chaqirishni o‘z ichki siyosatining muhim qismi deb bilgan holda ish tutmokda. Zero ko‘z o‘ngimizda yolg‘on, aldov, ikkiyuzlamachilik nimaligini deyarli bilmaydigan jamiyatlar, millatlar gullab-yashnamoqda. Yaponiya, Olmoniya, Fransiya, AQSH, Buyuk Britaniya singari mamlakatlar shular jumlasidan. Shunday qilib, qisqacha bo‘lsada, axloqshunoslik mezoniy tushunchalari, axloqiy tamoyillar va me’ryolar nima ekanini, ularning shaxs Hamda jamiyat axloqiy xayotida naqadar muhim o‘rin tutishini ko‘rib chiqdik.

  1. Ixtiyor erkinligi va axloqiy tanlov.

Qadimiy ona sayyoramizdagi xayot odatda uch olamdan iborat deb qabul qilingan. Bular - nabotot, hayvonot va bashariyat olami; ularning o‘zaro munosabatlari zaminimizdagi hayotning asosiy omili hisoblanadi.Xar uchalasiga xam paydo bo‘lish, rivojlanish, o‘zini muxofaza qilishi, nasl qoldirishga intilishi instinkti berilgan va hayotining bir kunmas-bir kun o‘lim bilan nihoya topishi qismati belgilangan. Chunonchi, o‘simlik upug‘idan paydo buladi, rivojlanadi, singan shoxlari o‘rnini sirach chiqarib, davolaydi - muxofaza qiladi, urug‘lik qoldirib, bir kun kuriydi. Hayvon shu xususiyatlar bilan birgalikda sezish a’zolari va qobiliyatini hamda muayyan darajada idrok. etish xislatiga ega. Insonda esa bulardan tashqari mulohaza qilish, fikrlash qobiliyati va uyat hissi, bir so‘z bilan aytganda, aql bor. Uni G‘azzoliy oltinchi sezgi yoki ikkkinchi yurak, yurak ichidagi yurak o‘qiydi. Ana shu axloq ixtiyor erkinligini, ixtiyor erkinligi esa axloqni taqozo etadi.
Inson ham ixtiyor erkinligi zaruriyat talabi bilan okilona, aqlga bo‘ysundirilgan ravishda, cheklanadi, ya’ni nisbiylamaydi. Aks holda, muayyan bir, bir necha inson yoki guruxning betiyiq erkin ixtiyori nafakat boshqa insonlar va gupuhlap, balki nabotot, xayvonot olami, butun dunyo uchun fojeaga aylanishi mumkin. Ixtiyor erkinligini bunday cheklashning, aqlga bo‘ysundirishning asosiy vositasi axloqdir.
Shunday kilib, axloq - oliy mavjudotga ato etilgan oliy ne’mat. YA’ni axloqning kelib chiqishi iloxiy manba’dandir. Ana shu iloxiy asosni asrab-avaylab, taraqqiy toptirish xar bir insonning asosiy vazifasi, burchi. Shu bois o‘z-o‘zini va iloji bo‘lsa, o‘zgalarni axloqiy tarbiyalash barcha muqaddas kitoblarda savob sanaladi.
Ixtiyor erkinligi tufayli inson xar qadamda axloqiy tanlov muammosiga duch keladi. Bu muammo kishida mas’uliyat xissi mavjudligidan dalolat beradi. Mas’uliyatni, o‘zgalar va o‘z vijdoni oldida javobgarlikni sezmagan kishi xoxlagan ishga qo‘l urishi mumkin - uni uz qilmishining oqibati qiziqtirmaydi, u fakat manfaat ustuvorligini tan oladi, xolos. Unday odamni axloqsiz deb ataydilar. Zero inson yo ezgulikni, yo yovuzlikni tanlashi tufayli nimanidir ixtiyor etadi axloqiy tanlov xar bir xatti-xapakat, xar bir qilmishning ibtido nuqtasi.
Umuman, inson va jamiyat axloqiy hayotida tanlovning ahamiyati beqiyos. Masalan, tarixdan bir ta’sirchan voqeani olib ko‘raylik bozorda mutasavvif alloma, ozarboyjon, eski uzbek (turkiy), fors tillarida o‘lmas asarlar yaratgan buyuk shoir Nasimiyning g‘azalini yod o‘qiyotgan bir yosh yigitni kufrda ayblab, xibsga oladilar. yigit oldida ikki yo‘ldan birini tanlash turardi yo piri Nasimiyni sotish va tavba qilib, banddan ozod bo‘lish yoki g‘azalni o‘zimniki, deb o‘limga tik borish. Pokdomon, or-nomusli yigit ikkinchi yo‘lni tanlaydi. Qozi uning terisini shilishga buyuradi. Olomon tomomabinlar yig‘iladi. Shu payt Nasimiy kelib qoladi. Voqeadan xabar topgan Nasimiy oldida xam endi tanlov turardi - tanlamaslikning iloji yo‘q edi yo o‘zini oshkor qilib, yosh yigitni jallod qo‘lidan qutqazishi va uning o‘rnini egallashi, yoki olomon orasidan sekin sirg‘alib chiqib ketib, shogirdining o‘limga maxkum etilishi evaziga o‘z jonini asrab qolishi kerak. Buyuk mutasavvif shoir birinchi yo‘lni tanlaydi o‘zini jallod qo‘liga tutqazib, begunox yigitni ozod etadi.
Qozi Nasimiyning terisini shilishga buyuradi. Jallod ishga kirishadi, atrofga qon sachraydi. SHunda qozi odamlarga, nari turinglar, bu kofirning tomchi qoni biror eringizga tegsa, usha erni kesib tashlash kerak buladi, deydi. qozi gapini tugatar-tutatmac, Tangri irodasi bilan bir tomchi qon sachrab kelib uning jimjalog‘ita tegadi. Olomon qozidan barmog‘ini kesib tashlashini talab qiladi. Endi qozining oldida tanlov turardi yo barmog‘ini kesishga berib, gapining ustidan chiqishi kerakki gapidan kaytib, sharmisor bo‘lishi kerak. Qozi axloqiynopok, qo‘rqoq va xudbin odam sifatida gapidan kaytadi. Nasimiy esa kiynoqqa mardonovor chidab, churq etmaydi, aksincha qozining axvolini ko‘rib, istexzoli kuladi va co‘ngi g‘azalini yoddan aytadi. Nasimiyning bu jasorati asrlardan-asrlarga o‘tdi, ne-ne shoirlarning she’rlarida madh etildi, o‘zi esa insoniy poklik va yuksak axloqiylikning o‘lmas timsoli bo‘lib qoldi. Bir namuna sifatida buyuk turkman shoiri Maxtum qulining “Savol-javob” she’ridan quyidagi sakkiz satrni keltirish mumkin :

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling