Agnosticism
|
Агностицизм
|
yunon. agnosis — a — inkor, gnosis — bilish, bilishni inkor etish. noma’lum)
— falsafiy ta’limot bo‘lib, moddiy tizimlar, tabiat va jamiyat qonuniyatlari mohiyatini bilish imkoniyatlarini rad etib, bilimni voqealikka muvofiqligini isbotlash mumkin emas, deb hisoblaydi.
|
Geotsentrizm
|
Geocentrism
|
Геоцентризм
|
(yunon. geep va lotin. centrum mar-kaz so‘zlaridan olingan). Ptolomeyning geotsentrik nazariyasiga ko‘ra, Er butun cheksiz Koinotning markazi hisoblanadi. Uyg‘onish davrining yirik olimi, ilmiy astronomiyaning asoschisi Nikolay Kopernik geliotsentrik nazariyani ilmiy jixatdan asoslab berdi.
|
Irratsionalizm
|
Irratsionalizm
|
Иррационализм
|
(lotincha-ongsizlik,noma’lumlik (aqlsizlik) ma’nosini bildiradi), ongsizlik afzalligini olamning va bilish jarayonining asosiy xususiyati deb hisoblovchi falsafiy ta’limot.
|
Pozivitizm
|
Pozivitizm
|
Позивитизм
|
(lotincha ijobiy) - falsafiy tafakkurning G‘arb mamlakatlarida keng tarqalgan ko‘rinishi bo‘lib, uning diqqat markazida falsafa va fan munosabati muammosi turadi. X1X asrning 30-40 yillarida Fransiyada eski falsafiy an’analardan uzil-kesil voz kechish va yangi ilmiy falsafa yaratish zarurligi
|
|
|
|
to‘g‘risida O.Kont bahs-munozaralar yuritadi va pozivitizm falsafasiga asos soladi.
|
Ratsionalizm
|
Rationalism
|
Рационализм
|
(lotincha moyillik) gnoseologiya va prakseologiyadagi yo‘nalish bo‘lib, inson aqlining bilish jarayonida ham, inson faoliyatida ham hissiy (sezgi, idrok, tasavvur) bilish shakllariga nisbatan ustuvorligini tan oladi.
|
Skpetitsizm
|
Skpetitsizm
|
Скпетицизм
|
(yunoncha -muxokama kilish, taqdim qiluvchi) falsafiy oqim bo‘lib, shubhani tafakkurning tamoyili sifatida ta’kidlaydi, haqiqatning ishonchligiga shubha bildiradi.
|
Ssientizm
|
Stsientizm
|
Сциентизм
|
(lotincha bilim, fan) falsafiy dunyoqarashning bir turi bo‘lib, uning asosida ilmiy bilim madaniyatning eng oliy qadriyati, degan tasavvur yotadi.
|
Sensualizm
|
Sensualism
|
Сенсуализм
|
(fran. sensualisme, lotin. sensus — sezgi, xis-tuygu, idrok, xissiyot) bilimning mox.iyati va paydo bulishini urganuvchi falsafiy yunalishlardan bulib, bu ta’limotga kura, bilimlarning anikligi, haqqoniyligi faqat sezgilarga asoslanadi.
|
|
|
|
Sensualizm empirizmning ajralmas unsuridir.
|
Feyerbax
Lyudvig
|
Feyerbax
Ludwig
|
Фейербах
Людвиг
|
olmon klassik falsafasining yirik namoyandasi. U Bavariyada tanikdi olmon xukuqshunosi Anselm Feyerbax oilasida tavallud topgan. F.ning asosiy asarlari: «Gegel falsafasining tankidiga doir», «Xristianlikning mohiyati», «Kelajak falsafasining asoslari», «Falsafa isloxiga doir tezislar»
|
4-mavzu. Borliq - falsafaning fundamental kategoriyasi
|
Borliq
|
Existence
|
Существование
|
falsafiy tushuncha o‘zida butun mavjudotni, uning o‘tmishi, hozirgi davri va kelajagini ham qamrab oladi.Borliq o‘ziga ham ob’ektiv ham sub’ektiv reallikni, shuningdek mavjud bo‘ladigan olamlarni qamrab oladi.
|
Vaqt
|
Time
|
Время
|
borliqning asosiy yashash shakllaridan biri bo‘lib, u voqea va hodisalarning ro‘y berish ketma-ketligi va izchilligi tartibini, davomiyligini ifodalaydi
|
Voqelik
|
Reality
|
Реальность
|
(lotin so‘zidan olingan bo‘lib, haqiqiy mavjud reallik ma’nosini bildiradi).Voqelik mavjud narsalarga taalluqli, ularning mavjudligi dalilisbotni talab etmaydi.Voqelik bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsalarni oldindan
|
|
|
|
sezish, ko‘rish, his qilish tarzida namoyon bo‘ladi
|
Zamon va makon
|
Time and space
|
Время и пространство
|
olam mavjudligining asosiy shakllari
|
In’ikos
|
Perception
|
Восприятие
|
aks ettirish demakdir. Falsafiy ma’noda esa in’ikos, bu — ob’ektlarning o‘zaro ta’siri natijasida modda, energiya va axborot almashish jarayonidir.
|
Substansiya
|
Substance
|
Вещество
|
- (lotin. Substansia — mohiyat) — Kadimgi Yunoniston, Hindiston, Xitoy falsafiy tafakkuri tarixida butun mavjudotning bosh asosini ifodalovchi tushuncha. Bu bosh asos muayyan ashyolar va xodisalarning paydo bo‘lishi va yo‘q bulishi shart-sharoitlarni belgilaydi.
|
Olam
|
Universe
|
Вселенная
|
borliqning odam nazarda tutgan unsurlardan tashkil topgan odam tomonidan bilingan, anglangan qismi.
|
Harakat
|
Motion
|
Движение
|
moddiy, ruhiy va ma’naviy borliqning mavjudlik shakllaridan biri, uning muhim atributi. Eng umumiy tarzda harakat umuman, o‘zgarishdan, ob’ektlarning o‘zaro ta’siridan iborat.
|
5-mavzu: Olamning universal aloqalari va rivojlanish. Falsafaning qonun va kategoriyalari
|
Fazo
|
Space
|
Пространство
|
borliqning asosiy mavjudlik shakllaridan biri bo‘lib, u ob’ektlarning o‘zaro joylashish tartibi, ko‘lami, hajmi, o‘lchamlari, ob’ektni tashkil etuvchi nuqtalarning o‘zaro joylashish vaziyati kabi xususiyatlarini ifoda etadi.
|
Daraja
|
Level
|
Уровень
|
narsa va xodisalarning qanday bosqichda uyushganligi va rivojlanganligining kursatkichi.
|
Qonun
|
Law
|
Закон
|
muayyan shart-sharoitida voqealar rivojining xususiyati va yo‘nalishini belgilaydigan, ma’lum bir qat’iy natijani taqozo etadigan, tevarakatrofdagi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy, nisbiy barqaror munosabatlarni ifodalash uchun ishlatiladigan falsafiy kategoriya.
|
Miqdor
|
Quantity
|
Количество
|
moddiy tizimlardagi o‘zgarishlarning majmuasi bo‘lib, bu o‘zgarishlar aynan uning mohiyatini o‘zgartirishga teng emas.
|
Mohiyat
|
Cause
|
Причина
|
narsalarning ichki mazmunini tashkil etuvchi jihat. Mohiyat tashqi aloqadorlikdan yashiringan hodisadir.
|
Xaos
|
CHaos
|
Хаос
|
qadimgi yunon afsonalariga kura, nihoyasiz, dastlabki massa, tartibsizlik
|
Dualizm
|
Dualism
|
Дуализм
|
- (lotin. duo — ikki) falsafiy ta’limot. Unga ko‘ra ikki qarama-qarshi asosning doimiy mavjuddigini e’tirof etish, o‘rtasida doimiy kurash mavjudligini tan olish xosdir.
|
6-mavzu. Bilish nazariyasi: asosiy muammolari va yo‘nalishlari
|
Dialektika
|
Dialectic
|
Диалектический
|
(yunon. dialekiike) — rivojlanish tugrisidagi falsafiy ta’limot bulib, u ontologik xamda mantiqiy tushuncha sifatida tushuniladi
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |