Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar
-mavzu. Banklarning kelib chiqishi va bank tizimi
Download 309.98 Kb.
|
Банк иши Маърузалар курси 2 курс
1-mavzu. Banklarning kelib chiqishi va bank tizimi.
Reja: Banklar paydo bo‘lish tarixi. Markaziy banklarning kelib chiqish tarixi. Tijorat banklari. Banklar paydo bo‘lish tarixi. O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunida bank atamasiga quyidagicha ta’rif berilgan: Bank — bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish, to‘lovlarni amalga oshirish, omonatlarga (depozitlarga) pul mablag‘larini jalb etish, o‘z nomidan kreditlar berish bo‘yicha bank faoliyati sifatida aniqlangan operatsiyalar majmuini amalga oshiruvchi tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxs.3 Bank ishining dastlabki belgilari quldorlik jamiyatida paydo boʻlgan. Ular asosan, savdogarlarning pul bilan bogʻliq hisob-kitob ishlarini bajargan jiro-banklar (mijozlar Oʻrtasida hisob-kitoblarni naqd pulsiz olib boradigan banklar) shaklida vujudga keldi. Shu bilan bir qatorda maxsus sarrofxonalarda sarroflar pul almashtirish va yirik pullarni maydasiga almashtirib berish ishlari bilan shugʻullangan. Bankning ayrim belgilariga ega boʻlgan muassasalar oʻrta asrlarda shimoliy Italiya shaharlarida, soʻngra Gollandiya va Germaniyaning savdo markazlarida yuzaga kelgan. Keyinchalik puldorlar o‘z bo‘sh turgan mablag’laridan foyda olish maqsadida ularni vaqtincha foydalanishga mablag’ zarur bo‘lgan subyektlarga ssudalar berishgan. Bu hol pul almashtiruvchi puldorlarning bankirlarga aylanishiga olib kelgan. Bank so‘zi italyancha «banka» so‘zidan olingan bo‘lib, «stol», «pullik stol» degan ma’noni anglatadi, chunki o‘rta asrlarda italiyalik puldorlar hamyonlaridagi, idishlaridagi tangalarni stol ustiga qo‘yib xisob-kitob qilganlar. XII asrlarda Genuyada pul almashtiruvchilarni «bancheri» deb atalib, agar puldorlarning qaysi biri ishonchni oqlamasa va ishiga ma’suliyatsizlik qilsa, u o‘tirgan stol sindirib tashlangan va uni «Bancorotto», ya’ni bankrot deb atashgan. Banklar paydo bo‘lishining boshlang’ich nuqtasi bo‘lib XVI asrda Florensiya va Venesiyada tashkil qilingan kichik jiro-banklar hisoblanadi. Keyinchalik bunday banklar Amsterdamda (1605), Gamburgda (1618), Milanda, Nyurenbergda, Genuyada vujudga kelgan. Bu banklar asosan o‘z mijozlari – savdogarlarga xizmat qilgan, ular o‘rtasida naqd pulsiz xisob-kitoblarni olib borgan. Angliya bank tizimi (XVI asr) yuzaga kelgan va rivojlangan birinchi davlat hisoblanadi. Angliya bankirlari oltinni saqlab beruvchilar va savdogarlardan kelib chiqqan. Tarixda birinchi yuzaga kelgan bank Angliya banki hisoblanadi, u 1694 yilda aksioner bank sifatida tashkil bo‘lgan. Keyinchalik sanoat rivojlanishi natijasida banklar boshqa mamlakatlarda ham tashkil bo‘lgan. Natural xo‘jalik munosabatlarining tugashi, savdo-sotiq munosabatlarining rivojlanishi pullik xisob-kitoblar olib borishga, nobankini rivojlanishiga yo‘l ochdi. Kapitalizmning vujudga kelishi va rivojlanishi bilan bankning ahamiyati ortib ketdi. Bank ishining hozirgi tamoyillari birinchi boʻlib 17-asrdan boshlab Angliyada, soʻngra boshqa mamlakatlarda yuzaga kela boshladi. Shu davrdan boshlab bank kapital va tadbirkorlikni ishga solishning maxsus bir sohasiga aylandi. Bankning koʻpayishi bilan ssuda kapitali kapitalning asosiy shakllaridan biri boʻlib qoldi. Asta-sekin bank yiriklashib, ular bajaradigan operatsiyalar doirasi kengayib bordi. Bank muomalaga xususiy veksellar oʻrnida ishlatiladigan kredit pullari — banknotlar (bank biletlari) chiqara boshladi. Koʻpgina mamlakatlarda cheklar bilan amalga oshiriladigan naqd pulsiz hisob-kitoblar paydo boʻldi. Kapitalizmning rivojlanishi bilan kredit va toʻlovlarda vositachilik vazifasini bajaradigan muassasalarga talab ortib bordi. Bank boʻsh pul vositalarini yigʻib, ularni turli muddatlarga ssudaga berdi, ular korxonalarning joriy hisob varagʻini yuritib, korxonalar oʻrtasida oʻzaro hisobkitoblarni olib bordi. Asta-sekin bank oʻrtasida eng yiriklari paydo boʻldi. Ayniqsa, 19-asr oxiriga kelib bank ishlab chiqarishning konsentratsiyalanishi oqibatida bankning yiriklashuvi bank sonini qisqarishiga va bank monopoliyalarining vujudga kelishiga, ular oʻrtasida oʻzaro raqobat kurashining kuchayishiga sabab boʻldi. bank toʻlov va kredit operatsiyalarida vositachilik qilish bilan kifoyalanmay, sanoat korxonalari aksiyalarini sotib ola boshladi ya'ni korxonalarga egalik huquqini rasmiylashtirishni yo‘lga qo‘ydi va ularning xoʻjaliklari yoki muassislaridan biriga aylandi, yangi korxonalar taʼsis etishda hamkorlik qildi. Yirik bank va sanoat kapitalining birga qoʻshilib ketishi natijasida moliya kapitali va moliya oligarxiyasi vujudga keldi, bu oligarxiya mamlakatlarning iqtisodiy va siyosiy hayotida katta mavqeni egalladi. Hozirgi davrda koʻpgina mamlakatlarda koʻplab (masalan, 90-yillar boshida AQShda 14,5 mingdan ortiq bank boʻlgan) bank boʻlishiga qaramay, ulardan 3—4 tasigina yetakchi oʻrinda turadi. Turli mamlakatlardagi yirik bank nihoyatda sertarmoq boʻlib, oʻz mamlakati doirasidagina emas, shu bilan birga jahonning juda koʻp mamlakatlarida boʻlim va filiallariga ega. Rivojlangan mamlakatlarda bank iqtisodiyotni boshqarish va ragʻbatlantirish muassasasi vazifalarini bajaradi. bank pul kapitalini iqtisodiyotning sohalari va tarmoqlari boʻyicha taqsimlanishida qatnashib, fonda normasining tenglashuvini taʼminlaydi. Banklar paydo bo‘lishining asosi bo‘lib tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi hisoblanadi. Tovar-pul munosabatlarinig bo‘lishi va ularning rivojlanib borishi barcha ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarda banklarning ham bo‘lishini taqazo etadi. Ssuda kapitalisti asosan o‘z bo‘sh mablag’ini karzga berib ssuda foizi sifatida daromadga ega bo‘lsa, bankirlar asosan chetdan jalb qilingan mablag’larni kreditga berib foydaga ega buladi. Banklar korxona, tashkilot, davlat muassasalari, aholi bo‘sh pul mablag’larini jalb qilish orqali katta hajmdagi mablag’ni jamlab uni harakatini boshqaradi. Banklarni yiriklashuvi va ular faoliyatini takomillashuvi ularni maxsus korxonalar – kredit muassasalariga aylanishiga olib keldi. Download 309.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling