Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar


Markaziy banklarning kelib chiqish tarixi


Download 309.98 Kb.
bet3/84
Sana29.03.2023
Hajmi309.98 Kb.
#1308518
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
Bog'liq
Банк иши Маърузалар курси 2 курс

1.2. Markaziy banklarning kelib chiqish tarixi.
Markaziy bank nima? Markaziy bank – mamlakatdagi narx darajasi, bank tizimining barqarorligi hamda to‘lov tizimining barqaror faoliyati uchun mas’ul bo‘lgan muassasadir. Buning uchun Markaziy bank pul-kredit siyosatini olib boradi, tijorat banklar, to‘lov tashkilotlar, hamda bir necha nobank kredit tashkilotlar (MKT, lombarlardlar va boshqalar) faoliyatini litsenziyalaydi, tartibga soladi va nazorat qiladi.
Markaziy banklarning rivojlanish tarixi shuni ko‘rsatadiki, ularning kelib chiqishi xususiy banklarga berilgan imtiyozda, ya’ni pul bosib chiqarishda (pul emissiyasi) namoyon bo‘lgan.
Iqtisodiy rivojlanishning dastlabki bosqichlarida markaziy (emitent) va tijorat banklari o‘rtasida farq bo‘lmagan, lekin pul-kredit tizimi rivojlangani sari bir necha yirik tijorat banklarida banknot emissiyasini markazlashtirish jarayoni yuz bergan, natijada banknotlarni chiqarish monopol huquqi bitta bankka tegishli bo‘lib qolgan.
Markaziy banklarning paydo bo‘lishi XIX asrning o‘rtalariga va XX asrning boshlariga to‘g‘ri keladi, chunki bu davrda ko‘pchilik hukumatlar muomaladagi pul masalasini nazorat qilish muayyan banklar bo‘ynida bo‘lishni qonunlashtirgan.
Markaziy bank birinchi marta qaerda va qachon paydo bo‘lganini aytish qiyin. Ayrim iqtisodchilar markaziy bankning vazifalarini birinchi bo‘lib bajargan bankning tashkil topgan sanasi deb hisoblaydilar. Bu mezonga Riksbank (SHvetsiya banki bo‘lib, 1668-yilda tashkil etilgan) mos keladi. Angliya banki 1694-yilda tashkil topgan. Fransiya banki esa 1800-yilda.
Jahon amaliyotida markaziy banklar vujudga kelishining ikki asosiy yo‘li mavjud:
Birinchi yo‘l– bu uzoq davr davomida tijorat banklarining rivojlanishi natijasida, ularni millliylashtirish yo‘li bilan Markaziy banklarning tashkil qilinishi. Bunga misol qilib, Angliya bankini(1844 yil), Fransiya bankini(1848 yil), Ispaniya banki(1874 yil), Germaniya Reyxsbanki(1875 yil), Italiyada(1893 yil), Ispaniyada (1874 yil) mavjud banklarning emissi­on markaz sifatida faoliyat ko‘rsatishga moslashganligini keltirish mumkin.
Ikkinchi yo‘l tashkil qilingandayoq Markaziy bank – emission markaz sifatida qabul qilingan banklar. Bunday banklarga AQSHning Federal banklari, 1913 yillarda ko‘pgina Lotin Amerikasi mamlakatlarida tashkil qilingan banklar, Avstriya banki va boshqalarni misol keltirish mumkin.
An’anaga ko‘ra, markaziy bankning 4 ta asosiy vazifasi bor. Markaziy bank:
a) mamlakatning emission markazi, ya’ni banknotlar chiqarishning monopol huquqiga ega;
b) banklar banki, ya’ni kompaniya va muassasalar bilan emas, balki asosan ushbu mamlakat banklari bilan operatsiyalarni amalga oshirishi: milliy kredit tizimini zarur standartlash va professionallik darajasini saqlagan holda ularning kassa zaxiralarini qonun bilan belgilangan miqdorda saqlash, ularga kredit berish (oxirgi kreditor instansiyasi), nazorat qilish.
v) mamlakatning asosiy hisob-kitob markazi. Bu degani, boshqa banklar o‘rtasida o‘zaro talablari va majburiyatlarining hisob-kitobi (kliring) asosida naqd pulsiz operatsiyalarini amalga oshirishda vositachi vazifasini bajaradi;
g) pul-kredit siyosati orqali iqtisodiyotni tartibga soluvchi organ.
Tartibga solish funksiyasi - pul muomalasini tartibga solishdir. Bunga naqd va naqdsiz pul emissiyasini kamaytirish yoki ko‘paytirish va diskont siyosati, minimal zaxiralar siyosati, ochiq bozor, valyuta siyosati orqali erishiladi.
Tartibga solish funksiyasi nazorat funksiyasi bilan chambarchas bog‘liq. Masalan, minimal zaxira siyosatini o‘tkazishda, Markaziy bank muayyan bankning holati haqida keng ma’lumot oladi.
Nazorat funksiyasiga bankning bank tizimi tarkibining sifat talablariga muvofiqligini aniqlash kiradi, ya’ni kredit muassasalarini milliy bank bozoriga qabul qilish tartibi. Bundan tashqari, bunga kredit muassasalari uchun zarur iqtisodiy koeffitsientlar va me’yorlar ishlab chiqish hamda ularga amal qilishni nazorat qilish kiradi.
Iqtisodiy normativlar – Markaziy bank tomonidan belgilanadigan pul aylanmasini boshqarish va bank faoliyatini tartibga solish uchun normativlardir. Masalan, ularga majburiy zaxira me’yori, likvidlik koeffitsenti, kapitalning etarliligi va boshqalar kiradi.
Millatlararo markaziy banklar ham mavjud, masalan Evropa markaziy banki.
Evropa markaziy banki - evro hududining markaziy banki hisoblanadi. 1998 yil 1 iyunda tashkil topgan. Uning shtab-kvartirasi (qarorgoxi) Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida joylashgan. Uning boshqaruv organi tarkibiga Evropa ittifoqiga a’zo bo‘lgan barcha davlatlarning vakillari kiradi. Bank Evropa ittifoqining boshqa organlaridan butunlay mustaqil.
Kapital tashkil etish shakliga ko‘ra markaziy banklar quyidagilarga bo‘linadi: davlat, aksioner, aralash.
Davlat markaziy banklarida kapital davlat hisobidan shakllantirilgan (masalan, bank tashkil etilgan paytida, Germaniya federal banki kabi, yoki Buyuk Britaniya va Fransiya Markaziy banki kabi, davlat, mavjud bo‘lgan tijorat bankni milliylashtirganidan keyin).
Aksionerlik markaziy banklarda kapital aksiyadorlar hisobidan shakllanadi (masalan, AQSH Federal zaxira tizimining kapitali tijorat aksiyadorlik banklar hisobidan shakllangan).
Aralash markaziy banklarda kapitalning bir qismi davlat tomonidan, qolgan qismi esa xususiy aksiyadorlar tomonidan shakllanadi (masalan, YAponiya bankida davlat 55% aksiyalarga egalik qiladi).
Turli mamlakatlarda markaziy banklarning nomlari uchun turli atamalar ishlatiladi:
“Milliy bank” nomi Abxaziya, Belorussiya, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston, Ukraina va SHveysariyalarda qabul qilingan;
“Markaziy bank” - Armaniston, Ozarbayjon, Eron, Rossiya, Turkmaniston, Turkiya va O‘zbekistonda;
“Xalq banki” – Bolgariya va Xitoyda;
“Bank” nomining o‘zi - Isroil (Isroil banki), Kanada, Litva, Latviya, Estoniya va YAponiyada.
Singapurning pul-kredit boshqarmasi, Avstraliya zaxira banki, AQSH Federal zaxira tizimi va boshqalar.
AQSh Federal zaxira tizimi - AQShning markaziy banki. U AQSh iqtisodiyotining samarali ishlashini va umuman olganda, jamoat manfaatlarini ta'minlash uchun beshta umumiy funktsiyani bajaradi:
AQSh iqtisodiyotida maksimal bandlik, barqaror narxlar va mo‘tadil uzoq muddatli foiz stavkalarini rag'batlantirish maqsadida mamlakatning pul-kredit siyosatini olib boradi;
moliya tizimining barqarorligiga ko‘maklashadi va AQShda va chet elda faol monitoring va jalb qilish orqali tizimli xatarlarni minimallashtirish va o‘z ichiga olishga intiladi;
alohida moliya institutlarining xavfsizligi va mustahkamligiga ko‘maklashadi va umuman moliyaviy tizimga ta'sirini nazorat qiladi;
dollarlik operatsiyalar va to‘lovlarni osonlashtiradigan bank sanoati va AQSh hukumatiga xizmat ko‘rsatish orqali to‘lov va hisob-kitob tizimining xavfsizligi va samaradorligini oshiradi;
iste'molchilarga yo‘naltirilgan nazorat va ekspertiza, iste'molchilarning paydo bo‘layotgan muammolari va tendentsiyalarini tadqiq qilish va tahlil qilish, jamiyatning iqtisodiy rivojlanish faoliyati, iste'molchilar qonunlari va qoidalarini boshqarish orqali iste'molchilar huquqlarini himoya qilish va jamiyatni rivojlantirishga ko‘maklashadi.
Federal zaxira tizimi Kongress tomonidan bir asr oldin AQSh markaziy banki vazifasini bajarish uchun tashkil etilgan. Prezident Vudro Vilson 1913 yil
23 dekabrda Federal zaxira to‘g'risidagi qonunga imzo chekish orqali Federal zaxira tizimining qonuniy asosini yaratgan.
Britaniya hukmronligidan mustaqillikka erishgunga qadar amerikalik mustamlakachilar asosiy almashinuv vositasi sifatida evropalik tangalar, tovar pullari va barterdan foydalanish bilan cheklangan edilar. Xorijiy tangalar tanqisligi, tovar va tovar pullarining samarasizligi tufayli ko‘p koloniyalar tangalar zarb qilishga va bitimlar uchun qog'oz pul chiqarishgan.
Hozirgi bank tizimidan farqli o‘laroq, koloniyalardagi banklar omonat olmagan va kredit bermagan. Buning o‘rniga ular yer yoki oltin kabi qimmatbaho metallar bilan ta'minlangan qog'oz valyutasini (tovar pullarini) chiqargan. Kredit yoki qarzning asosiy manbaalari badavlat savdogarlar va boshqa shaxslar orqali kelgan.
Amerika Qo‘shma Shtatlarining markaziy banki 1789 yilda AQSh Konstitutsiyasining tasdiqlanishi bilan boshlangan. G'aznachilik kotibi Aleksandr Hamilton Mustaqillik urushidan keyin mamlakatning kredit muammolarini hal qilish uchun federal bank tizimining rejasini ishlab chiqdi. Gamiltonning rejasi, shimoli-sharqiy shtatlardagi biznes va moliyaviy rahbarlar tomonidan qo‘llab -quvvatlanib, hukumat va korxonalarga kredit berish uchun federal bank tuzishni nazarda tutgan.
Dunyodagi eng qadimiy markaziy banklardan biri bu Shvetsiyaning Riksbani hisoblanadi. 1668 yilda Shvetsiya parlamenti qarori bilan Riksdag 1867 yilda Sveriges Riksbank nomini olgan Riksens Ständers Bankini (Mulk banki mulklari) tuziladi.
Shvetsiya Markaziy banki, "Riksbank" ( ingl. The Riksbank ) - Shvetsiya parlamentiga hisobot beruvchi Shvetsiya markaziy banki (Riksdag). Riksbank narx barqarorligini saqlashga qaratilgan pul -kredit siyosati uchun javobgardir. Bank, shuningdek, to‘lov tizimining xavfsizligi va samaradorligini ta'minlashi shart.
Iqtisodiyotning samarali ishlashini ta'minlashda to‘lov tizimi va kredit resurslari taklifi asosiy rol o‘ynaydi. Riksbank muntazam ravishda Shvetsiyaning yirik banklari va markaziy moliyaviy infratuzilmasida tavakkalchiliklarni baholaydi.
Angliya banki (Bank of England) -Buyuk Britaniyaning davlat markaziy emissiya banki. 1694 yilda xususiy aksi-yadorlik banki tarzida tashkil topgan. Dastlab eng yirik bankirlar uylari ka-pitalini markazlashtirdi, keyinchalik mamlakatning asosiy moliyaviy markaziga, davlatdagi banklarning bankiga aylandi.

Download 309.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling