Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar


Download 309.98 Kb.
bet1/84
Sana29.03.2023
Hajmi309.98 Kb.
#1308518
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
Bog'liq
Банк иши Маърузалар курси 2 курс


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON IQTISODIYOT VA QURILISH INSTITUTI
IJTIMOIY-IQTISODIY FANLAR” KAFEDRASI

BANK ISHI”


FANIDAN
MA’RUZALAR KURSI

Andijon – 2021



Kirish
Bank ishi” fani bakalavriatning “Bank ishi va auditi” yo‘nalishida ta’lim oladigan talabalar uchun ixtisoslikka kirish fani hisoblanadi. Shu sababli, ushbu fanda “Bank ishi” yo‘nalishi talabalariga O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi va unda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda sohani rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari shuningdek, jahon bank tizimida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar xususida dastlabki nazariy va amaliy bilimlarni berish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu jihatdan olganda, “bank ishi” fanini o‘qitish sifatini oshirish bank tizimi uchun malakali kadrlarni etkazib berishda muhim o‘rin tutadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi
PF-4947-sonli farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da oliy ta’limda o‘qitish sifatini tubdan yaxshilash, bank tizimini isloh qilish va rivojlantirish vazifalari qo‘yildi1 .

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida Oliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilayotganligini, jumladan, 2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi qabul qilinganini alohida ta’kidladi2.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining dastlabki yillaridanoq mamlakat bank tizimini shakllantirish va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar natijasida respublikamizda zamonaviy, ikki pog‘onali bank tizimi shakllandi, uning to‘lovga qobilligi va likvidliligi ta’minlandi. Shu bilan birga, O‘zbekiston bank tizimining barqarorligini yanada oshirish siyosati bugungi kunda ham izchillik bilan davom ettirilmoqda.
Shunday ekan, moliya-bank sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislarni tayyorlash uchun mazkur fanning o‘qitilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, boshlang‘ich bilimning mustahkam bo‘lishi – kelajakda erishish mumkin bo‘lgan muvaffaqiyalar garovidir. Shu bois “Bank ishi va auditi” yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olatyotgan talabalarga “bank ishi” o‘quv kursini chuqur o‘rgatish dolzarb sanaladi.


Download 309.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling