Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar
Tijorat banklarini tashkil etishning huquqiy asoslari
Download 309.98 Kb.
|
Банк иши Маърузалар курси 2 курс
12.2.Tijorat banklarini tashkil etishning huquqiy asoslari.
O‘zbekiston Respublikasida bank tizimini tartibga soluvchi asosiy qonun hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-580-son), O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-582-son) va boshqa qonun, me’yoriy hujjatlardan iborat. YUqorida keltirilgan qonun hujjatlarida Respublika hududida bank tizimining davlat tomonidan nazorat qilinishi, boshqarilishi, bank tushunchalariga va ularning operatsiyalariga ta’riflar keltirilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 124-moddasida O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini Respublika Markaziy banki boshqarishi belgilangan.17 O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunida bank tizimiga oid quyidagi asosiy tushunchalarga ta’riflar berilgan: bank — bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish, to‘lovlarni amalga oshirish, omonatlarga (depozitlarga) pul mablag‘larini jalb etish, o‘z nomidan kreditlar berish bo‘yicha bank faoliyati sifatida aniqlangan operatsiyalar majmuini amalga oshiruvchi tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxs; banklar guruhi — moliya institutlarining yuridik shaxs bo‘lmagan birlashmasi bo‘lib, bunda asosiy bank boshqa moliya institutlarini nazorat qiladi; bank hisobvarag‘i — bank tomonidan shartnomaga muvofiq mijozga ochilgan hisobvaraq bo‘lib, unga ko‘ra bank mijozning hisobvarag‘iga tushayotgan pul mablag‘larini qabul qilish va hisobga kiritish, mijozning hisobvarag‘idan tegishli pul mablag‘larini o‘tkazish hamda berish va hisobvaraq bo‘yicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish haqidagi topshiriqlarini bajarish majburiyatini zimmasiga oladi; bankning barqaror moliyaviy holati — bankning moliyaviy oqimlar mutanosibligini, to‘lov qobiliyatini, likvidliligi va rentabelli faoliyatini saqlab turish uchun mablag‘larning etarliligini, shuningdek barcha prudensial normativlar bank tomonidan bajarilishini ifodalovchi holati; Download 309.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling